Sh. Madayev., M. Kasimova


-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
124
uzluksizligini ta’minlovchi mexanizm hisoblanadi. Mazmuni, ijtimoiy mustahkamlash usullari va 
ijtimoiy funksiyalariga ko‘ra me’yorlar har xil bo‘ladi.
Faoliyat maqsadlari, vositalari va usullarini qat’iy belgilovchi qoidalarning butun bir turkumi 
mavjud. Bu qoidalar ijtimoiy amaliyotda yaratilgan narsalar dunyosini va odamlar o‘rtasidagi 
munosabatlar dunyosini o‘zgartirish usullarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bular standartlar
– muayyan ishni bajarishda qat’iy rioya qilish lozim bo‘lgan sifat, shakl va o‘lchamning qat’iy 
belgilangan namunasi; qoidalar – tegishli holatlarda qanday ish ko‘rish lozimligini belgilovchi 
ko‘rsatmalar; etalonlar – faoliyatda mo‘ljal sifatida foydalanish lozim bo‘lgan qat’iy belgilangan, 
standartlashtirilgan qadriyatlardir.
Inson faoliyatini tartibga solishni ta’minlovchi ijtimoiy me’yorlar tizimida huquq normalari va 
axloq me’yorlari alohida o‘rin egallaydi.
Huquq va axloq
. Huquq – davlat tomonidan belgilangan va uning majburlov kuchiga tayanadigan 
xulq-atvor umumiy normalarining majmui. Axloq ham jamoatchilik fikri, ya’ni qilmishni 
ma’qullash yoki qoralash bilan mustahkamlanadigan xulq-atvor qoidalari majmuidir. Axloq va 
huquq normalari o‘zlari muhofaza qiladigan ijtimoiy munosabatlar mazmuni, normativ talablarni 
mustahkamlash usullari, ularning shaxs xulq-atvoriga samarali ta’siri darajasiga ko‘ra ajralib 
turadi. Axloq va huquq normalarining mazmuni o‘rtasida jiddiy farq mavjud emas. Masalan, 
«o‘g‘rilik qilma» – bu ham axloqiy qoida, ham huquq normasidir. Ammo huquq normalari o‘z 
tartibga solish doirasi bilan axloq me’yorlari bilan tartibga solina- digan ijtimoiy 
munosabatlarning ulkan hajmini to‘la qamrab olmaydi. Masalan, oilaviy munosabatlar sohasida 
huquq ota-onaga o‘z farzandlarini tarbiyalash majburiyatini yuklaydi, lekin ota-onani bir-birini 
sevish, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishga majburlamaydi. Huquq va axloq o‘rtasidagi farqni ular 
ko‘rsatadigan ta’sirning samaradorlik darajasida ham ko‘rish mumkin. Bizning nazarimizda, 
davlat majburlovi kuchiga tayanadigan huquq axloqqa qaraganda samaraliroqdir. Ammo, 
muayyan sharoitda inson uchun huquq axloqiy me’yorlar nufuzi qarshisida ojiz bo‘lishi mumkin. 
Bu hol, shaxsning qadriyatlarga munosabati mazmuni bilan, muayyan inson qaysi axloqiy 
qadriyatlarga tayanishi, shuningdek, u yashaydigan muhit, ya’ni individ fikrini qadrlaydigan 
referent guruhning qandayligi bilan belgilanadi. Shu sababli axloqiy yo‘l tanlashda ayrim inson 
uchun ishlab chiqarish jamoasi yoki maktab (talabalar) guruhining nufuzi muhim ahamiyat kasb 
etishi mumkin, boshqa shaxs uchun esa diniy sekta yoki jinoiy guruh a’zolarining fikri ustunlik 
qilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, axloq jamoatchilik fikriga tayanadi.
Ammo, inson xulq-atvoriga baho berish juda mushkul ish, chunki uning zamirida muayyan 
sabablar yotadi, u muayyan sharoitda sodir etiladi, ob’ektiv oqibatlarga olib keladi va maqsadga 
erishishning muayyan vositalarini tanlashni nazarda tutadi. Jamoatchilik fikri shaxs xulqatvoriga 
baho berishda ijtimoiy mustahkamlangan axloq me’yorlariga amal qiladi, shaxs esa axloq haqidagi 
o‘z tasavvurlaridan kelib chiqadiki, ular umumiy e’tirof etilgan me’yorlardan ancha farq qilishi 
mumkin. Muayyan sharoitda bir individ o‘z vijdonining ovoziga quloq solsa, boshqa bir individ 
umumiy qabul qilingan axloqiy tasavvurlarga qarab mo‘ljal oladi, ya’ni «har qanday vijdonli 
odam» kabi ish ko‘radi. Birinchi yoki ikkinchi individning qilmishini axloqiy deb hisoblash 
mumkinmi? Agar birinchi individ vijdonining ovozi umuminsoniy axloqiy tamo yillarga mos 
kelsa, uning qilmishiga axloqiy jihatdan shubhali, murosasoz va qo‘rqoq shaxs, chunki uning 
qilmishi jamoatchilikning qoralashidan qo‘rqish bilan izohlanadi. Sirtdan belgilangan qilmish 
axloqiy sanalmaydi. Huquqiy majburlov va jamoatchilik fikri yoki Tangri la’natidan qo‘rqish 
emas, balki shaxsning ichki mayli axloqiy qilmishning muhim belgisi hisoblanadi.

Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish