174
O’tkazma vekselda kreditor tomonidan belgilangan tovar va xizmatlar
summasi uning topshirig’iga asosan uchinchi shaxsga yoki vekselni ko’rsatuvchiga
o’tkazilishi zarur. Kreditorning vekselda ko’rsatilgan summani uchinchi shaxsga
to’lash to’g’risidagi buyrug’ini ifodalovchi hujjat amaliyotda tratta deb ham
yuritiladi.
Tijorat krediti bank kreditidan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
1. Kreditor (qarz beruvchi) rolida maxsus kredit-moliya tashkilotlari emas,
balki tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotish bilan shug’ullanuvchi
turli
huquqiy shaxslar ishtirok qiladi;
2. Tijorat krediti faqatgina tovar shaklida beriladi;
3. Tijorat kreditida ssuda kapitali, sanoat va savdo kapitali bilan
integratsiyalashgan holda harakat qiladi. Bu bozor iqtisodiyoti
sharoitda turli
ixtisosdagi va faoliyat yo’nalishdagi korxonalarni o’z ichiga oluvchi xolding,
moliyaviy kompaniyalarning vujudga kelishida o’z amaliy aksini topadi;
4. Berilgan vaqt oralig’ida tijorat kreditining o’rtacha qiymati bank foizining
o’rtacha stavkasidan doimo kichik bo’ladi;
5. Qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi shartnoma huquqiy
rasmiylashtirilganda tijorat krediti bo’yicha to’lov (foiz stavkasi)
alohida
aniqlanmaydi. Foiz to’lovi tovar bahosiga qo’shilgan holda rasmiylashtiriladi.
Xorijiy mamlakatlar amaliyotida tijorat krediti keng tarqalgan.
MDYo davlatlari amaliyotida tijorat krediti qo’llanilmaydi. Sobiq ittifoq
davrida kredit munosabatlarining rivojlanishiga nazar soladigan bo’lsak, 1930-32
yillardagi kredit islohotigacha amaliyotda tijorat kreditidan foydalanilgan. Bu kredit
tovarlar ishlab chiqarishning mo’l-ko’lchiligi sharoitida tovarlarni sotish jarayonini
tezlashtirishda qulay hisoblanadi. 30-yillarda kreditning bu shaklidan foydalanishda
malum kamchiliklarga yo’l qo’yilgani uchun kredit islohoti o’tkazish
davomida bu
kreditdan foydalanish bekor qilindi va xo’jaliklar to’g’ridan-to’g’ri bank tomonidan
kreditlashga o’tkazilgan.
Hozirgi sharoitda jahon amaliyotida tijorat kreditning asosan 3 turi
qo’llaniladi:
175
*qayd qilingan to’lov muddati bo’yicha kredit;
*tovarlarni sotgandan keyingina qarzni to’lash bo’yicha kredit;
*ochiq hisob bo’yicha kreditlash. Bunda tijorat krediti shartlari bo’yicha,
keyingi tovar partiyasini jo’natish, oldingi jo’natilgan tovarlar bo’yicha qarzlarni
to’lash muddatigacha amalga oshirilishi zarur.
Korxonalar tomonidan tijorat kreditidan foydalanish ular tomonidan bank
kreditidan foydalanishni inkor qilmaydi. Tijorat krediti bank kreditidan farq qilsa-da,
ularning harakati bir biri bilan chambarchas bog’liq bo’lishi mumkin.
Korxonalar
tijorat kreditidan foydalanganda, bank krediti korxona faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri
tasir qiladigan kredit sifatida namoyon bo’la olmaydi. Tijorat kreditida
korxonalarning hisob-kitob schetida mablag’lari bo’lmagan sharoitda korxonalar
tovarlarni kreditga sotib oladilar. Shuning uchun ist’emolchi korxonalar bank
kreditiga ehtiyoj sezmasligi mumkin. Ayni vaqtda mol sotuvchi
korxona faoliyatida
u tovarlarini kreditga sotganligi uchun mablag’ga muhtojlik sezilishi mumkin.
Mana shu sharoitda mol etkazib beruvchi korxona pul mablag’larga bo’lgan
ehtiyojini qoplash maqsadida kredit olish uchun bankka murojaat qilishi mumkin. Bu
hol 30-yillar amaliyotida bank tomonidan egri kreditlash deb yuritilgan. Egri
kreditlash deb yuritilishining sababi shundaki, kreditni haqiqatda mablag’i etarli
bo’lmagan korxona, mol sotib oluvchi korxona olishi zarur edi. Mol sotib
oluvchining xo’jalik faoliyatidagi mablag’lar etishmovchiligi mol etkazib beruvchiga
bank tomonidan kredit berish yo’li bilan qoplangan.
Yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarni hisobga olmagan
holda tijorat krediti
tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va korxonalarning aylanma mablag’larini
xo’jalik faoliyatidan tezroq bo’shashini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: