Sh. Madayev., M. Kasimova


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
193 
Lutsiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5-milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, xam axloqsh:unos 
faylasuf. Uning “Fazab haqida”, “Shafqat haqida”, “Baxtli hayot haqida” singari 
axloqsh:unoslikka doir risolalari ko‘pchilikka ma’lum. Ayniqsa, “Lutsiliyga axloqiy maktyblar” 
asari mashxur. Senekaning fikriga ko‘ra, dunyo moddiy biroq, unda qandaydir jonli ibtido 
xukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi ahamiyati yo‘q. Muhimi 
shuki, uning yozig‘i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma’nosini taqdirdan rozilikda, 
uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo‘qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda 
ko‘radi. U o‘limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o‘z-o‘zini 
o‘ldirishda ko‘rish, shubhasiz, u yashagan davrning g‘oyatda fojialiligi bilan bog‘liq. Seneka qul 
bilan ozod kishining ma’naviy tengligini ta’kidlaydi: “Ular qullarmi? Yo‘q odamlar. Ular 
qullarmi? Yo‘q, ular yyingdagi qo‘shnilar. Ular kullarmi? Yo‘q, sening itoatkor do‘stlaring. Ular 
qullarmi? Yo‘q, ular sening qullikdagi birodarlaring, negaki, sen ham, ular xam taqsirning 
qullarisiz”. Albatga, bu o‘rinda Seneka ijgimoiy tenglikni emas, balki qul bilan quldorning axloqiy 
tengligini nazarda tutmoqda. Faylasufning aytishicha, ruh ozodligi - shaxs uchun o‘z-o‘zini 
qadrlash na g‘urup-iftixor manbai. Kimki botiniy ozodlikka erishgan ekan, u taqsir ko‘rgiliklariga 
bo‘ysunmaydi, qismat zarbalarini mardona kutib olishga tayyor turadi. Yana bir Qadimgi Rumo 
axloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (50-138 yillar atrofida). Uning axloqiy qoidalari 
quyidagicha taqdir muqarrar; aql -idrok axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo 
ma’budlar irodasiga katiyan bog‘liq ichki dunyo insonning hukmi ostida; xaqiqiy donishmandning 
erki shundaki, u o‘ziga bog‘liq bo‘lgan narsalarni o‘zga bog‘liq bo‘lmagan narsalar bilan 
chalkashtiri6 yubormaydi; xayotning maqsadi va ma’nosi shaxsiy ichki erkinlikni anglash va uni 
qo‘lga kiritish; unga eltadigan yo‘l bitga - ma’budlar irodasiga so‘zsiz itoatkorlik, ehtiyojda 
mo‘‘tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko‘rish.
Epiktetning fikriga ko‘ra, baxt, xaqiqiy saodat-fazilatda, fazilat esa bytynlay insonning ijodidir, 
zero uni inson shakllantiradi. Faylasuf o‘zing yoqtirmaydigan sharoitni o‘zgalarga ravo ko‘rma, 
agar qul bo‘lishni istamasang, atrofingda qullika yul berma, degan fikrni ilgari suradi.
SHunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari xam inson hatti-xarakatlari muammosini o‘rtaga 
tashlaydi va insonning olamdagi o‘rni xamda xayotning maqsadini belgilashga intiladilar. Bunday-
intilish, ayni paytda, bytyn Qadimgi dunyo mymtoz axloqshunoslariga xosdir. Xullas, Qadimgi 
dunyoning mymtoz axloqshunoslari oddiy axloq-odob qoidalari, pand-o‘gitlar va hikmatlardan 
tortib, to axloqshunoslik nazariyasi tizimigacha yaratdilar. SHy meros xanuzgacha o‘z ta’sir 
kuchini yo‘qotgani yo‘q, hanuzgacha jahon axloqshunosligi ko‘p xollarda o‘sha tushunchalar va 
tamoyillarga yangicha yondoshuv asosida taraqqiy etib kelmoqda.
Shu o‘rinda yana bir, xozirgacha etarli e’tibor qilmay kelinayotgan masalaga oydinlik kiritishni 
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bu - Qadimgi YUnon tafakkuri bilan o‘rta acplap musulmon 
SHarqi falsafasining - xususan axloqshunosligining bog‘liqligi masalasi. Nima uchun bizning 
alloma ajdodlarimiz Qadimgi SHarq, jumladan, Xindi-Xitoy mintakasi mutafakkirlari izidan emas, 
Ovro‘palik yunonlar izidan bordilar, Suqrot va Aflotunni o‘rgandilar, ko‘klarga ko‘tardilar, 
Arastuni esa eng ulkan ustoz – birinchi muallim deb atadilar?
Gap shundaki, musulmonchilikning asosi tavxidda - yakkaxudolikda.Olloh yagona, uning sherigi 
yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Qadimgi Yunon mutafakkirlari aynan ana shu tavxid yo‘lidan 
bordilar. Birinchi bo‘lib bu masalani Suqrot aniq o‘rtaga tashladi. U o‘limga maxkum etilganida, 
unga yunonlar xudolarini xurmat qilmaganligi, yoshlarni boshka yo‘lga (aslida tavxid yo‘liga) 
burib yuborayotgani ayb qilib qo‘yiladi. Suqrotning o‘limi oldidagi so‘nggi gapi xam shuni 
tasdiqlab turadi, sikuta ichgach: “Men Uning (ularning emas! -A SH.) yoniga ketyapman!”, deydi 



Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish