o‘ylaydilar. 5 yillik mahbuslik hayoti davomida Servantes umidsizlikka
tushmadi, hatto raqibi Hasan Poshshoning muhabbatini qozonadi.
Yozuvchi mahbuslikdan 1580- yilning 19- sentabrida ozod qilindi.
Mahbuslik yillari boshdan kechirganlari keyinchalik «Olijanob muxlis»,
«Mahbus tarixi» kabi asarlarida o ‘z aksini topadi. Faxriy urush veterani
sifatida vataniga qaytgan Servantesni muhtojlikka yuz tutgan oilasi
kutib oladi. Otasi butunlay kar bo‘lib, shifokorlik qila olmay qolgan
edi. Servantes yana ish izlay boshlaydi. Uning oldida ikki yo‘l turar
edi. Yo harbiy xizmatga qaytish, yo ijod bilan shug‘ullanish. Albatta,
badiiy ijod bilan oilani boqib blmas edi, shu sababli Servantes harbiy
xizmatni tanlaydi, Portugaliyada xizmat qiladi, 1581- yilda Shimoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |