11
KIRISH
Hozirgi kunda mashinasozlik korxonalarining jadal sur’atlarda ishlashini va
ishlab chiqariladigan mahsulotlarni dunyo bozorida
raqobatlasha olishini
ta’minlash maqsadida texnologik usullarning samaradorligi, jihozlarning
ishonchliligi
va
ularning
aniqligini
oshirish
hamda
keng
ko’lamda
avtomatlashtirish muhim ahamiyatga ega.
Innovasion g’oyalar va texnologiyalarni takomilashtirish hamda yaratish
bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Hozirgi kunda fan-texnika,
balki butun jamiyat taraqqiyotini avtomatlashtirishsiz tasavvur qilish qiyin, chunki
avtomatlashtirilgan texnologiyalar qo’llanilmaydigan biror-bir sohani topish juda
qiyin.
Rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarish sanoati faoliyati va ularda
texnologik jarayonlarni nazorat qilish hamda boshqarishning o’ziga xos
hususiyatlaridan kelib chiqqan holda zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotining
rivojlanishi konsepsiyasi sanoatning barcha tarmoqlarida
Yuqori unumdorlikka
ega,
ishonchli,
tejamkor
texnologik
jihozlarni
yaratishda
zamonaviy
texnologiyalarni keng ko’lamda qo’llanishini ta’minlash dolzarb muammolardan
biri bo’lib hisoblanadi. Bu borada rivojlangan chet el mamlakatlarida, ya’ni
AQSH, Germaniya,
Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya va boshqa
davlatlarda ma’lum Yutuqlarga erishilgan bo’lib, ularda ishlab chiqarish
samaradorligini
oshirish, mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash
uchun mashinasozlik korxonalarida texnologik jarayonlarni boshqarish va
avtomatlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Fan vatexnikani so’ngi yillarda uzluksiz rivojlvnib borishi ishlab chiqarish
korxonalarida mahsulotlarni turi tez-tez o’zgarishi, ishlab chiqarish ob’ektlari
almashinib, yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish muddatlarini qisqarishiga olib
kelmoqda. Bu o’z navbatida avtomatlashtirilgan texnologik va yordamchi
jihozlarni hamda ularning boshqarish tizimlarini loyixalash va hisoblash usullarini
rivojlantirishni talab etadi. Yalpi va seriyali ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan
12
mashinalar tizimini yaratish va ularni korxonalarga tatbiq etish murakkab va
mehnatni ko’p talab qiladigan masala hisoblanadi.
Loyihanayotgan avtomatik liniyalar qancha murakkab bo’lsa,
ularni
o’rnatish variantlari shuncha ko’p bo’ladi. Bu o’z navbatida texnik masalalarni
yechimi ularni loyixalash bosqichini bajarish davridan boshlanadi.
Avtomatlashtirilgan mashina tizimlarini loyihalashda ularning strukturasi
va kompanovkasi variantlariga, prinsipial sxemalariga, samaradorlik, ishonchlilik,
iqtisodiy effektivligi hisoblariga asoslanadi.
Mashinasozlikning
avtomatlashtirish
darajasi
xozirgi
kunda
avtomatlashtirilgan mashinalar tizimlarini yaratishga qaratilgan bo’lib, ishlab
chiqarishning har xil bosqichlarini – zagotovka tayyorlashdan yig’ishgacha bo’lgan
jaryonlarni o’z ichiga oladi. Bunda avtomatlashtirishni
markazi yalpi ishlab
chiqarishdan seriyali ishlab chiqarish tomon o’tib borishi bilan asoslanadi. Bu o’z
navbatida yordamchi texnologik jarayonlarni ham avtomatlashtirish va
mexanizasiyalashtirish va iqtisodiy, tashkiliy hamda boshqaruv tizimi masalalarini
yechimini topish bilan bog’liq.
Kompleks avtomatlashtirish doimiy ravishda texnik uskunalar(raqamli
dasturda boshqarish tizimlari va dasturlari; oddiy mexanizmlardan elektron
boshqaruv tizimlarigacha)ni
takomillashtirib, bir tizimga keltirish usullaridan
foydalanilgan holda ularning avtomatlashtirishning har bir bosqichida umumiy
usullardan foydalanishni ko’zda tutadi. Bu o’z navbatida bir necha xildagi
avtomatik liniyalarni loyihalash imkonini beradi. Demak,
texnik taraqqiyotning
rivojlanishini belgilovchi – mashinasozlikda mashina va mexanizmlarni
loyixalashda va ularni ishlatishda tadqiqotning ilmiy asoslari namoyon bo’ladi.