niyatlari puchga chiqadi va Gyote 1786-1788- yillari ltaliyaga sayohat
qilishga qaror qiladi. Ushbu sayohat taassurotlari natijasi o'laroq
«Ifigeniya Tavridada» (1786), «Egmont» (1788), «Torkvato Tasso»
dramalarini yozadi.
1789- yilda bo'lib o'tgan Fransuz buijua inqilobi uning qalbida
ziddiyatli fikrlar uyg'otadi. U inqilobning qon to'kuvchi, birodarkushlik
mohiyatini qabul qila olmaydi, o'z vatanida bunday hodisalar bo'lishini
istamaydi. «Venetsiya epigrammalari» (1790), «Fuqaro General» dramasi
(1793), «Nemis muhojirlari suhbati» novellasi (1794), «German va
Doroteya» dostoni (1794) da ana shu qarashlar aks etgan. 1794- yili
nemis klassitsizmining yorqin namoyandasi G.Shiller bilan do'stlashadi.
Gyotening «Vilgelm Maysteming talabalik yillari» (1793—1796),
Do'stlaringiz bilan baham: |