8-bob. Yig’ish va nazorat qilish jarayonlarini avtomatlashtirish.
8.1 Mashinasozlik korxonalarida yig’ish jarayonlari.
Mashinasozlik korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishda metallarni kesib
ishlash va yig’ish texnologik jarayonlari muxim rol o’ynaydi. Metallarni
kesib
ishlash texnologik jarayoni uchun har xil turdagi dastgohlar, uskunalar, avtomat va
avtomatik liniyalar mavjud. Bu jarayonlarni avtomatlashtirish darajasi boshqa
turdagi texnologik jarayonlarga nisbatan ancha Yuqori.
Yig’ish jarayonlari o’zining murakkabligi bilan boshqa texnologik
jarayonlardan ajralib turadi. Bu texnologik jarayondagi yig’iladigan detal va
birikmalar xilma xilligi sababli ular uchun umumiy bir o’zgarmas texnologiya
yaratish ancha qiyin. Ular uchun umumiy texnologik jihoz ham yaratish mumkin
emas. Bular o’z navbatida yig’ish jarayonlarini mexanizasiyalash va
avtomatlashtirish darajasini ancha pasaytirib yuboradi. Shu sababli bu jarayonlar
asosan qo’l kuchi yordamida bajarilib kelinmoqda.
O’zaroalmashinuvchanlik prinsiplariga tayangan holda yuqori aniqlikdagi
yig’ish jarayoni yalpi va ko’p seriyali korxonalarida olib boriladi.
Mayda
seriyali,
donalb
ishlab
chiqarish
korxonalarida
o’zaroalmashinuvchanlik prinsiplari iqtisodiy jixatdan yaxshi natijalar bermaydi.
Bu korxonalarda detallar asosan universal o’lchov asboblari yordamida bajariladi.
Shuning uchun ishlov berilayotgan detal yuzalari ko’p xollarda ruxsat etilgan
o’lchovlardan oshib ketadi. Bu o’z navbatida yig’ish jarayoni davrida detal
Yuzalariga qo’shimcha ishlov berishni taqazo etadi, ya’ni joyida kerakli o’lchamga
(prigonka) yetkazish kerak. O’lchamga yetkazish usuli seriyali korxonalarda ham
ishlatilishi mumkin, chunki ayrim xollarda oraliq masofalarni kichikligi (dopusk)
iqtisodiy jihatdan qulayroq bo’lgan variantlardan foydalanishni taqozo etadi.
Agarda yig’ish jarayonidagi aniqlik o’lchamga yetkazish usuli yordamida
bajarilsa, o’lchov zanjiridagi detallarni ortirilgan oraliq masofali qilib tayyorlanadi.
Zanjirdagi oxirgi zvenoning oraliq masofasi
1
1
1
m
i
holat uchun talab etilgan
dan katta bo’ladi. Bu o’z navbatida
k
193
bu erda
k
-o’lcham xatoligi.
O’lchamiga yetkazish ishlarida kompensatsiya detallari ushbu holat uchun
tayyorlandi, ya’ni faqat mana shu birikma uchun yaroqli hisoblanadi.
Demak, o’lchamiga yyetkazish ishlari yig’ish jarayonida texnik jixatdan
kerakli hisoblanib sexlarda detallarga ishlov berish sifati pastligidan kelib chiqadi.
O’lchamiga yetkazish jarayoni ikki etapdan iborat: xatolikni kattaligini
aniqlash va ushbu kattalikni yo’qotish maqsadida ortiqcha metall qatlamini olib
tashlash. Ushbu jarayonni vaqtini chegaralash juda qiyin masala, sababi har bir
holat uchun xatolik har xil bo’lishi mumkin.
Og’ir jihozlar ishlab chiqadigan mayda seriyali korxonalarda o’lchamiga
yyetkazish ishlari umumiy ishning 17-28% ni tashkil qiladi.
SHundan 6-7% ichki slindrik yuzalarda ishlov berish bo’lsa 7-14% har-xil
yuzalarga ishlov berishdir.
O’lchamiga yetkazish usullardan ko’p tarqalganlariga egovlash, tozalash,
ishqalash, yaltiratish, shaberlash, teshik teshish, teshikni razvertkalash, egish va
boshqalar ma’lumki, kesish asboblari yordamida detallarga beriladigan yuzalarda
har-xil notekisliklar, chuqurchalar, g’adir budurliklar hosil bo’ladi. Ularning
o’lchamlari ishlov berish usuliga bog’liq.
SHu narsani ta’kidlab o’tish kerakki xalq xo’jaligida har yili bir necha ming
traktor va mashinalar remont qilinadi. Remont davrida mashina mexanizmlari
alohida-alohida birikmalarga, detallarga ajralib yaroqsiz holatga kelganlari
almashtirilib har hil nosozliklarga barxam berilib yana boshqalatdan yig’ilib
tiklanadi. Bu jarayon mashina va jihozlar uchun butun ishlash faoliyatida bir necha
marta takrorlanishi mumkin. Misol uchun traktorni kapital remont qilishdagi
mehnat ayrim holatlarda traktor ishlab chiqarishdagi mehnatdan ham oshib ketadi.
Bu o’z navbatida ishlab chiqarish korxonalari oldida katta vazifalarni yuklaydi.
Mashina va jihozlar yuqori sifatga ega bo’lishi yig’ish jarayonlari qanday
bajarilganligiga ham bog’liq. SHuning uchun yig’ish jarayoniga keyingi paytlarda
ko’p e’tibor berilib kelinmoqda.
194
Yig’ish jarayolarini takomillashtirib borish o’z oldiga quyidagi bir biriga
bog’liq asosiy vazafalarni qo’yadi: maqbul texnologik jarayonni tanlash, uni
bajarish uchun kerakli vosita konstruksiyasini yaratish, mexanizatsiyalash va
avtomatizatsiyalash vositalarini tadbiq etish va jarayonni aniq boshqarish. Bu
vazifalar ichidan texnologik jarayonlarni aniq tanlash muxim ro’l o’ynaydi.
Mashinasozlik korxonalarining mahsuloti mexanizm yoki mashina
murakkab ishlab chiqarish jarayoni maxsuli bo’lib material va yarim fabrikalardan
tayyor mahsulotga aylantiruvchi harakatlar majmuasidir.
Agarda mexaniq ishlov berishda “texnologik jarayon” detal tayyorlashni o’z
ichiga olsa, yig’ish korxonasida bu jarayon ikki yoki undan ko’p detallarni bir
biriga bog’lanish tushuniladi. Yig’ish jarayonlari asosan detal ishlab chiqariladigan
ishlab chiqarish korxonasilarning o’zida olib boriladi yoki birikmalar tarzida
yig’ilib kerakli ishlab chiqarish korxonasilarga jyonatiladi. Bu ayniqsa avtomobil
ishlab chiquvchi ishlab chiqarish korxonasilarga ta’luqli bo’ladi. Misol tariqasida
“Asaka GM” ishlab chiqarish korxonasiini oladigan bo’lsak butlovchi qismlar
asosan chetdan keltirilib ishlab chiqarish korxonasida ular yig’ilib tayyor
avtomobil chiqaridali. Kelajakda butlovchi qismlarni asosiy qismi ishlab chiqarish
korxonasi atrofidagi ko’pgina qo’shma korxonalarda ishlab chiqish ko’zda
tutilgan. Bularga Farg’onadagi “TAPO DISK” qo’shma korxonasi disklarni
yetkazib berishga kirishdi. Umuman olganda yig’ish jarayoni bu murakkab
texnologik hisoblanadi.
Mahsulot sifatiga yig’ish jarayoni muhim ro’l o’ynaydi. Tayyor mahsulot
sifatini oshirish omillariga yig’ish texnologiyasini takomillashtirish, jihozlarni
mexanizasiyalash va avtomatizasiyalash borasida kerakli asbob uskunalar,
moslamalar bilan ta’minlash, ishchilar malakasini doimiy ravishda oshirib borish
hamda ularni moddiy tomondan rag’batlantirib borish muhim axamiyatga ega.
Quyidagi jadvalda mashinasozlik tarmoqlarida yig’ish jarayonini o’rnini
yaqqol ko’rish mumkin.
195
8.1-jadval
Mashinasozlik tarmoqlari
Umumiy mahsulot
tayyorlashda yig’ish
jarayonlarini tutgan
o’rni, %
Umumiy mehnat xajmiga
nisbatan yig’ish jarayonlarini
tarkibi, %
Mexanizatsiya-
lashgan
Qo’l kuchi
yordamida
Og’ir mashinasozlik
30-35
15-20
80-85
Dastgohsozlik
25-30
22-25
75-78
Avtomobilsozlik
18-20
50-55
45-50
Traktor va qishloq xo’jalik
mashinasozligi
20-25
40-50
50-60
Elektr mashinasozligi
35-40
25-30
70-75
Qurilish va yo’l qurilish
mashinasozligi
25-30
35-40
60-65
Do'stlaringiz bilan baham: |