37.
Markaziy bank va uning muassasalari soliqlar, yig‘imlar,
bojlar va boshqa to‘lovlardan:
a) ozod qilinmaydi;
b) 50 foizga ozod qilinadi;
c) ozod qilinadi;
d) 25 foizga ozod qilinadi.
38.
Bank aktivida birinchi «himoya chizig‘i»:
a) investitsiyalanadigan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi;
b) kassadagi mablag‘, boshqa banklarda joylashtirilgan barcha
depozitlar, inkassatsiya qilinmagan cheklar hisoblanadi;
c) moddiy mablag‘lar qiymati hisoblanadi;
d) garovga qo‘yilgan qo‘zg‘almas mulk hisoblanadi.
39.
Kreditlar bank aktivining:
a) 50 - 75 foizini tashkil qiladi;
b) 8 foizidan kamrog‘ini tashkil qiladi;
c) ikkinchi «himoya chizig‘i» hisoblanadi;
d) birinchi «himoya chizig‘i» hisoblanadi.
2.9.
Nazorat uchun savollar
1.
Nima uchun Markaziy bank banklarning banki deb yuritiladi?
2.
«Markaziy bank mustaqilligi» deganda nima tushuniladi?
3.
Markaziy bankning bosh maqsadi va asosiy vazifalari nimalardan
iborat?
4.
Nimalar Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari hisob-
lanadi?
5.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida Markaziy bank nimalarga
haqli?
6.
Markaziy bank boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
96
7.
Bank boshqaruvi qanday vakolatlarga ega?
8.
Qaysi hollarda Markaziy bank raisi o‘z lavozimidan ozod etiladi?
9.
Markaziy bank boshqa banklar faoliyatini qanday iqtisodiy
dastaklarga asoslanib tartibga soladi?
10.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda qanday
vakolatlarga ega?
11.
Qaysi hollarda Markaziy bank banklarga sanksiya va choralar
qo‘llashi mumkin?
12.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishda Markaziy bank qanday
vositalardan foydalanadi?
13.
Monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank qanday
operatsiyalarni bajaradi?
14.
Pul-kreditni tartibga solishning obyekti va maqsadi nima?
15.
Pul-kreditni tartibga solishning qanday usullarini bilasiz?
16.
Foiz stavkalari ustidan nazorat qaysi shakllarda amalga
oshiriladi?
17.
Kreditning eng yuqori miqdori chegarasini belgilashning
qanday turlarini bilasiz? Ular qaysi hollarda qo‘llaniladi?
18.
Pul tizimi deganda nimani tushunasiz? U qanday tarkibiy
qismlar bilan tavsiflanadi?
19.
Tomas Grexemning pul tizimi to‘g‘risidagi qonunining
mohiyati nimada?
20.
Metall pullar tizimi to‘g‘risida nimalar deyaolasiz?
21.
Kredit va qog‘oz pullar tizimi deganda nimani tushunasiz?
Veksel, banknot va chek nima?
22.
Kredit kartochkalari «Elektron pullar»dan nima bilan farq
qiladi?
23.
Pul muomalasini tashkil etish va uni tartibga solishdan maqsad
nima?
24.
O‘zbekistonda pul muomalasi qanday tarixga ega?
25.
Markaziy bank tomonidan pul muomalasi qay tartibda tashkil
etiladi?
26.
Pul muomalasiga qanday omillar ta’sir qiladi?
27.
Pul massasi nima?
28.
Pul massasi qanday tarkibga ega? Kvazi pullar deganda nimani
tushunasiz?
29.
Pul agregati qanday tarkibiy qismlardan iborat?
30.
Pulga bo‘lgan talab qanday aniqlanadi?
97
31.
Pul bozorida pulga talab va taklif muvozanatiga qanday
erishiladi?
32.
Pul multiplikatori qanday aniqlanadi? Pul bazasi nima?
33.
Arzon va qimmat pullar siyosati yoki pul-kredit siyosatining
restriksion va ekspansion usullari deganda nimani tushunasiz?
34.
Yalpi va selektiv pul-kredit siyosati nima?
35.
Oltin andozasi nima va u sharoitda pul muomalasini tartibga
solish qanday amalga oshiriladi?
36.
Markaziy bank tomonidan valutani tartibga solish qanday
amalga oshiriladi?
37.
Banklar faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish bo‘yicha
Markaziy bank oldida qanday vazifalar turadi?
38.
Nazorat vazifalarini bajarishda Markaziy bankka qanday
vakolatlar berilgan?
39.
Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan qanday
iqtisodiy normativlarni belgilaydi?
40.
Markaziy bank banklarga qanday chora va sanksiyalarni berish
huquqiga ega?
41.
Banklar faoliyatini nazorat qilishning qanday turlarini bilasiz?
42.
Banklarni nazorat qilishda nimalar tekshiriladi?
43.
Bankning kredit majmuasi qanday baholanadi va tekshiriladi?
44.
Kreditning qanday turlarini bilasiz?
45.
Bankda buxgalteriya hisobining holati qanday tekshiriladi?
46.
Bank daromadlari va xarajatlarini shakllantirishning to‘g‘riligi
qanday tekshiriladi?
47.
Markaziy bankning ustav kapitali to‘g‘risida nima deya olasiz?
48.
Markaziy bank foydasi qanday aniqlanadi va taqsimlanadi?
49.
Markaziy bankning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot (balans)
qanday ko‘rinishga ega?
50.
Aktiv qanday tarkibiy qismlarga ega?
98
Do'stlaringiz bilan baham: |