59
Bu erda dvigatel D dan berilayotgan o’zgarmas
tezlik bilan aylanayotgan
sinxron generator
G
BO bo’ladi. BO ning chiqish kattaligi, ya’ni generatordan
chiqayotgan kuchlanish – uyg’otish chulg’amiga BQ
si tomonidan berilayotgan
quvvatning kattaligi bilan aniqlanadi. BQ da berilgan dastur bo’yicha uyg’otish
chulg’amiga quvvat beriladi, bu esa generatordan chiqayotgan kuchlanish
qiymatining avtomatik o’zgarishiga olib keladi. Bunday tizimda xaqiqiy
kuchlanish
berilgan, masalan, generator yuklamasining o’zgarishi, dvigatelning
aylanish tezligi, generator chulg’amlaridagi haroratda sezilarli darajada farq qilishi
mumkin.
Yopiq ABT ning ikkinchi turi xalaqit beruvchi tashqi ta’sirlar kuchiga
asoslanib ishlaydigan avtomatik boshqaruv tizimi yoki boshqacha aytganda
avtomatik kompensatsiyalovchi tizim. Bunday tizimlar
chiqish kattaligini bir xil
saqlash talab qilinadigan joylarda ishlatiladi. Yuklama o’zgaruvchi bo’lganda
generator qisqichlarida kuchlanishini stabillovchi tizim bunga misol bo’ladi.
Uchinchi turdagi ochiq tizim, ya’ni ham X, ham F ning qiymatlari bo’yicha
ishlaydigan tizim ancha to’liq ABT hisoblanadi. Bunda ob’ektni boshqarish X va F
kattaliklarning funksiyalari asosida amalga oshiriladi, ya’ni bu tizim oldingi ikki
xil ochiq ABT ni o’zida mujassamlashtirgan. Generator kuchllanishini dasturli
boshqarish bunga misol bo’lishi mumkin.
Xalaqit beruvchi kuchlarni
kompensasiyalash prinsipi ochiq ABT ning aniqqigini sezilarli darajada oshiradi.
Lekin bu aniqlikni hali yuqori aniqlik deb bo’lmaydi, chunki, birinchidan, tizim
ishiga xalaqit beraetgan barcha faktorlarni kompensasiyalab bo’lmaydi,
ikkinchidan, BO va BQ ning parametrlari vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi.
Shuningdek bunday o’zgarish kompensasiyalash zanjirida ham bo’ladi. Bu
o’zgarishlarning barchasi BO dan chiquvchi qiymatni o’zgartirib yuboradi.
Shuning uchun ochiq ABT lardan faqatgina yuqori aniqlik talab qilinmaydigan
joylarda foydalaniladi.
Yopiq ABT larda BQ siga boshqaruv vazifalari
haqidagi signal X va BO
dan chiquvchi kattalik Y lar beriladi. Endi BQ berilayotgan X ning qiymatiga ko’ra
talab qilinadigan Y qiymatini hisoblaydi va BO ning chiqish yo’lidan olingan Y
60
ning haqiqiy qiymati bilan talab qilinadigan qiymatni taqqoslab, BO ga kerakli
qiymat uzatadi. Bunday ABT da BQY chiqish yo’lida hosil bo’layotgan
barcha
chetga chiqishlarni u qanday yuzaga kelishidan qat’iy nazar bartaraf etishga qodir.
Bunda BQ BO ning har ikkala tomonini birlashtirib yopiq tizim hosil qiladi va
chiqish yo’lidagi qiymatni doim nazorat qilib turadi. Shuning uchun yopiq ABT
larni teskari aloqa tizimli, yokichetga chiqishlarga asoslangan
boshqaruv tizimli
ham deb yuritiladi.
Bunday tizimlar juda katta aniqlikni ta’minlaydi va ABT larning asosiy
qisminitashkil etadi. Shu sifatlariga ko’ra biz faqat yopiqABT larni o’rganamiz.
Bundan keyin ABT haqida gap borganda faqat yopiqABT lar nazarda tutiladi.
Kombinatsiyalangan ABT lar chetga chiqishlarga asoslangan yopiq ABT
va tashqi ta’sirlarni kompensasiyalashga asoalangan ochiq ABT ni o’zida
mujassamlashtirgan. Yopiq boshqaruv tizimi bilan kompensasiyalovchi ochiq BT
ning birlashtirilishi natijasida yopiq tizimning
ishi birmuncha engillashadi, ish
jarayoni soddalashadi va aniqlik yanada oshadi.
Kombinatsiyalangan ABT larda boshqaruv sifatining oshishi ularda BO va
ichki holat haqidagi ma’lumotlardan ko’prok foydalanilishi bilan tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: