4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI
61
Materiya harakatining uch shakli: asosiy, xususiy va kompleks shakllari
mavjud degan boshqacha
yondashuv ham bo‘lib, u dunyoni butun rang-barangligini
ifodalaydi.
Asosiy shakllarga fizik, kimyoviy,
biologik va ijtimoiy shakllar kiradi
. Ular materiya harakatining eng keng shakllaridir. Ayrim mualliflar
materiya harakatining yagona fizik shakli mavjudligiga shubha bildiradilar. Ammo bu fikrga qo‘shilib
bo‘lmaydi. Barcha fizik ob’ektlar ikki eng umumiy fizik xossa – massa va energiyaga ega. Fizik
narsalar dunyosiga keng qamrovli umumiy energiya ning saqlanish qonuni xosdir.
Materiya
harakatining xususiy shakllari asosiy shakllar tarkibiga
kiradi. Masalan, fizik materiya bo‘shliq,
maydonlar, elementar zarralar, yadrolar, atomlar, molekulalar, makrojismlar, yulduzlar, galaktikalar,
metagalaktikani o‘z ichiga oladi.
Materiya harakatining kompleks shakllariga
(astronomik metagalaktika – galaktika – yulduzlar –
sayyoralar), geologik (planetar jism sharoitidagi materiya harakatining fizik va kimyoviy shakllaridan
iborat), geografik (litosfera, gidrosfera va atmosfera doirasidagi materiya harakatining fizik, kimyoviy,
biologik 1470 TD.va ijtimoiy shakllarini o‘z ichiga oladi) shakllar kiradi. Materiya harakati kompleks
shakllarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ularda pirovard natijada materiyaning quyi
shakli –fizik materiya etakchilik qiladi; geologik jarayonlar fizik kuchlar, chunonchi,gravitatsiya,
bosim, issiqlik bilan tavsiflanadi, geografik qonunlar fizik va kimyoviy shartlar hamda Er yuqori
qatlamlarining o‘zaro nisbatlari bilan belgilanadi.
Makon va vaqt falsafa tarixida
. Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning umumiy xossasi
bo‘lgan borliq haqida so‘z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o‘tishimiz mumkin
emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan
yonma-yon keladi, ko‘lamlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. SHuningdek, ular o‘z ichki va tashqi
holatlarini bir-biriga nisbatan o‘zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, sur’at va
davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda, ayrim yagona deb qaraladigan bu ko‘rsatkichlar majmui
bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va vaqt o‘z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari
sifatida amal qiladi.Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o‘z rivojlanishining dastlabki
bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‘tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga
harakat qilganlar. Bu, avvalo, inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Zero,
ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab
qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakl lar va ularni o‘lchash usullari haqidagi fan
sifatida ajralib chiqqan geometriya dastlabki aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik
kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtai
nazaridan ham alohida e’tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish
hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq ko‘p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng
muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat
nimagadir bog‘liq holda keladimi? SHu munosabat bilan falsafa tarixida shakllangan ikki muhim va
bir-biridan butunlay farq qiladigan yo‘nalish – substansional va relyasion yo‘nalishlarni farqlash
mumkin.
Substansional yo‘nalishda makon va vaqt materiya va ongga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil mohiyatlar
sifatida amal qiladi.
Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi bo‘yicha) va
Platon (vaqtga nisbatan yondashuvlarda) Demokrit atomlar harakatlanuvchi bo‘shliq amalda
mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha, bo‘shliqsiz atomlar
harakatlanish
imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni atomlardan iborat joy, deb tasavvur qilgan va
uni bo‘shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va harakatsiz bo‘ladi, vaqt esa bir tekis
oqadi, deb
hisoblangan.
Makon ob’ektiv, bir xil va cheksiz. U atomlar joylashadigan joy. Vaqt
(zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish mumkin, u o‘tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof
davomlilikdan iborat. Vaqt – voqealar yuz beruvchi joy.
Do'stlaringiz bilan baham: |