Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

 
[157]. 
Mulkni lizingga olish lizingni sotib oluvchi uchun ham bir 
qator afzalliklarni beradi, xususan, lizing lizing oluvchiga tadbirkorlik 
faoliyatini investitsiyalashning muqobil usuli rolini o‘ynaydi. Shu bilan 
birga, u lizing oluvchining tashabbusini safarbar qilishga va ishlab 
chiqarish texnik salohiyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Bularni quyidagi 
jihatlarda ko‘rishimiz mumkin (39-jadval). 
39-jadval. 
Sotib oluvchi uchun lizing operatsiyasining 
afzallik tomonlari 
 

 Afzallik 
tomonlari 
Afzallikni ta’minlovchi omillar 

Dastlabki o‘z 
kapitalini 
ko‘paytirishga bo‘lgan 
ehtiyoj kamayadi. 
Boshlang‘ich oldi-sotdi lizing beruvchi tomonidan 
to‘la moliyalashtiriladi. Zarur uskunalar uchun 
to‘lovlarni bir yo‘la amalga oshirish talab 
qilinmaydi. Bu esa o‘z navbatida foydalanuvchi-
ning likvid mablag‘larini oshiradi va ishlab 
chiqarishni kengaytirish uchun potensial aylanma 
kapitalning ko‘payishiga olib keladi. 

To‘lovlar 
qayishqoqligi 
ta’minlanadi. 
Birinchi to‘lovni kechiktirish mumkin, so‘nggi-
larini bosqichma-bosqich ko‘paytirish yoki kamay-
tirish, avans bilan va boshqa shakllarda bo‘lishi 
mumkin. Lizingga olingan uskuna evaziga 
olinayotgan foydadan tovar va xizmatlar shaklida 
to‘lash mumkin. 


254

Transaksiyalardan 
tejash imkoniyati 
bo‘ladi. 
Mulkni sotib olish, saqlash, tugatish va sotish 
bo‘yicha ko‘p mehnat talab qiluvchi operatsiyalarni 
chetlab o‘tish evaziga lizing beruvchining 
ma’muriy xarajatlari kamayadi. 

Soliq imtiyozlari va 
lizingni davlat 
tomonidan qo‘llab-
quvvatlash. 
Ko‘pgina davlatlarda lizing oluvchilarga lizing 
to‘lovlarini bajarish davrida qo‘shimcha soliq 
imtiyozlari beriladi. 

Uskunalarning 
ma’naviy eskirishi 
munosabati bilan tovar 
ishlab 
chiqaruvchilardagi 
risk kamayadi. 
Uskunaning ma’naviy va jismoniy eskirishi riski 
lizing beruvchi zimmasida qoladi. Foydalanuvchi 
yangi uskunani ijaraga olishi mumkin (revolver 
lizing). 

Lizing oluvchining 
ilmiy ishlab chiqarish 
potensiali oshadi. 
Kreditga sotib olib so‘ngra unga foiz to‘lab 
borishdan ko‘ra bir maromdagi start kapitali 
yordamida lizing evaziga ishlab chiqarish quvvatini 
ko‘proq ishga solishga erishadi. 

Tadbirkorning 
iqtisodiy erkinligi 
kengayadi. 
Tadbirkor lizing obyektini sotib olishi kerakmi, 
shartnomani uzaytirish lozimmi yoki yangi 
uskunani sotib olish darkormi – bularning 
hammasini tadbirkorning o‘zi erkin hal qiladi.

Buxgalteriya hisobini 
optimallashtirish 
sohasida tovar ishlab 
chiqaruvchi yutadi. 
Lizing obyekti lizing beruvchining mulki 
hisoblanadi, uning balansida hisobga olinadi va 
amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. 

Lizing oluvchining 
moliyaviy holati 
mustahkamlanadi. 
Moliyalashtirishning odatiy manbalariga (bank, 
yetkazib beruvchi va boshqalar) bo‘lgan bog‘liqlik 
kamayadi. Lizingdan foydalanayotgan subyekt 
lizing mulkiga soliq solinmaydi, ssuda olishdan 
ko‘ra shartnoma asosida lizingni olish ham oson, 
ham foydali. 
To‘lovlarni bir maromda to‘lab borish inflatsiya 
ta’sirini, shuningdek, bankning uzoq muddatli 
foizlari o‘sishini susaytiradi. Leverajning yuqori 
bo‘lishini ta’minlaydi. 
10 
Yangi turdagi lizing 
obyektini o‘zlashti-
rish riskini pasay-
tiradi 
Yetarli talab bo‘lmay qolgan hol bo‘lib qolsa, 
ijaraga olingan mulkni lizing berganga qaytarib 
berish imkoniyati bo‘ladi. 
11 
Raqobatdosh afzal-
likka ega bo‘ladi 
Ishlab chiqarishni hozirgi zamon uskunalari 
bilan jihozlash raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab 
chiqarish imkonini beradi. 


255
12 
Lizing obyektiga 
nisbatan 
jadallashtirgan 
amortizatsiyani 
qo‘llash imkoni 
bo‘ladi 
Eskirgan uskunalarni tezkor yangilash, ishlab 
chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollash 
imkoniyati tug‘iladi. Foydaga solinadigan soliq 
miqdorini kamaytiradi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni 
tezlashtiradi.
Shunday qilib, ijaraga oluvchi uchun lizing operatsiyasining 
afzalliklarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: 
Lizing, ishlab chiqarish va bozor konyunkturalarining 
o‘zgarishiga tez rioya qilishga yordam beradi. Yirik kapital qo‘yilmalar 
sarflanmasdan turib asosiy kapitalni tezkor yangilash imkoniyatini 
yaratadi. 
Agarda lizing xalqaro ahamiyatga ega bo‘lsa, ijaraga oluvchi, 
ijaraga beruvchi firma (bank) joylashgan mamlakatdagi mavjud soliq 
imtiyozlaridan foydalanish mumkin. Bu asosan ijara stavkasini 
kamaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Mayda ishlab chiqaruvchilarda doimo kerakli mablag‘ bo‘lmas-
ligi mumkin. Bunday sharoitda lizing vositalarni xarid qilib olmasdan 
foydalanish imkoniyatini beradi, natijada esa ishlab chiqaruvchilarni 
kredit olishdan xalos etadi. 
Agarda ishlab chiqarishda tezkor lizing qo‘llansa, ishlab chiqa-
ruvchi yana bir qator imtiyozlardan foydalanishi mumkin, ya’ni ishlab 
chiqarish vositalarining ehtiyot qismlar bilan ta’minlash va ularning 
ta’mirlanishi, texnikani ishlatish uchun maslahatlar va hokazolar. 
Bundan tashqari, tezkor lizing qo‘llanilganda, mulk egasi ijaraga 
beruvchi bo‘lganligi uchun, mulklarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar 
mulk egasi tomonidan sarflanadi yoki qoplanadi. 
[158]. 
Chet el tajribalari iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida 
lizingning turli shakllaridan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda. Shu 
jihatdan rivojlangan mamlakatlarda 70-yillarda paydo bo‘lgan lizing 
operatsiyalarini qo‘llash tartiblari bilan tanishish o‘rinli bo‘ladi. 
Masalan, Fransiyada lizing – murakkab moliyaviy operatsiya 
jarayoni sifatida ko‘rilib, unda maxsus lizing firmasi (ijara beruvchi) 
buyurtmachining (ijarachining) talabi va ehtiyoji uchun ishlab chiqa-
ruvchidan zarur bo‘lgan uskunalarni sotib olib, uni ijarachiga ma’lum 
vaqtga va ma’lum ijara haqiga beradi. 
AQShda lizingga tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralib, unda 
buyurtmachi ehtiyoji uchun mulkdan vaqtincha foydalanish huquqi 
mulkdordan ijarachiga beriladi va uning natijasida lizing firmasi ma’lum 


256
darajada daromad oladi. Lizing natijasida hech qanday narsa ishlab 
chiqarilmaydi va hech narsa sotilmaydi. Faqat ishlab chiqarish 
vositasidan foydalanish huquqi vaqtincha bir yuridik shaxsdan ikkinchi 
yuridik shaxsga o‘tkaziladi. 
1990-yil oxirlarida jahon bo‘yicha lizing operatsiyalari hajmi 1 trln. 
AQSh dollariga teng bo‘lgan. Lizing firmalari 70-yillarda paydo bo‘lib, 
hozirgi paytda bunday faoliyat bilan Angliyada 1,5 ming, Germaniyada 
2,5 ming firma shug‘ullanmoqda. 30 yillik kuzatish shuni 
ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida lizing firmalarining sinishi 
kamdan-kam uchraydigan hol. 
AQShda barcha yirik firmalar qoshida lizing ishlari olib boriladi. 
Kompaniyalar umumiy daromadining 25-30 foizini uskunalarni lizing 
operatsiyalari orqali ijaraga berish sababli olmoqdalar. 1990-yilda 
barcha lizing operatsiyalari bu mamlakatda 500 milliard dollarni tashkil 
qilgan bo‘lsa, shundan 120 milliard dollari uskunalar hissasiga to‘g‘ri 
keladi. Zero, g‘arb kompaniyalarining shiori: «vaqtdan, xomashyo va 
materiallardan tashqari hamma narsani ijaraga berish mumkin». 
Aviakompaniyalar foydalanayotgan samolyotlarning ham 43 foizi 
ijaradagi samolyotlardir. 
Lizing o‘rta va kichik firmalar uchun ham juda qulay. Ularning 60 
foizi lizingdan foydalanishadi. AQShdagi 3,5 ming kichik firmalar 
lizingga olingan uskunalarda ishlashadi. Ba’zi korxonalarning o‘z 
ishchilari ham bo‘lmaydi. 1990-yilda kompaniyalarda 1,5 million 
kishilar ijarada ishlagan bo‘lsa, 1995-yilga kelib ularning sonini 15 
million kishiga yetkazish mo‘ljallangan. Bular odatda xizmatchilar, 
haydovchilar, yuristlar, kadr xodimlar, buxgalterlar, o‘qituvchilar, 
referentlar, tarjimonlar, tarbiyachilar va boshqalar. 
Lizing kompaniyalari ijaraga aniq kishini emas, balki mutaxassisni, 
masalan, buxgalterni beradi. 
Yevropa mamlakatlarida bugungi kunda lizing operatsiyalari 250 
milliard dollarni tashkil qiladi. Ularning barchasida lizing to‘g‘risida 
maxsus qonunlar qabul qilingan. 
Ijaraga berish muddatiga ko‘ra lizing: 
renting (1 soatdan 1 oygacha, masalan, avtomobillar, samolyotlar 
va hokazo); 
xayring (1 oydan 1 yilgacha, masalan kompyuterlar); 
odatdagi lizing (1 yildan oshiq, lekin uskuna yoki ijaradagi 
buyum amortizatsiya muddatining 80 foizi qismigacha) turlarga 


257
bo‘linadi. 
Odamlar orasida “Amerikaliklarning barchasi shaxsiy kompyuter-
larga ega” degan fikr keng tarqalgan. Aslida esa 90 foiz kompyuterlar 
ijaradadir. Mamlakatda lizing operatsiyasi natijasida xizmat tugaganidan 
so‘ng uskuna ijarachiga sotilmaydi, agar xizmat muddati ichida 80 foiz 
amortizatsiyasi hisoblangan bo‘lsa, u holda lizing uchun belgilangan 
imtiyozlardan mahrum qilinadi. 
Ilgari paytlarda korxonalar yangi sexlarni davlat ajratgan kapital 
mablag‘lar hisobiga qurar edilar. Hozir esa bunday imkoniyat juda kam. 
Albatta, kredit olish mumkin, lekin qisqa muddatli kreditlarni olish 
qiyin, foiz stavkalari ancha yuqori. Bunday paytda lizingdan foydalanish 
ijobiy natijalarga olib kelishi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida ko‘p 
sinalgan. 
Qoldiq qiymat bo‘yicha ishlayotgan uskuna lizing kompaniyasiga 
sotiladi, natijada yirik investitsiyaga ega bo‘ladi. Lizing kompaniya-
sining sharti – olingan pul mablag‘lari aniq ishlarga sarflanishi lozim. 
Bu pullar hech kimga qaytarilmaydi, foizlar to‘lanmaydi, mulkka 
bo‘lgan soliqdan ozod etiladi. Chunki uskunalar lizing kompaniyasining 
mulkiga aylanadi. Biroq ishlab chiqarish jarayoni davom etaveradi, 
asosiy fondlar esa korxonada qoladi, bir vaqtning o‘zida yangi sex 
qurilishi ham olib borilaveradi. Korxona esa o‘sib borish tartibi 
(shkalasi) bo‘yicha ijara haqi to‘lab boradi: birinchi yili eng oz, oxirgi 
yili esa eng katta miqdorda. 
Ammo lizing kompaniyalari hamma uskunalarni sotib olavermaydi. 
Ularni loyihaning maqsadga muvofiqligi, foydali ekanligini ishontirish 
lozim. Odatda, lizing kompaniyalari loyihani o‘rganish uchun mutaxas-
sislarni taklif qilishadi. 
Lizing munosabatlarida ijarachining kafolati muhim hujjat 
hisoblanadi. Kafolatsiz bozor iqtisodiyotida hech qanday oldi-sotdi va 
boshqa ishlar amalga oshirilmaydi. 
Rivojlangan mamlakatlarda lizing operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar 
umumiy kapital qo‘yilmalarning AQShda – 30%, Angliya, Fransiya, 
Lizing kompaniyalarining 70-75 foizi banklar tomonidan tuzilib, muttasil na-
zorat qilib turiladi. Banklarning o‘zi lizing ishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamdan-
kam hollarda qatnashadilar. 20 foiz lizing kompaniyalarini yirik ishlab 
chiqaruvchilar tuzadi va qolgan 5 foizi mustaqil lizing kompaniyalaridir.


258
Shveytsiyada va Ispaniyada – 13-17% ni, Italiya va Gollandiyada – 12-
14% ni, Avstriya, Daniya va Norvegiyada – 8-10% ni tashkil etadi. 
Yaponiyada lizing operatsiyalari bo‘yicha xarajatlarning yillik o‘sishi 
25-30% ni tashkil etadi. AQSh da ishlab chiqarish vositalarining 
kengaytirilishi va modernizatsiya uchun sarflanayotgan kapital qo‘yilma 
xarajatlarining 1/4 qismi; vositalarning to‘la xarid qilish uchun emas, 
balki ulardan vaqtinchalik foydalanishga sarflanadi. 
[159]. 
Respublikamizda lizing munosabatlarini tashkil qilish va 
rivojlantirish quyidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan boshlandi: 
«Lizing to‘g‘risida»gi qonun 1999-yil 14 apreldan e’tiboran 
amalga kiritildi. Bu qonun mamlakatimizda rivojlanib borayotgan lizing 
faoliyati uchun ishonchli huquqiy negiz yaratdi. Rivojlangan mamla-
katlarning ilg‘or texnologiyalari va uskunalarini jalb etish hamda 
ulardan foydalanishga katta e’tibor qaratilib, mamlakatimizning jahon 
bozorida mustahkam o‘rin olishi uchun imkoniyatlar yaratdi. 
Birin-ketin lizing kompaniyalari tashkil etila boshlandi. Bugungi 
kunda O‘zbekiston bozorida 12 ta lizing kompaniyasi faoliyat 
ko‘rsatmoqda ulardan quyidagilarni qayd qilamiz: 
«O‘zbeklizing interneyshnl» O‘zbekiston-Malayziya qo‘shma 
korxonasi (1995-yil yanvar); 
«Baraka» universal lizing kompaniyasi (1995-yil noyabr); 
«AYETK» Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi Kanadaning 
«Raana-ni xolding interneyshnl» kompaniyasi bilan hamkorlikda (1995-
yil iyul); 
«O‘zkeysagrolizing» O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi 
(1997-yil fevral); 
«O‘zaviolizing» aviatsiya lizing kompaniyasi (1997-yil noyabr); 
«O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» hissadorlik kompaniyasi (2000-
yil noyabr); 
Lizing kompaniyalari dastlab yirik banklar va yirik ishlab 
chiqaruvchilar qoshida, bevosita davlatning yordamida tuzila boshlandi. 
Ular asosiy vositalarning egasi sifatida ularni ishlab chiqaruvchidan olib, 
uchinchi (yuridik, jismoniy) shaxsga ijara shartlari asosida qisqa yoki 
uzoq muddatga berishi mumkin. Lizing bo‘yicha daromadlar-muayyan 
(oylik, uch oylik, yarim yillik) davrda tushadigan ijara to‘lovlaridan 
iborat bo‘ladi. Bu to‘lovlar bank foizini va amortizatsiyani o‘z ichiga 
oladi. Lizing shartnomasida, shuningdek, fondlar vositalardan foyda-
lanuvchilar tomonidan to‘la sotib olinishi ko‘zda tutilishi mumkin. 


259
Lizing kompaniyalari ishlab chiqaruvchilar, bank tizimi, ijarachilar 
bilan o‘zaro manfaatda bo‘ladilar. Xususan, ishlab chiqaruvchilar uchun 
lizing kompaniyalari ularning mahsulotlariga doimiy xaridordir. Bundan 
tashqari, hamma ishlab chiqaruvchilar ham o‘z mahsulotlarini xalqaro 
miqyosda reklama qilish imkoniyatiga ega emaslar. Kichik firmalar o‘z 
mahsulotlarini lizing kompaniyalariga sotishsa, lizing kompaniyalari 
ularni mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajat va 
ishlardan ozod qiladi. 
Bank tizimi manfaatlarida esa banklarda pulga talab kamaygan 
vaqtlarda ortiqcha resurslar paydo bo‘ladi. Ilgari banklar bu mablag‘larni 
(rivojlangan mamlakatlarda) ko‘chmas mulk sotib olishga sarflashgan. 
Pulga talab oshganda esa, teskari operatsiyalarni amalga oshirganlar. 
Ba’zi g‘arb mamlakatlarida, xususan AQShda 1985-yilda yangi Qonun 
qabul qilindi. Unga ko‘ra har qanday mol-mulkka, u foyda keltirmasa 
ham, soliq belgilanadi. Endi banklar uchun o‘z mablag‘larini ko‘chmas 
mulkka sarflash samarali bo‘lmay qoldi.
Banklar asosan uzoq muddatli kreditlar hisobiga faoliyat yuritishadi 
va daromad olishadi. Bunday kredit ma’lum tahlikaga – xavfga ham ega 
bo‘lishi tabiiy. Kredit berilayotganda, odatda, mulk garovga qo‘yiladi. 
Shu nuqtayi nazardan banklar uchun ham lizing manfaatlidir. Bank 
lizing kompaniyasiga uzoq muddatli kredit beradi. Kredit hisobiga lizing 
kompaniyasi uskunalarni sotib oladi va ular firmaning mulkiga aylanadi. 
Agar ijarachi shartnoma talablarini bajarmasa, lizing kompaniyasi 
ijarachining mulkiga ega bo‘lib oladi. Agar uzoq muddatli kreditlar 
yiliga 10 foiz daromad bersa, lizing kompaniyalarida 12 foiz daromad 
olinadi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish