Sh. Madayev., M. Kasimova


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
186 
Qadimgi 
Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqiyoti zardushtiylik dinining 
vujudga kelishi bilan bog‘liq Qadimgi Xorazmda yaratilgan “Avesto” deb atalgan muqaddas 
kitobida asosiy axloqiy fazilatar va illatlar sanab o‘tiladi, talqin etiladi. Unda Zardushtiylik iloxi 
Axura-Mazda-ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi: ezgulik va 
yovuzlik, yorug‘lik va zulmat, hayot va mamot o‘rtasidagi abadiy ko‘rashining ibtidosi aks etadi. 
“Abadiy ezgulik”, “Ezgu niyat”, “Ezgu tartib”, “Ilohiy tobe’lik”, kabi ezgu tushunchalar real 
ma’no kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma’budlar siymosida namoyon bo‘ladi, ular Axura-
Mazda atrofida yaxshilik urug‘ini sepib yuradi. Bunday tushunchalarning aksi esa Axriman 
atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajassumi Apa Mana, so‘lish va o‘lim timsoli 
Tuarvi hamda Zarik ismli devlar shular jumlasidandir. Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda 
axloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi “Avesto” ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy 
tushunchalar va ko‘rsatmalar majmui deyish mumkin. Buni ushbu din ayg‘omchisi Zardushtning 
“Avesto”dagi Asha alqovidan joy olgan quyidagi so‘larni yaqqol ko‘rish mumkin:
Quvonsin Axura-Mazda – “Eng loyiq haqning irodasi ro‘yobga chiqib”, Axriman daf bo‘lsin. Ezgu 
o‘y, ezgu so‘z, ezgu ishlarni alqayman, o‘zimni butkul ezgu uy, ezgu so‘z va ezgu amallarga 
baxshida etaman, Barcha qabih uy, yomon so‘z va yomon ishlardan tiyaman, 
Yukunchim, maqtovim, ezgu fikrim, Ezgu so‘z (savobli) ezgu ishlarim 
“tanamdagi jonim” bilan birga sidqi 
dildan Sizlarga (baxshida) bo‘lsin, ey 
o‘lim bilmas Valiylar. haqni sharaflab 
(deyman): 
“haqiqat – Oliy ne’mat. Bu ne’matdan ul kishi
bahramandkim, savob unga bo‘lgay, kim agar 
xaq yo‘lida savob (ishdan) qolmasa, savob 
ishdan qolmasa, savob ishdan qolmasa” 
“Avesto” dagi talqinlar insonning real hayoti bilan bog‘liq ekanligi diqqatga sazovor. Undagi 
ezgulik ruhi – yaratuvchilik, ijodkorlik quvvati, Yovuzlik esa, buzish va buzg‘unchilik kuchi 
tarzida namoyon bo‘ladi.
Axura-Mazda qiyofasidagi ezgulik hayot ramzi, erni inson, hayvonot va nabotot bilan boyitadi, 
inson ularni sog‘lik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, go‘zallik, farovonlik yordamida 
munavvar qiladi. Axriman qiyofasidagi yovuzlik esa, qo‘rg‘oqchilik, ocharchilik, kasallik, mollar 
qirg‘inini, jisman va ruhan halokat singari halokalarni keltirib chiqaradi.
“Avesto”da umri davomida ezgulik, yaxshilik, poklik va tozalik tamoyilari bilan i kqrgn odam 
o‘lgandan so‘ng uning ruxi rohat-farog‘atda bo‘lishi, gunohkor, fosih kishiniki esa aksincha: azob-
uqubat hamda xunuklik komiga maxkum etilishi aytiladi. Buni professor Tilab Maxmudov 
o‘zining “ Avesto” haqida” degan katta maqolasida atroflicha yoritiladi: solih odam o‘lgach, 
ruhining joni uch kun uning boshida zavq-shavq, rohat-farog‘at og‘ushida turadi, keyin xushbo‘y 
o‘simliklar yusiga qalqib chiqadi. Uni ajib bir shabada, muattar nasim qarshilaydi. SHabada 
qo‘ynida 15 yoshar barcha go‘zallaikdan ham go‘zal qiz namoyon bo‘ladi. Bu go‘zal qiz egulik va 
poklik, savob ishlarnin timsoli. U ruhga qarata: “Muloyim edim, yanada muloyimroq qilding, 
chiroyli edim yanada go‘zal qilding, balandda edim, ezgu o‘y, ezgu so‘z va ezgu a’mol bilan meni 
yanada balandga ko‘tarding” – deydi. Gunoxkor, yovuz odamning ruhi esa, vujud ustida uch kun 
qolib, tengsiz azoblarni boshidan kechiradi. Uch kundan so‘ng u o‘zi yaratgan barcha yovuzliklar 
ustida tarvoz qiladi. So‘ng tirikligida hech qachon uchratmagan barcha xunukliklardan ham 
xunukroq qizni uchratdi, “Ey qora yurak, zahar tilli, munofiq gunoxkor – deydi qiz, - men qiz 
emasman sening tiriklik paytingda qilgan a’mollaringman. Sen tirikligingda Xudoga e’tiqod 



Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish