5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA
KATEGORIYALARI
83
Borliqdagi sababiy bog‘lanishlarning murakkab zanjirida zaruriy va tasodifiy
aloqadorliklar ham muhim rol o‘ynaydi. Bunday aloqadorliklarni zaruriyat va tasodif
kategoriyalari ifodalaydi.
j) Zaruriyat va tasodif.
Narsa va hodisalarning mohiyatidan, ularning ichki muhim bog‘lanishlaridan muayyan
sharoitda qat’iy ravishda kelib chiqadigan, kelib chiqishi muqarrar bo‘lgan voqea yoki hodisa
zaruriyat
deb ataladi. Narsa va hodisalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, tashqi ta’sir va
ikkinchi darajali omillar bilan bog‘liq, bo‘lgan, ayni sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi
ham mumkin bo‘lgan hodisa yoki voqea
tasodif
deyiladi. Zaruriyat va tasodif o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydigan borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zgarishi va
rivojlanishiga oid aloqadorlikning ikki tomonidir. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va ayni vaqtda
bir-biridan farq ham qiladi. Bu farq, avvalo, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Zaruriyatning bunday o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: 1) zaruriyatning sababi o‘zida bo‘ladi,
u mazkur narsa yoki hodisaning ichki tabiatidan kelib chiqadi, u mohiyat bilan bog‘liq; 2) zaruriyat
narsa va hodisaning muhim, takrorlanib turadigan ichki aloqadorliklarning natijasidir; 3) zaruriyat
narsa va hodisaning oldingi bo‘lgan o‘zgarish va rivojlanishlari orqali qonuniy tayyorlangan
bo‘ladi; 4) zaruriyat muqarrarlik xususiyatga ega bo‘lib, albatta, yuz beradi; 5) zaruriyat umumiy
xarakterga ega; 6) nihoyat, zaruriyat doimo qonuniyat bilan bog‘liq, bo‘ladi.
Tasodif zaruriyatdan farqli o‘laroq, muayyan sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi
ham mumkin, u shu tarzda ham, boshqacha tarzda ham yuz berishi mumkin. Tasodif ayni vaqtda
narsa yoki hodisaning mohiyatidan kelib chiqmaydi, u beqaror va vaqtinchadir. Ammo tasodif ham
sababsiz yuz bermaydi. Uning sababi, odatda, narsa yoki hodisaning o‘zida bo‘lmay, balki undan
tashqarida tashqi shart-sharoitlarda bo‘ladi. Tasodif ham o‘ziga xos quyidagi xususiyatlar bilan
xarakterlanadi: 1) tasodifning sababi o‘zida emas, balki boshqa narsa va hodisadadir, u ichki sabab
asosida emas, tashqi sabablardan kelib chiqadi; 2) tasodif borliqdagi nomuhim bog‘lanishlardan
kelib chiqadi; 3) u narsa yoki hodisaning butun rivojlanish davomida emas, balki turli
jarayonlarning ta’sirida sodir bo‘ladi; 4) tasodif narsa va hodisalar rivojlanishining yo‘nalishini
belgilab bermaydi, shunga ko‘ra u muqarrar emas; 5) tasodif umumiy emas, balki individual
xarakterga ega; 6) tasodif, nihoyat, qonun bilan bog‘liq emas.
Umuman, zaruriyat va tasodif borliqdagi narsa va hodisalar o‘zaro aloqadorligining turli
shakllari sifatida mavjud bo‘lib, ular ob’ektivdir, ya’ni ularning mavjudligi va amal qilishi inson
hohishi va irodasiga bog‘liq emas.
Zaruriyat va tasodif o‘zaro dialektik bog‘liqdir, bunda tasodif zaruriyatning ichki tizimida
yashiringan bo‘lgani kabi, zaruriyat ham tasodiflar tizmasida, ularning takrorlanishida mavjud
bo‘ladi, boshqacha aytganda, ular bir-birisiz, alohida-alohida mavjud bo‘lolmaydi.
Fanning vazifasi borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanishlarida yashirinib
yotgan, insonga noma’lum bo‘lgan ichki zaruriy aloqadorliklarni va ular tizimidagi tashqi
tasodiflarni aniqlashdan iboratdir.
Borliqdagi qat’iy zaruriyat doimo tasodiflar tizmasida hukmronlik qilib, tadqiqotchi o‘z
tadqiqoti jarayonida tasodifiy hodisalar tizmasida mavjud bo‘lgan tasodiflarni tadqiq qilish,
ularning bir-birlari bilan aloqadorliklarini aniqlash, ular tizmasida mavjud bo‘lgan, lekin
yashirinib yotgan zaruriyatni ochish, jamiyatda insoniyat uchun noqulay bo‘lgan
voqeahodisalarning ro‘y berishlarining oldini olishga imkon beradi.
Borliqdagi narsa va hodisalarning hozir qanday ekanligi, kelajakda qanday bo‘lishini biz
imkoniyat va voqelik kategoriyalarisiz tushuna olmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |