10-MAVZU.
MANTIQ
ILMINING
PREDMETI,
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA
148
Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalambor, abstrakt va konkret tushunchalarga
bo‘linadi. Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr
qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib
olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan, «Inson», «Tabiat» tushunchalari – konkret
tushunchalar, «Qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go‘zallik»
(borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt
tushunchalardir.
Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish
mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan
predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir.
Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo
qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O‘qituvchi» va «O‘quvchi», «Ijobiy
qahramon» va «Salbiy qahramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh
tushunchalar qatoriga kiradi.
Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy
tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy
tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr
qilinadi. Masalan, «savodli kishi», «vijdonli kishi» – ijobiy tushunchalar, «savodsiz
kishi», «vijdonsiz kishi» esa salbiy tushunchalardir.
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu
tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga
mantiqiy tavsif berish demakdir. Masalan, «talaba» – umumiy, ayiruvchi,
chegaralangan, aniq, nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A. Navoiy nomli O‘zbekiston
davlat kutubxonasi» – yakka, to‘plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy
tushunchadir.
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar
Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o‘zaro aloqada bo‘lganligi uchun
ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o‘zaro ma’lum bir aloqalarda,
munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo‘lib, ularni aniqlash uchun,
avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish
lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi
jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «paxtakor» va «dehqon»
tushunchalari
ana
shunday
taqqoslanadigan
tushunchalar
hisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p
hollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan
predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro
yulduzi», «ideal gaz» va «go‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar
deb hisoblanadi. Mantiqda faqat taqqoslanadigan tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |