Sh. Madayev., M. Kasimova



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

Seminar mashg’ulotlari 
305 
intiladi, ya’ni bevosita va tabiiy ravishda mafkuraviy vazifani amalga oshiradi. Demak, san’at ham, 
sport ham shunchaki zavq berish va o‘z iste’dodidan zavqlanish bilangina chegaralanib qolmaydigan 
ijtimoiy-ma’naviy hodisalardir. Biroq ana shu mafkuraviylik mafkurabozlikka aylansa, ya’ni ijodkor 
mafkura uchun axloqiylikdan chekinsa, san’atda haqiqiy badiiy asar yaratishning iloji 
bo‘lmaganidek, sport musobaqasida ham g‘irromlik yo‘li bilan, «bir amallab» yutib chiqib, haqiqiy 
g‘alabaga erishish mumkin emas, zero, haqiqiy g‘alaba tomoshabinning bahosi bilan belgilanadi. 
Masalan, futbol maydonida raqibi yiqilib, o‘rnidan tura olmayotganini ko‘rgan futbolchi o‘zi qulay 
vaziyatda bo‘lsa ham, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuboradi, raqib o‘rnidan turib, hakam 
to‘pni o‘yinga kiritishga ruxsat berganida yiqilgan raqibning o‘zi yoki komandadoshi uni yana 
maydon tashqarisiga chiqarib, to‘p egallash navbatini ixtiyoriy tarzda raqib komandaga beradi. Bu – 
har ikkala komanda o‘yinchilarining jo‘mardligini, «haqiqiy yigitlar» ekanini, ularning faqat 
jismoniy emas, balki axloqiy jihatdan ham etukligini ko‘rsatadi, tomoshabin hech qachon ularning 
birortasini to‘pni raqibiga berib qo‘ydi deb ayblamaydi, afsus chekmaydi, aksincha, xursand bo‘ladi, 
namoyish qilingan mardlikdan zavqlanadi.
Qadimgi yunonlar san’atni «go‘zal yolg‘on» deb ataganlar, darhaqiqat, san’atkor bizga 
«bo‘lmaganni bo‘lgan qilib» ko‘rsatadi, bizni chiroyli aldaydi. Sportning ko‘pgina turlarida ham 
shunaqangi chiroyli aldovni tomosha qilib zavqlanamiz. Masalan, boyagi futbolga qaytaylik: 
hujumchi ro‘parasidagi raqibini, futbol tili bilan aytganda, «chiroyli fintlar» bilan aldab o‘tganida biz 
haqiqiy san’atni ko‘ramiz. Hatto reportaj olib borayotgan jurnalist qoyil qolganidan «Go‘zal! 
Bag‘oyat go‘zal!» demay iloji yo‘q. Sportning badiiy gimnastika, sinxron suzish, suvga sakrash kabi 
turlari raqs san’atidan qolishmaydi, figurali uchish esa, o‘ziga xos muz ustidagi balet, unda va badiiy 
gimnastikada musiqa san’ati ham ishtirok etadi. Sport jismoniy go‘zallikni xulqiy go‘zallik va go‘zal 
xatti-harakatlar vositasida ma’naviy go‘zallikka aylantirishdir. Shu ma’noda sportchi ham artist. 
Mohir sportchi o‘zini bir muddatga jonli haykalga aylantira oladi.
Shular bilan bir qatorda sport san’at uchun material bo‘lib xizmat qiladi. bunga o‘zimiz 
guvohmiz: biz sport mavzuidagi rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik namunalarini ko‘p ko‘rganmiz, 
hikoya va qissalarni o‘qiganmiz. Biroq, bularning hammasi sportni san’at deb qabul qilishimiz uchun 
etarli asos bo‘lolmaydi. Buni sport estetikasi borasida jiddiy tadqiqotlar olib borgan, yuqorida nomi 
zikr etilgan B.Lou shunday ta’riflaydi: «Inson badanining – tabiiy shakldagi go‘zallik ekanini, 
sportchi qiyofasi ideal badan tuzilishini o‘zida mujassam etishini e’tirof qilar ekanmiz, sportdagi 
go‘zallikni san’atdan ko‘ra, tabiatga taalluqli deyishimiz mumkin, zero, sportdagi go‘zallik ko‘p 
hollarda tasodifiylik xususiyatiga ega».
B.Lou aynan mana shu o‘rinda haqiqatga yaqin keladi, deb o‘ylaymiz: sportda san’at unsurlari 
mavjud, lekin u butunisicha olganda, san’at emas. Ya’ni, sport estetik ko‘rinishlarga ega, estetik zavq 
uyg‘ota oladigan nosan’at soha. Sport estetikasi uning ana shu xususiyatlarini tadqiq etadi.
Shunday qilib, biz bir bob mobaynida estetik nazariyalarning nosan’at ob’ektlar bilan bog‘liq 
asosiy turlarini imkon qadar ko‘rib chiqdik. Endi navbat san’at estetikasiga.

Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish