4.2-§. TOPOGRAFIK XARITALAR TUZISH
Topografik sirtda turli nomlanuvchi nuqta va chiziqlar mavjud (4.1-rasm). Ularga suv yig‘uvchi chiziq, suv ayiruvchi chiziq, tepalik, cho'qqi va hokazolar kiradi.
Topografik sirtda yotuvchi qor-yomg‘ir suvlarini, chegara chiziq singari, har tomonga tarqatib yuboruvchi egri chiziq sirtning suv ayiruvchi chizig‘i deb yuritiladi.
Topografik sirtning suv ayiruvchi chizig‘i shunday chiziqki, uning har bir nuqtasidan sirtning ikkita eng katta og£ma chizig£ini o ‘tkazish mumkin. Topografik sirtning gorizontal chiziqlariga chiqarilgan perpendikularning kesishuvidan hosil bo‘lgan geometrik o‘rin sirtning suv ayiruvchi chizig'i boladi.
Topografik sirtning ikki suv yig‘uvchi sirtlari orasidagi chiziq uning suv yig'uvchi chizig'i deb yuritiladi. Suv yig‘uvchi chiziqning har bir nuqtasidan sirtning ikkita eng katta og‘ma chizig'i o‘tadi. Suv yig‘uvchi va ayiruvchi chiziqlar sirtdagi suv tushuvchi sirtlaming pastki va yuqori chegaralari bo'ladi.
M a’lumki, topografiyada yer sirtidagi bir xil son belgili nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar gorizontallar deyiladi.
Ikki kesuvchi tekisliklar orasidagi masofa kesimning balandligi deyiladi.
Joyning gorizontallar chizilgan plani gorizontal plan deyiladi
(4.2-rasm). Xaritalar tuzishda unga yaqqollik berish uchun gorizontallar qizg'ish jigarrang chiziqlar bilan chiziladi. Son belgilar ham o‘sha rangda yoziladi.
Planda, gorizontallar son belgilaridan tashqari, ayrim nuqtalaming geodezik (asboblar) usuli bilan olingan son belgilari
137
qo‘yiladi (4.2-rasm). Bu belgilar planda qora tushda yoziladi. Biror joyning kesim balandligi h= 2 yoki h= 5 bo‘lsa, planda u joyning gorizontallariga shu son belgilari orqali ifodalanadi (4.2- rasm).
4.2- rasm
138
Joyning plani (xaritasi)ni tuzishda kesimning balandligini tanlash planning masshtabi va joy relyefining xarakteriga bogliq bo‘ladi. Planning masshtabi qancha kichik va relyef togliroq bo‘Isa, kesim balandligi kattaroq bo‘lishi kerak. Aks holda joyning gorizontallari planda bir-biriga juda yaqin joylashadi. Bu hoi xaritaga shartli belgilami qo‘yishni va chizmani o‘qishni qiyinlashtiradi.
Topografik xarita tuzishda yer sirtidagi barcha inshootlar, o‘rmonlar, daryolar, ekinzorlar va hokazolar gorizontal tekislikka perpendikular proyeksiyalanib, balandlik yoki chuqurlik o‘lchamlari ko‘rsatilmaydi. 0 ‘lcham sonlari (raqamlari) o‘rniga shu joyda (yerda) tegishli ekinlar, daryolar, yo'llar va hokazolaming shartli belgilari qo‘yiladi. Bu shartli belgilami yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchi topografik xaritani to‘liq tushunadi va o‘qiy oladi. Masalan, yeming biror joyiga tegishli uzumzor bilan olmazomi ajrata bilish uchun ularning shartli belgilarini bilish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |