Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


§. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar, valyuta kurslarining turlari



Download 497,53 Kb.
bet34/57
Sana24.02.2021
Hajmi497,53 Kb.
#59735
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
Bog'liq
bank ishi1

§. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar, valyuta kurslarining turlari

Valyuta kursini kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatini muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan-xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog’liq. Valyuta kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish bilan ichki iqtisodiyotga ham ta’sir ko’rsatadi. Bunga sabab valyuta kursining holati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalarining holati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikdir.

Valyuta kursi asosan quyidagi jarayonlarni amalga oshirish uchun: kapital va kredit harakatida, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o’zaro ayirboshlash. Masalan, eksportyor chet el valyutasi olgan tushumini o’z milliy valyutasiga aylantiradi, chunki boshqa davlatning valyutasi uning o’z davlatida qonuniy ravishda xarid qilish va to’lash vositasi sifatida amal qila olmaydi. Importyor chetdan sotib olgan tovarlarni to’lovchini amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan tushumini chet valyutasiga almashtiradi;



  • jahon bozori va milliy bozor narxlarni hamda turli mamlakatlarning milliy va chel el valyutasida ifodalangan qiymat ko’rsatkichlarini taqqoslash;

  • firma va banklarning chet el valyutasidagi mavjud bo’lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayonlar uchun. Valyuta kursi - bu bir mamalakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro pul birliklarida (SDR, EKYu) ifodalagan bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va taklif asosida aniqlangan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblab chiqilgan koeffitsienti sifatda namoyon bo’ladi. Ammo valyuta kursining qiymat asosi valyutani xarid qilish qobiliyati hisoblanadi. Bu iqtisodiy kategoriya tovar ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. O’iymat tovar ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan. O’iymat munosabatlariga asoslangan. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradi. Bunday solishtirish natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi.

Kapitalning xalqaro harakatining tez o’sishi bilan bog’liq ravishda valyuta kursini O’zgarishiga (tovar) valyutani tovarlarni xarid qilish qobiliyati bilan birga moliyaviy aktivlarni xarid qilish qobiliyati ham ta’sir ko’rsatadi.

Valyuta kursi boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan uzviy bog’liqdir. Valyuta kursini o’zgarishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy, struktura, huquqiy yoki psixologik xarakterga ega bo’lib, valyuta kursiga to’g’ri yoki teskari ta’sir ko’rsatadi. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin;



  1. Valyuta kursini dinamikasini bevosita aniqlovchi yoki xalqaro iqtisodiy ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan omillar:

  • xalqaro ayirboshlashda qatnashuvchi mamlakatlarning yalpi milliy mahsuloti

(YaMM) to’lov balansi;

  • pulni ichki va tashqi taklifi;

  • foiz stavkalari.

Bu ko’rsatilgan omillarni sabab (uyushgan) omillar sifatida atash mumkin.

  1. (Uyushgan) sabab omillarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi va valyuta kursini o’rnatish mexanizmida boshqaruvchi sifatida ta’sir etuvchi omillar.

  2. Iqtisodiy tizimni dinamik tizim tenglikdan chiqib ketishi natijasida yuzaga keladigan omillar:

  • Iqtisodiy tanglikning namoyon bo’lishi;

  • Davlat byudjeti defitsiti;

  • Nazoratsiz emissiya;

  • Inflyatsiya;

  • Ichki va tashqi baholar o’rtasidagi farq.

  • Monopol ishlab chiqarish;

  • Pullarni xorijiy valyuta funktsiyasini bajarishi;

  1. To’liq hajmda to’lov vositasi;

  2. jamg’arish vositasi;

v)Kapitalni chetga oqib ketishi;

  • Investitsiyani qisqartirish;

  • Ishlab chiqarish hajmini pasayishi.

  • Resurslar oborotida qatnashmaslik;

  • Iste’molchilarning foydalarini pasayishi;

  • Valyuta birjasidagi uyin;

  • Tovarlarni «yuvilishi»;

  • Demping baholaridan foydalanish orqali ayrim firmalarning olib borayotgan tashqi savdo faoliyati.

Siyosiy omillar;

  • Mamlakat pul tizimiga bevosita o’zgarish kirituvchi siyosiy qarorlar;

  • Davlat siyosatini muddatini aniqlovchi qarorlar;

  • Boshqaruv strukturasining barqarorlik darajasi;

  • Iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi;

  • Iqtisodiy va siyosiy struktura vakillarini bir-birini tushuna olish darajasi;

  • O’onunlarni bajarilish darajasi;

  • Iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori;

  • Mamlakatdagi siyosiy kuchlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar darajasi;

  • Iqtisodiyotni ko’tarish bo’yicha aniq ishlangan dasto’rning yo’qligi;

  • Aholning boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi;

  • Xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi.

O’onuniy normalarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valyutasining kursini, qimmat baho qog’ozlar kursini yoxud tovarlar bahosini o’rnatilishi katirovkalash deb ataladi. Yoki qisqacha qilib aytganda valyuta kursini o’rnatish katirovkalash deb ataladi. Jahon amaliyotida katirovkalashning 2 xil usuli mavjud;

1) To’g’ri katirovkalash. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko’rsatilsa, ya’ni milliy valyutada xorijiy valyutaning bir-birligiga to’g’ri keladigan miqdorda ko’rsatilsa, to’g’ri katirovkalash deb ataladi. Masalan, 2003 yilning 30 sentyabrida 1 AO’Sh dollariga nisbatan o’zbek so’mining kursi 975,00 so’mni, 1

Rossiya rubliga nisbatan 31,97 so’mni tashkil etdi. Bunday katirovkalash hozirgi vaqtda jahondagi ko’pchilik mamlakatlarda qo’llanilib kelinmoqda.

2) Egri (teskari) katirovkalash. Bunda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori o’rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko’rsatiladi, masalan;

1

1 so’m = AQSh dollari yoki 1 AQSh dollari 975,00 so’m



975,00

1

1 so’m = Rossiya rubli yoki 1 Rossiya rubli = 31,97 so’m



31,97

Buyuk Britaniyada funt sterlingning Avstraliya dollarining va EKYuning kursi teskari katirovkalash yordamida o’rnatiladi. Agarda ikki valyuta o’rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbatni «kross-kurs» deb ataladi.

Masalan: 1 $ AO’Sh dollari = 31 Rossiya rubli 1 $ AO’Sh dollari = 5 Ukraina grivna 1 Ukraina grivna = 6,2 Rossiya rubli

Ko’rinib turibdiki, (kross-kurs) yuqorida keltirilgan nisbat Ukraina girivnasining Rossiya rubliga nisbatan aniqlangan kross-kursidir. Ushbu misolda AO’Sh dollari uchinchi valyuta rolini uynaydi. Jahon amaliyotida asosan uchinchi valyuta sifatida AO’Sh dollari qo’llaniladi, ya’ni barcha valyutalar jahon ayirboshlashida aynan shu valyutaga nisbatan katirovka qilinadi.

Kross-kursdan foydalanish ancha ogir va risklidir. Ammo ularni qo’llash quyidagi 2 holatda zarur va foydalidir;

-sizning talabingizdagi valyutaga ega bo’lgan sotuvchilarda sizning valyutangizga talab mavjud emas. (Masalan, so’mni Yaponiya ienasiga almashtirish kerak. Bu erda uchinchi valyuta AO’Sh dollari bo’lsin. Yaponiya ienasi sotayotganlar ichida sizning valyutangizni sotib olishni xohlaydiganlar yo’q).

Oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida quyidagi valyuta kurslarining ko’rinishlaridan foydalaniladi;

«Spot-kurs» bu naqd (kassa) bitimlarining kursidir. Spot-kurs bu bir mamlakat pul birligining shartnoma to’zilgan vaqtda o’rnatilgan baho bo’yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2 ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard» kurs-bu muddatli valyuta bitimlarining kursidir.

Forvard kursi valyutani kelajakda aniq bir kunga etkazib berish sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o’zida ifoda etadi.

Forvard bitimlari odatda valyuta kurslarining o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarni bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs bo’yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa, unda bir tomon foyda ko’radi va bir tomon zarar ko’radi. Masalan, siz 2003 yil 1 yanvarda 2003 yili 1-iyun kuni 1$=965 so’m kursida sotib olish bitimini tuzdingiz. Ammo 2003 yil 1-iyun kuni 1$=970 so’mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 5 so’m miqdorida qo’shimcha foyda ko’rdingiz.

Agar 1-iyun kuni 1$=963 so’mni tashkil etsa, unda har bir dollardan 2 so’mdan zarar ko’rasiz.

Muddatli bitimlar bo’yicha valyuta kurslari (report) ustama yoki dasxat metodi bo’yicha katirovka qilinadi va «autrayt» kurslari deb ataladi.

Forvard kurs + Spot kurs + Ustama Forvard kurs + Spot kurs-Diskont.

Misol.


Bitim summasi - 1 mln

Bitim muddati - 90 kun

Bitim valyutasidagi kreditning % stavkasi (USD) - 3,5 % Baxolovchi valyutadagi depozitlarga to’lanadigan % stavkasi (DEM) - 5,5 % Cpot kurs 1 = 1,5210-1,5220 DEM

SK x FSF x BM

Ust/Disk = = (360x100)=(BVFS x BM)

1,5210х(5,5-3,5) х 90 273,78

= = 0,0075

(360x100) + (3,5х90) 36315

Ustama yoki dikont ekanligi % stavkalari o’rtasidagi farqdan bilish mumkin. Agar valyuta bitimi bo’yicha % stavkasi baholovchi valyutaning % stavkasidan past bo’lsa, bu valyuta yuqori kurs katirovka qilinadi va chiqqan ko’rsatkich ustama sotiladi. Agar valyuta bitimining % stavkasi yuqori bo’lsa, bu ko’satkich diskont bo’ladi. Agar milliy valyutadagi depozitlarning % savkasi bitim valyutasidagi kreditlarning % stavkasidan yuqori bo’lsa, olingan natija diskont hisoblanadi va aksincha bo’lsa ustama hisoblanadi.

Banklar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani sotish va sotib olish kursini o’rnatadi. Bu kurslar sotuvchining kursi va xaridorning kursi deb ataladi.

Sotuvchi kursi - bankning valyutani sotish kursi

xaridor kursi - bankning valyutani sotib olish kurs

Bu kurslar o’rtasidagi farq marja deb ataladi va u xizmati xarajatlarini qoplashga va ma’lum darajada foyda olishga sarflanadi.

Valyutaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir.

Konvvertirlanganlik - darajasiga ko’ra valyuta kursi 3 ga bo’linadi.


  • erkin «suzib» yuruvchi

  • cheklangan darajada «suzib»yuruvchi

  • qayd etilgan valyuta kurslari.

Valyuta kursi tovar bahosi kabi shu guruhlarga bo’linadi.

Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo’lgan bozor talabi va taklifi ta’sirida o’zgarib turishi mumkin. Masalan. AO’Sh dollori, Yaponiya ienasi, Angliya funt sterlingi Shu bois bu valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi.

Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining o’zgarishi ayrim valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o’zgarishiga bog’liq. Misol uchun «Uchinchi dunyo»ning ko’pchilik mamlakatlari o’z valyutalarini AQSh dollariga, Evropa mamlakatlarining EURO siga va boshqa boshqa xorijiy valyutalarga bog’laydilar. Sobiq sotsialistiq mamlakalar ularning valyuta kurslarini valyuta savatiga nisbatan hisoblaydilar. EKYu ham xuddi shunday tartibda hisoblanadi. Cheklangan darajada “suzib” yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan mamlakatlar o’z valyutalarining tebranish chegarasini o’zlari hamkorlik kilayotgan mamlakatlar bilan kelishib oladilar.

O’ayd etilgan valyuta kursi-bu xorijiy valyutada ifodalangan milliy pul birligining davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan bahosi bo’lib, unga valyuta bozorlaridagi talab va taklifning o’zgarishi ta’sir qilmaydi. Hozirgi vaqtda qayd etilgan valyuta kursi kam rivojlangan mamlakatlarda yoki iqtisody tashqi bozorga etarli darajada kirib bormagan mamlakatlarda ularning moliya tizimini va milliy ishlab chiqarishini kuchli xorijiy raqobatchilaridan himoya qilish va quvvatlash maqsadida qullaniladi.

Barcha mamlakatlar ma’lum muddatda o’z valyutalari kurslari to’g’risidagi axborotni e’lon qilib boradilar. Masalan, O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi ish yakunlari matbuotda, televideniyada e’lon qilib boriladi. Bunda nominal valyuta kursi belgilanadi. Lekin kuchayib borayotgan inflyatsiya sharoitida jahon bozorida milliy mahsulotga bo’lgan talabni, uni raqobatbardoshligini aniqlashda milliy va xorijiy tovarlar baholari o’rtasidagi nisbatini ham bilish kerak bo’ladi. Ya’ni milliy valyutaning real almashtirish kursini hisoblab chiqish kerak. Real valyuta kursini hisoblashni O’zbekiston va Rossiyada ishlab chiqariladigan gazlama misolida ko’rsatish mumkin. Masalan, 1m gazlamaning bahosi respublikamizda 1000 so’m, Rossiyada 35 rubl, Valyutalarning amaldagi nisbati 1 Rossiya rubli = 35 so’m yoki lso’m = 0,032 Rossiya rubli bo’lganda, 1 m o’zbek gazlamasining bahosi Rossiya rublida 0,032*1000=32 rubl turadi. Bunday holda O’zbekiston va Rossiyada ishlab chiqarilgan 1 m gazlama baholari nisbati teng bo’ladi.


Pul, kredit va banklar. Darslik. (Sh. Abdullaeva) Toshkent, Toshkent Moliya instituti, 2003. 318 bet 2

Rektorning o’quv va metodik 2

Toshkent Moliya instituti - 2003 3

KIRISH 3


IBOB. PULNING ZARURLIGI VA MOYOYATI 6

1-§. Tovar ishlab chiqarish va pulning zarurligi 6

2-§. Pulning mohiyati va uning xususiyatlari 8

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 14

IIBOB. PULNING FUNTSIYALARI VA ROLI 15

1-§. Pulning funktsiyalari va ularga tavsif 15

2-§. Pulfunktsiyalarining o’zaro bog’liqligi 24

Tayanch so’zlar 24

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 24

IIIBOB. PUL OBOROTI VA UNING TUZILIShI 25

1-§. Pul oborotiga tavsifnoma va uning tuzilishi 25

3-§. Naqdpul oboroti va uning xususiyatlari 36

4-§. Pul muomalasi qonuni 38

5-§. Pul agregatlari vapulni tartibga solish amaliyotida qo’llanilishi 40

Tayanch so’zlar 43

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 44

IVBOB. INFLYATSIYA VA PUL MUOMALASINI BARQARORLASHTIRISHNING USULLARI 45

1-§. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari 45

2-§. Inflyatsiyaning turlari va toifalari 49

3-§. Pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani bartaraf qilish 58

yo’llari 58

4-§. Pul islohotlari va uni pul muomalasini barqarorlashtirishdagi o’rni 62

Tayanch so’zlar 64

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 65

BOB. PUL NAZARIYASI 66

1-§. Pul nazariyalari to’g’risida umumiy tushuncha 66

1.Oltin tanga standarti. 69

2.Oltin quyma standart 70

3.Oltin deviz standart 70

Tayanch so’zlar 82

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 82

VIBOB. PUL TIZIMINING MOYOIYATI, TURLARI VA 83

ELEMENTLARI 83

1-§. Pul tizimi va uning asosiy elementlari 83

2-§. Rivojlangan mamlakatlar pul tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari 87

Quyidagi tayanch so’zlarni ta’riflang 90

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 90

VIIBOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI 91

1-§. O’zbekiston Respublikasidapul tizimi va uning rivojlanish tarixi 91

2-§. O’zbekiston Respublikasida mustaqilpul tizimining joriy qilinishi 96

Tayanch so’zlar 104

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 104

VIIIBOB. XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI 105

1-§. Xalqaro iqtisodiy aloqalar-valyuta munosabatlarining asosi sifatida 105

2-§. Valyuta tizimi va uning asosiy elementlari 106

3-§. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar, valyuta kurslarining turlari 115

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 125

IXBOB. XALQARO YOISOB - KITOB OPERATSIYALARI 127

1-§. Xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari 127

2-§. Xalqaro hisob - kitoblarning shakllari 129

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 139

XBOB. SAVDO, TO’LOV VA YOISOB-KITOB BALANSLARI 140

1-§. Hisob-kitob balansi va uning tashqi iqtisodiy aloqalarda o’rni 140

2-§. To’lov balansi, uni tuzish tamoyillari asosiy bo’limlari 142

1- bo’lim - joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi: 143

2-bo’lim - kapital va kredit harakati balansi (qisqa va uzoq muddatli operatsiyalar). 143

To’lov balansini tuzish uslubi. 145

Tayanch so’zlar 149

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 149

XIBOB. KREDITNING ZARURLIGI, MOYOIYATI VA 150

FUNKTSIYALARI 150

1-§. Fondlarning aylanishini o’ziga xos xususiyatlari va kreditning 150

zarurligining boshqa omillari 150

2-§. Kreditning mohiyati va uning funktsiyalari 157

1.Kreditor (qarz beruvchi) 159

2.Qarz oluvchi 159

I variant 165

IIvariant 165

IIIvariant 165

3-§. Kreditning shakllari va turlari, ularning tavsifi 167

Qarzni to’lash usuli. 170

4-§. Kredit va uning bozor iqtisodiyotidagi roli 180

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 184

XIIBOB. BANKNING MOYOIYOTI VA BANK TIZIMI 185

1-§. Banklarning kelib chiqishi va uning mohiyati 185

2-§. Kredit tizimi, uning tuzilishi 188

3-§. Banklarning funktsiyalari 192

4-§. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, uningpog’onalari, maqsad va 195

vazifalari 195

Tayanch so’zlar 200

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 200

XIIIBOB. MARKAZIY BANK, ULARNING VAZIFALARI VA 202

FUNKTSIYASI 202

1-§. Markaziy bank va uning tuzilishi 202

2-§. Markaziy bankni faoliyatining asoslari, maqsad va vazifalari 204

Tayanch so’zlar 207

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 207

XIVBOB. TIJORAT BANKLARI VA ULARNING UNKTSIYALARI 208

1-§. Bank faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslari 208

2-§. Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi 214

Tayanch so’zlar 218

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 219

XVBOB. TIJORAT BANKLARINING PASSIV, AKTIV VA BOSHQA 220

OPERATSIYALARI 220

1-§. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari 220

3-§. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari 227

4-§. Banklarning boshqa operatsiyalari 236

5-§. Kreditlash tamoyillari 244

1.Kreditni qaytib berish tamoyili 244

2.Kreditning muddatliligi. 245

3.Kreditning tovar - moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligi. 246

4.To’lovlilik tamoyili. 247

5.Kreditning maqsadliligi. 248

1.Kreditni rejaning bajarilganligiga qarab berish. 251

3.Diferentsiyalashtirish (kreditlashda har xil yondashish) tamoyili. 252

Tayanch so’zlar 253

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 253

XVIBOB. QIMMATLI QOG’OZLAR BO’YICHA INVESTITSION 255

OPERATSIYALAR 255

1-§. Investitsiyalar, banklarning investitsion siyosati 255

2-§. Qimmatli qog’ozlar va ularning tasnifi 264

3-§. Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari va ularning ohiyati 267

Tayanch so’zlar 273

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 273

XVIIBOB. BANKLAR FAOLIYATINING BARQARORLIGINI 274

TA’MINLASH 274

1-§. Banklarning to’lovga qobiliyati to’g’risida tushuncha va uni ta’minlash 274

yo’llari 274

2-§. Bank likvidliligi va uni ta’minlash yo’llari 278

3-§. Banklar faoliyatiga ta'sir qiluvchi omillar 287

Tayanch so’zlar 294

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 294

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 295

Qo’shimcha adabiyotlar 298



Demak, ushbu nisbat o’zbek gazlamasining bahosi Rossiya gazlama bahosining 0,9 va undan arzon ekanligini ko’rsatadi. Shunday qilib, real valyutadagi bahosiga va nominal almashtirish kursiga bog’liq bo’lib, quyidagi tenglik bilan izoxlanadi;

Real kursi = nominal kursi o’z mamlakatida ishlab chiqarilgan tovarlar bahosi xorijiy tovarlar bahosi. Bu tenglikni umumiy ko’rinishda shunday yozish mum kin; Real valyuta kursining nominal valyuta kursi baholar darajasi nisbatlari past valyuta kursida milliy tovarlar nisbatan arzonroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan qimmatroq turadi. Shuning uchun eksport o’sib boradi, import esa qisqarib boradi. Va aksincha, yuqori real valyuta kursida milliy tovarlar nisbatan qimmatroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan arzonroq turadi. Natijada import o’sib, eksport qisqarib boradi.

Tayanch so’zlar
chet el valyutasi; xalqaro valyuta tizimi; jaxon valyuta tizimi; valyuta savati;


SDR;

EKYu;

evro;


valyuta riski; valyuta chegaralari; valyuta tengligi; xalqaro valyuta bozori; rezerv valyuta; eksport operatsiyasi; import operatsiyasi.


O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar



  1. Valyuta tizimining asosiy elementlari?

  2. Yamayka valyuta tizimini asosi nima?

  3. Parij valyuta tizimini asosi nima?

  4. Evro valyuta tizimini tashkil topishi?

  5. Xalqaro valyuta fondi?

  6. Nima maqsadda Evro muomalaga kiritildi?

  7. Xalqaro valyuta tizimining elementlari.

  1. BOB. XALQARO YOISOB - KITOB OPERATSIYALARI


  1. Download 497,53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish