Seminar mashg’ulotlari
294
oliy ta'lim muassasasida katta ehtiyojga aylanmoqda. Biroq, ko'pgina oliy ta'lim muassasalarida bu
fanga nihoyatda jo'n va primitiv yondoshuv mavjudligini alohida e'tirof etish zurur. Fanning
maqsadini noto'g'ri tushunish mavjud. Estetik tarbiya ma'naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida
inson ma'naviy va jismoniy olamining uyg'un tarzda rivojlanishiga ulkan xissa qo'shadi. Estetik
tarbiyada insonning tashqi ko'rinishi, uning jamoat orasida o'zini tutishi, jismoniy baquvvat bo'lishi
ham katta ahamiyatga ega. Shubhasiz, yuksak did ma'lum darajada kishining estetik tarbiya
ko'rganidan dalolat beradi. Xulosa qilib aytganda, ma'naviyatni yuksaltirishda estetik tarbiyaning
zaruriyatini quyidagicha izoxlash mumkin. - globallashuv jarayonida inson tabiatida sodir bo'ladigan
o'zgarishlarni optimallashtiradi; - ma'naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida mavjud tahdidlarga
qarshi inson go'zalligini har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlaydi; - estetik tarbiyaning
asosida insonning hayotga bo'lgan ijodiy munosabati yotadi, bu ijodiylik fetish estetikaning avj
olishiga monelik qiladi; - insonning estetik didini tarbiyalash orqali uning g'ayriestetik jarayonlarga
munosabati shakllanadi.
“Ommaviy madaniyat”ning ѐshlar estetik didiga ta’siri.
Milliy ma'naviyatga ta'sir o'tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham
sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma'naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani
maqsadli yo'naltirishni taqazo etmoqda. Ta'kidlash o'rinliki, estetika niqobi ostida turli xil
ko'rinishdagi “sog'lom turmush tarzi targ'ibotchilari”, “ko'ngilochar” va “musaffo tuyg'u” baxsh
etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog'ida vampirizm estetikasi
va uning targ'iboti bilan bog'liq saytlarning ko'payib borayotganligi tashvishlanarli xoldir. Bu
targ'ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug'i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi
go'zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan
personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma'naviy jihatdan
yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi. Bu estetik tarbiyaga nisbatan
tahdidlarning birinchi jihati. Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki
ko'rinishidagi bog'liqlikni o'rganishga bo'lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda
biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o'tmishda bu sohaga jiddiy
e'tibor berilib, qator risolalar yaratilgan.
Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o'rganuvchi ilm” deb ta'rif bergan
bo'lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XYI asr) kabi asarlarni
yozib qoldirganlar. Odatda, farosat tushunchasi estetik baxo bilan belgilanadi. u ranjish, nomunosib
xolat, ko'ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |