rohiblikni qabul qildi. Servantes ham unga ergashdi. 1609- yilda
Muqaddas qullar jamiyatiga a’zo bo‘lib kiradi. Bu jamiyatda Lope de
Vega va Kevedo singari mashhur kishilar bor edi.
Keyinroq esa
Fransiska ordeni diniy jamiyatiga kiradi va o‘limidan oldin o'zini
batamom Xudoga bag‘ishlaydi. Uning s o ‘nggi romani «Persiles va
Sixizmunda sayohati» dir. Asar 1616- yilda yozib tugatiladi va
yozuvchining o limidan so‘ng nashr qilinadi. Bu asarda Servantesning
shunday so'zlari bor: «Quvonchlar, meni kechiringlar! Ko'n-
gilxushliklar, meni kechiringlar! Quvnoq d o‘stlarim, meni kechiringlar!
Men narigi dunyoda tez orada va shodiyona uchrashamiz degan umidda
bu dunyodan ko‘z yumaman».
Do'stlaringiz bilan baham: |