Aslida to‘g‘ri ma’nodagi ommaviy madaniyat ko‘pchilik o‘ylaganidek, zararli tushuncha
emas. U, eng avvalo, bir-birimizga «Assalomu alaykum» deya tinchlik tilashimizdan
boshlanadi. Xalqimizning ming yillar sinovidan o‘tgan bayramlari, to‘ylari, xalq og‘zaki
ijodi, bir so‘z bilan aytganda, omma uchun madaniyatga aylanib ulgurgan barcha
qadriyatlar ijobiy ma’nodagi ommaviy madaniyat namunalari hisoblanadi. «Ommaviy
madaniyat» asosini esa «Biz» degan tushuncha emas, «Avval mening o‘zim, keyin
boshqalar» degan g‘arbona egotsentrizm g‘oyasi tashkil etadi.
Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlab yangi jamiyat qurayotgan har bir millat uchun axloq va milliy
madaniyatni saqlash va yanada rivojlantirish – eng dolzarb va ustuvor vazifadir. Globallashuvning
yoshlar tarbiyasiga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri informatsion vositalarning yuksak rivojlanishi
natijasida internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot nashrlarining kirib kelishi,
bu vositalar orqali taklif etilayotgan «qadriyatlar» ko‘p hollarda yoshlarimizni milliy
qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo‘ymoqda. Boshqacha qilib aytganda, «ildizi yo‘q
individ»larning shakllanishiga olib kelmoqda. «Ommaviy madaniyat» turli xil ko‘rinishlarining
yoshlar orasida tobora keng tarqalishi asosan kiyinishda, qiziqishlarda, bo‘sh vaqtni o‘tkazishda,
didlarning sayozlashuvida, milliy qadriyatlarga munosabatda namoyon bo‘lmoqda. Bular esa
behayolik va zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga bepisandlik bilan
munosabatda bo‘lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bugungi kunda yoshlar orasida taqlidchilik holatlarining kuchayayotganligi kuzatilayapti. Xorijda
keng tarqalgan axloqiy va ma’naviy yurish-turish andozalarining kinofilmlar, moda va turli xil
reklamalar orqali yoshlarimizning ongini ma’lum ma’noda zaharlayotganini sezish qiyin emas.
Natijada, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishdan ko‘ra kompyuter o‘yinlarining oldida vaqtini o‘tkazish,
mazmunan sayoz filmlarni tomosha qilish odat tusiga kirib bormoqda.
Umuman olganda, globallashuvning salbiy oqibatlarini, «ommaviy madaniyat» niqobidagi
aksilmadaniyat va turli g‘arazli, noxolis axborotlar xurujining ta’sirini mumkin qadar kamaytirish
uchun aholi, ayniqsa, yoshlarning siyosiy ongini, huquqiy, axloqiy, estetik madaniyatini
yuksaltirish talab etiladi. Navqiron avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlarga, madaniyat
durdonalariga bolalikdan boshlab hurmat ruhida tarbiyalash, ularda «ommaviy madaniyat»ga xos
ayrim ko‘rinishlarga tanqidiy munosabatni, aksilmadaniyatga, turli buzg‘unchilik g‘oyalar va
axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Xozir insoniyat g‘oyat chigal va ziddiyatli zamonda yashayapti. Buning ustiga, ezgu g‘oyalarni
turli g‘arazli manfaatlar yo‘lida soxtalashtirishga intiluvchilar tobora ko‘paymokda. Oqibatda asl
maqsadlar niqoblanib, azaliy qarashlarning ma’nosi atayin chigallashtirilayapti.
Mustaqil O‘zbekistonimizning qisqa tarixiy davri shuni ko‘rsatdiki, vayronkor, buzg‘unchi
g‘oyalar birinchi galda yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan. Buning oldini olish uchun
52
Karimov I.А. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 2-nashr –Т.: Ma’naviyat, 2016, -117 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |