va shaxslar edi. Roman janri, ayniqsa, Angliyada muvaffaqiyat qozondi.
J.Sviftning «Gulliveming sayohati», D.Defoning «Robinzon Kruzo»
romanlari ushbu janming imkoniyatlarini namoyish qildi.
Adabiyotdagi ma’rifatchilik deb nom olgan bu bosqich nazariy-
estetik jihatdan olg‘a tashlangan qadam bo‘ldi, badiiy nasrda yangi
janrlar - tarbiyalovchi roman, maishiy roman, falsafiy qissa, hajviy
epos kabilami vujudga keltirdi, inson ruhiyati tahlilining yangi usullarini
kashf qildi.
I O G A N N V O L F G A N G G Y O T E
Buyuk nem is shoiri va mutafakkiri, Yevropa ma’rifatchilik
oqimining so‘nggi yorqin namoyandasi Iogann Volfgang Gyote 1749-
yili Leypsig shahrida imperator maslahatchisi oilasida tug‘ildi. Otasi
Do'stlaringiz bilan baham: |