ko'rsatgan, ayni paytda Fixte, Shelling, Gegel kabi faylasuflar ijodidagi
www.ziyouz.com kutubxonasi
falsafiy fikr parvozi hani uni maftun qilgan, bo'lajak buyuk shoir
dunyoqarashining shakllanishida katta rol o‘ynagan.
Gyote o'z ijodini 70- yillarda boshlagan. Ilk dramalari «Gyos fon
Berlixingen», «Prometey», «Muhammad», qator she’riy asarlari unga
katta shuhrat keltirdi. 1774- yilda «Yosh Verterning iztiroblari»
romanini yaratdi. Unda yosh qalbning ishqiy kechinmalari tasviri
ijtimoiy voqealar bilan bog'lanib ketadi.
Gyote 1776- yilda gersog Karl Avgustning vaziri vazifasiga
tayinlanadi. U o'z mavqeidan foydalanib demokratik islohotlar
o'tkazish umidida harakat qiladi, biroq orzulari to'siqlarga uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |