Sh. Madayev., M. Kasimova


Nikohning qonuniy va diniy jihatlari



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

Nikohning qonuniy va diniy jihatlari. 
Insoniylik nuqtai nazaridan qaralganda nikoh - muqaddas ishdir. CHunki u halollik asosida 
qo‘shilishni ma’qul deb biladi, nikohsiz qo‘shilish esa haromlik belgisidir. Haromlik ta’siri esa 
bo‘lajak farzandlarda, oilaning barakali bo‘lishida o‘z salbiy oqibatlarini ko‘rsatishi mumkin. 
Qonun tilida nikoh bola tug‘ilishini qonunlashtiradigan alohida turdagi xususiy shartnomani 
47
Rizouddin ibn Faxruddin. Оila, -Т.: “Мehnat”, 1991, 7-bet 


212 
anglatadi. SHariat bo‘yicha nikoh shartnomaga o‘xshab ketsada, undan farq qilgan. U umurbodga 
tuziladi. SHariat muddatli shartlarga yo‘l qo‘ymagan. Agar nikoh ahdida muddatli shartlarga 
ma’lum hafta, oy yoki yilga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bunday nikoh haqiqiy emas deb sanalgan. 
SHariat bo‘yicha nikohdan o‘tish uchun nikohdan o‘tuvchilardan bir qator shartlarga rioya qilish 
talab etilgan. Ular: birinchidan-nikohdan o‘tuvchilarning o‘zaro roziligi; ikkinchidan-nikoh 
yoshiga to‘lish; uchinchidan-nikohni guvohlar ishtirokida tuzish; to‘rtinchidan-kelin uchun qalin 
va mahr to‘lash; beshinchidan-diniy e’tiqod birligi; oltinchidannikohdan o‘tadiganlar yaqin qon 
- qarindosh bo‘lmasligi; ettinchidan-tabaqa bo‘yicha tenglik; sakkizinchidan-nikohdan 
o‘tivchilarning ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi lozim. Shariat bo‘yicha nikoh yoshi ug‘il bolalar 
uchun 12 yosh, qizlar uchun 9 yosh belgilangan. Shunda o‘g‘il bolalar jinsiy jihatdan voyaga etgan 
bo‘lishlari lozim. Amalda esa o‘g‘il bolalar-14, qizlar-12 yoshga to‘lganda nikoh tuzilgan. Shariat 
bo‘yicha nikoh ahdini tuzish vaqtida albatta ikki kishi guvohlikka o‘tishi lozim. Guvohlikka 
o‘tishga qo‘yilgan shaxslar nikoh ahdini tuzuvchilarning o‘zaro roziligini o‘zlari bir vaqtning 
o‘zida eshitgan bo‘lishlari lozim edi. Shariat bo‘yicha nikoh ahdini tuzishning navbatdagi sharti 
ajratilgan mahrni berishdan iborat bo‘lgan. Bu siz nikoh haqiqiy emas, deb sanalgan. Mahr kuyov 
tomonidan kelinga berilib, uy-joy va sepdan iborat bo‘lgan. Har bir hududda mahr, qalin hajmlari 
har-xil bo‘lgan. Shariat bo‘yicha, faqat islom diniga mansub bo‘lgan shaxslargina o‘zaro nikoh 
tuza olgan. Agar ayol boshqa dindan islom diniga o‘tsa, u bilan nikoh qurish mumkin edi. Qur’oni 
karimning “Niso” (4)-surasinin 22-24oyatlarida nikoh taqiqlangan hollar batafsil belgilab berilgan. 
Nikoh ahdini tuzishda talab qilinadigan shartlardan biri tabaqa bo‘yicha tenglikdir. Nikoh haqiqiy 
teng bo‘lishi uchun “kafalat” - nikohga kiruvchi shaxslar urug‘i, qarindoshligi bo‘yicha va 
unvonlarda teng bo‘lishi lozim edi. Shariat bo‘yicha nikoh ahdini tuzuvchi tomonlar ruhiy jihatdan 
sog‘lom bo‘lishi lozim. Aqldan ozgan shaxs bilan tuzilgan nikoh tuzilmaydi. SHariat bo‘yicha 
erkaklar bir vaqtning o‘zida bir qancha xotin olishlari, ammo ularning soni to‘rttadan oshmasligi 
lozim edi. Sababi agar bir erkak faqat bir ayolga uylanishi mumkin deyilsa, erkaklar sanog‘idan 
ortib qolgan ayollarga zulm qilingan bo‘lur edi. Ya’ni, bu ayollar o‘zlarining turmush qurish va 
ona bo‘lish huquqlaridan mahrum bo‘lib qolar edilar. Natijada jamiyatda nopoklik va maishiy 
buzuqliklar yuzaga kelar edi. Shuning uchun Islom moddiy imkoniyatlari bor erkaklarga ko‘p 
xotinlik bo‘lishga ruxsat beradi. Bunday holat Turkiston sharoitida ham mavjud bo‘lib, erkaklar 
ikki va undan ortiq xotinlarga uylanib, ular bilan bir umumiy xo‘jalikni vujudga keltirganlar. 
Musulmonalar nikoh tuzilishiga qadar bir qator diniy urfodatlarni bajarishlari lozim bo‘lgan. Bu 
urf-odatlarning biri sovchilik bo‘lib, bo‘lajak kuyovning yaqin qarindoshlari kelinning ota-onasi 
huzuriga borib, nikoh to‘g‘risida kelishib oladilar. Bu jarayon “fotiha qilish”, “unashtirish” deb 
atalgan. Ikkinchidan, nikohni xalqqa e’lon qilish uchun ziyofat berish musulmonlar uchun sunnat 
amallaridan biri hisoblangan. Uchinchidan, nikoh ahdini tuzish vaqtida ruhoniyat vakili bo‘lmish 
mulla, ikki guvoh va kuyov kelinning uyiga, yoki kelin va kuyov guvohlari bilan masjidga boradi. 
Mulla nikoh “xutba” sini o‘qishdan oldin er-xotinlik shartlari, er va xotinning burch va huquqlarini 
tushuntiradi, kelin va kuyovning roziligini so‘raydi, tasdiqlovchi javobni eshitgan mulla nikoh 
xutbasini o‘qiydi. Nikoh ahdi tuzilgandan so‘ng nikoh vasihasini olish vaqtida ikki taraf ham 
mullaga yoki qoziga pul to‘lashi lozim edi. Bu vasiqa “nikoh pattasi”, to‘langan pul esa “nikoh 
koma” deb nomlangan. Nikoh ahdi tuzilgandan e’tiboron kelin erining uyida bo‘lishi lozim. Kelin 
erining uyiga asosan to‘ydan so‘ng borgan. Yuqorida ko‘rsatilgan nikoh ahdini tuzish vaqtida 
bajarilishi lozim bo‘lgan holatlarni hisobga olib, qo‘yidagi xulosaga kelish mumkin: shariat 
bo‘yicha nikoh tuzish o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lib, islom dini tomonidan belgilangan 
talablar uning qonuniyligi va oshkoraligini ta’minlagan.
Nikohning qonuniy jihatlari. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston 
Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan "Oila kodeksi"da batafsil bayon qilingan 
bo’lib, ularning asosiy vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat, 


213 
ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir - biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha 
a’zolarining mas’ulligi hissi asosida ko’rishdan, biron bir shaxsning oila masalalariga 
o’zboshimchalik aralashishiga yo’l qo’ymaslik, oila a’zolari o’z huquqlariga to’sqinliksiz amalga 
oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iborat. Oilaviy turmushda ota 
- onalar quyidagi huquqlarga ega bo’ladi va bajarilishi ularning burchlari hisoblanadi: 1) bolalarga 
ism - sharif va familiya qo’yish; 2) ularning fuqaroligini va millatini belgilash;
3) o’z bolalariga vakillik qilish, ya’ni ular xali huquqiy muomalaga layoqatsiz ekanlar, ularning 
huquq va manfaatlarini himoya qilish; 4)o’z bolalarining istiqomat joylarini belgilash va ularni 
qonunsiz ushlab turgan shaxslardan talab qilib olish; 5) o’z bolalarini tarbiyalash, ularga nafaqalar 
berish va hokazo. Ota-ona o’z bolasiga qaramasa, tashlab ketsa, jinoyat yo’liga o’tib burchlarini 
bajarmasa ular otalik, onalik huquqlaridan mahrum etilishi mumkin hamda ular keyinchalik 
farzandlaridan nafaqa olish huquqlaridan ham mahrum bo’ladilar. O’z navbatida, farzandlar ham 
ota - onalarining oldida o’z burchlarini bajarishlari shart bo’lib, bularga mehnat qobiliyatini 
yo’qotganda, kasal bo’lganda, boquvchisiz qolgan ota - onalarga g’amxo’rlik qilish va hokazolar 
kiradi.

Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish