Sh. Madayev., M. Kasimova



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

10-MAVZU. 
 
MANTIQ 
ILMINING 
PREDMETI, 
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
154 
qismni hosil qiladi. Ta’riflash bilishda quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishda 
yordam beradi: 1) tushunchada aks etuvchi predmetning muhim belgilarini 
ko‘rsatadi; 2) tushunchani ifoda qiluvchi so‘zning (terminning) ma’nosini ochib 
beradi; 3) termin hosil qilishga imkon beradi. YUqoridagi vazifalardan qaysi 
birining hal qilinishiga qarab nominal va real ta’riflar farq qilinadi. 
Nominal ta’riflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar yangi termin 
bilan almashtiriladi hamda uning ma’nosi aniqlanadi. Masalan, «Mantiq grekcha 
«logos» so‘zidan olingan bo‘lib, tushuncha, fikr, so‘z, qonuniyat kabi ma’nolarga 
ega», desak, mantiq tushunchasiga nominal ta’rif bergan bo‘lamiz. «Til belgilarini 
o‘rganuvchi fan semiotikadir», degan ta’rif ham nominal ta’rifga misoldir. 
Real ta’rifda predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, «Atom – moddaning 
yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasi», degan ta’rif real ta’rifdir. 
Real ta’rif aniq va noaniq ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Aniq real ta’rif 
predmetlarning muhim belgilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib beradi. Noaniq real 
ta’rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. 
Masalan, o‘qigan parchamizda notanish terminlar uchrab qolganda, uning ma’nosini 
lug‘atdan foydalanmasdan, boshqa so‘zlarning ma’nosiga qarab aniqlashimiz 
mumkin. 
Aniq real ta’rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini 
ko‘rsatish orqali ta’riflash; 2) genetik ta’rif. 
YAqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash real ta’rifning eng ko‘p 
ishlatiladigan turi bo‘lib, u ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda 
aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi. SHu tariqa uning mazmuni qisman 
ochib beriladi. Ikkinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi 
boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi, ya’ni uning tur belgisi ko‘rsatiladi. SHu 
tariqa mazkur tushuncha mazmunining qolgan qismi ochib beriladi. Masalan, 
bizning oldimizda «metafora» tushunchasining mazmunini aniqlash vazifasi turibdi, 
deylik. Bunda, avval aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi: u «so‘z» 
tushunchasidir. «Metafora so‘zdir» deyish bilan «so‘z» tushunchasi mazmunida fikr 
qilinadigan muhim belgilarning metaforaga ham tegishli ekanligini ko‘rsatamiz, 
ya’ni «metafora» tushunchasi mazmunini tashkil etuvchi umumiy belgilarni 
aniqlaymiz. Ko‘chirma ma’noda ishlatilishi esa, metafora sifatida ishlatilayotgan 
so‘zning tur belgisi, ya’ni individual belgisi hisoblanadi. Bu tur belgini yaqin jinsga 
qo‘shib «Metafora ko‘chirma ma’noda ishlatiladigan so‘zdir», degan to‘la ta’rif 
hosil qilamiz. SHu tariqa eng qisqa yo‘l bilan, ya’ni yaqin jinsi va tur belgisini 
ko‘rsatish bilan tushunchaning mazmunini aniqlaymiz. 
Genetik ta’rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalagan predmetning 
kelib chiqishini ko‘rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, «Oksid metallarning 
kislorod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘lgan kimyoviy birikmadir», 
degan ta’rif genetik ta’rifga misoldir. Bu ta’rifning mantiqiy tarkibi yaqin jinsi va 
tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash bilan bir xildir. 



Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish