Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


§. Banklar faoliyatiga ta'sir qiluvchi omillar



Download 0,64 Mb.
bet51/52
Sana19.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#500852
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar

§. Banklar faoliyatiga ta'sir qiluvchi omillar

Iqtisodiyotida yuz berayotgan tangliklar, nomunosibiklar bir uchi bank tizimi holati va tijorat banklarning foaliyatiga borib takaladi. Ayniqsa, o’tish davrini boshdan kechirayotgan davlatlarda yuz bergan va yuz berayotgan inqirozlarning bosh omillari bo’lib, banklarning sinishi va bankrotligi sanaladi. Rossiyada 1995 yil va 1998 yilda sodir bo’lgan krizislarning tahlili shuni ko’rsatadiki, aholining banklarga inshonchini yo’qolishi, siyosiy omillar va moliyaviy piramidalarning tushkunligi holatlari banklarning to’lovga qobiliyatini yo’qqa chiqaradi. Shunday ekan, tijorat banklarning likvidligi va to’lovga qobiliyatini tahlil etish davomida bunga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash lozim. Chunki likvidlik va to’lovga qobiliyatlilik murakkab iqtisodiy kategoriyalar sanaladi, bir qarashda, yuzaki baholaganda tahlil samarasi past bo’lish mumkin.
Banklar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar turlicha tasniflanadi. Odatda, esa ularni ichki va tashqi omillarga ajratilib o’rganiladi. Tijorat banklarning likviddiligi va to’lovga qobiliyatliligini belgilaydigan ichki omillar qatoriga quyidagilar kiradi.

  • bankning mustahkam kapital bazasi

  • aktivlar sifati

  • depozitlar sifati

  • tashqi manbalarga qarashlik darajasi

  • aktivlar va passivlarning muddatlari bo’yicha munosibligi

  • malakali menejment

  • bankning imidji

Bankning mustahkam kapital bazasi o’z kapitalining mutlaq qiymatini ifoda etib, aktivlar bo’yicha risklarning himoya manbasi hamda omonatchilar va depozitchilar mablag’larini kafolati hamdir. Bankning o’z kapitali ustav fondi va boshqa maqsadli fondlardan iborat bo’lib, moliyaviy bar qarorlik uchun ham asosdir. Shunday qilib, bankning o’z kapitali qancha katta bo’lsa,
likvidliligi ham shuncha yuqori bo’ladi. Shuningdek, to’lovga layoqatlilik ham o’z kapitali hisoblanadi.
Aktivlar sifati asosan to’rt xil mezon asosida aniqlanadi: likvidlilik, risk darajasi, daromadlilik va diversifikatsiya bo’yicha. Aktivlarning likvidligi shu aktivlarning pul shakliga o’tish layoqatidir. Likvidlik xizmatidan aktivlar bir necha guruxlarga ajraladi. Birinchi guruhga yuqori likvidli aktivlar - kassa va vakillik hisobvaragidagi mablag’lar hamda davlatning qimmatli qogozlarni kiritish mumkin. Ikkinchi guruxga qisqa muddatli ssudalar, banklararo kreditlar, faktoring operatsiyalari va aktsionerlik jamiyatlarning tijoriy qimmatli qog’ozlari tashkil etadi. Ular shakliga o’tishning muddatli xarakteriga ega. Uzoq muddatli investitsiyalar, qo’yilmalar va lizing operatsiyalari uchinchi guruhx likvid aktivlarni tashkil etadi. Nixoyat, to’rtinchi guruh likvid aktivlar muddati uzaytirilgan ssudalar, bino va inshootlardan iborat. Risk darajasi bo’yicha ham aktivlar to’rt guruhga ajratiladi va mos holda 0,20, 50, 100% lik risk darajasiga ega aktivlardan iborat.
Shuni ta’kidlash lozimki, risk darajasi qanchalik yu qori bo’lsa, likvidlik shunchalik past bo’ladi. Aktivlarning daromadliligi aktivlarning ishchanligi va samaradorligini namoyon etadi. Daromadlik bo’yicha aktivlar daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan aktivlarga bo’linadi. Daromadlar qanchalik ko’p bo’lsa, bankda kapital bazani mustahkamlash imkoniyati paydo bo’ladi. Lekin ko’r-ko’rona daromadlilikka intilishi aktivlarning yo’qotilishiga va likvidlilikning pasayishga olib keladi. Aktivlar sifatini ko’rsatadigan mezonlardan yana biri ularning diversifikatsiyasidir.
Aktivlarning diversifikatsiyasi ko’rsatkichlari bo’lib bank aktivlarning asosiy yo’nalishlari bo’yicha tarkibi, kredit qo’yilmalarining ob’ektlari va sub’ektlari tarkibi, qimmatli qog’ozlar portfeli tartibi, valyutalar strukturasi (valyuta operatsiyalari bo’yicha), hamkor banklar tartibi hisoblanadi. Aktivlar diversifikatsiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, likvidlilik shuncha yuqori bo’ladi. Bank aktivlarning sifati likvidlilik va to’lovga qobiliyatlilikni belgilashda katta o’rin tutadi. Aktivlar tarkibi shunday optimal tanlanishi kerakki, bir vaqtning o’zida ham likvidlilik, ham to’lovga qobiliyatlilik va bank uchun keraklisi foydalilik ta’minlanishi lozim.
Likvidlilikka ta’sir etuvchi muhim omillar sirasiga bankning depozit bazasining sifati ham kiritiladi. Depozit bazasini hisob va joriy schyotlarda, muddatli depozit va omonat jamg’armalari ko’rinishda yig’ilgan yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari tashkil qiladi. Depozitlar (talab qilib olguncha, muddatli va jamg’arma) sifati kriteriysi bo’lib, ularning barqarorligi hisoblanadi. Depozitlarning bir qaror qismi qancha yuqori bo’lsa, likvidlilik shuncha yuqori ta’minlangan bo’ladi, ularning ulushining ortishi bankning likvid aktivlarga extiyojini kamaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, talab qilib olguncha bo’lgan depozitlar ularning foiz stavkasiga bog’liq emasligi nuqtai nazaridan barqarorligi bilan ajralib tursa muddatli va jamg’arma depozitlarning qoldiqlari qat’iy muddatga ega ekanligi bilan barqarordir. Lekin ularning foiz stavkasiga boglanganligi foizlar o’zgarishi bilan bunday depozitlar migratsiyasini vujudga keltirishi mumkin.
Banklarning likvidliligi va to’lovga qobiliyatligi tashqi manbalarga
qaramlik darajasiga, ya’ni banklalaro kreditlarning ulushiga ham bog’liq. Ma’lum bir chegaradagi banklararo kredit likvidlilikka hech qanday xavf turdirmaydi, aksincha, u likvid mablag’larga bo’lgan qisqa muddatli ehtiyojni bartaraf ham etadi. Agar banklararo kredit jalb qilingan resurslar tarkibida salmoqli o’rinni egallasa, banklararo kredit bozorida noqulay kon’yunktura vujudga kelganda bank tanazzulga yuz tutish mumkin. Tashqi manbalarga karatligi yuqori bo’lgan rivojlanish istiqboliga ega bo’lmaydi va resurs bazasining nobarqarorligi evaziga katta risk ostida bo’ladi.
Aktiv va passivlarning muddatlari summalari o’rtasidagi nomutanosiblik likvidlilikka jiddiy ta’sir o’tkazadi. Bankning mijoz oldidagi
majburiyatlarini bajarish uchun mijozdan olingan mablag’larni qaytarish muddati shu mablag’lar hisobiga qo’yilgan kredit (investitsiyalar)ni qaytish muddati bilan mos bo’lmog’i lozim. To’g’ri, majburiyat boshqa manba hisobiga
qoplanishi mumkin, lekin amalda aktiv va passivlaming asosiy qismi muddat va summada munosib bo’lish bank barqarorligining garovi hisoblanadi.
Menejment, ya’ni bank faoliyatini boshqarish likvidlilikka jiddiy ta’sir o’tkazuvchi omillardandir. Bankning boshqarish sifati oqilona bank siyosati, bank tashkiliy strukturasi, aktiv va passivlarni samarali bosh qarish mexanizmda namoyon bo’ladi. Yuqori darajasidagi menejment malakali kadrlarni talab etadi, shuningdek, zaruriy axborot bazasi tezkor choralarni amalga oshirishda qo’l keladi. Kerakli likvidlilik darajasi menejment bilan birga bankning imidjiga ham bog’liq. Ijobiy bankka resurslar jalb qilishda va likvid mablag’lar kamomadini to’ldirishda baho raqobatchi banklarga nisbatan ustunlik yaratadi. Yaxshi reputatsiyasiga ega bo’lgan bank barqaror depozit bazasini hosil qila oladi, chunki u moliyaviy barqaror mijozlar bilan aloqa qilishda katta imkoniyatiga ega bo’ladi. Ijobiy imidjga ega bo’lish o’ta murakkab jarayon, u yillar davomida natijalar evaziga shakllanadi va rivojlanish strategiyasini to’g’ri tanlash, mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasini oshirish, marketing tadqiqotlarini chuqurlashtirish, ishonchli va ommabop reklama, faoliyat natijalarini jamoatchilik uchun ochiqligi kabilarga asoslanadi.
Yuqorida ko’rilgan omillar bankning xususiyatlariga bog’liq ravishda turlicha ahamiyatga ega bo’lish mumkin. Ba’zi hollarda likvidlilik muammosini resurs bazasi sifati va tirkibi tug’dirsa, ba’zida aktivlar sifati bunga sabab bo’ladi. Asosan esa likvidlilik va to’lovga qobiliyatlilik muammolar kompleks omillar uyg’unligida paydo bo’ladi. Likvidlilik muammosini ko’p omilli kategoriya ekanligini tan olgan holda, har bir bank o’zining og’riqli nuktalarini belgilab olish kerak, ya’ni bank likvidligini belgilaydigan omillar to’g’ri talqin etilgandagina bu muammo oqilona hal etiladi.
Ko’rib o’tganimizdek, bankning likvidlilik va to’lovga qobiliyatlilik holati bank faoliyatidan tashqarida bo’lgan bir qator tashqi omillarga ham bog’liq. Bo’lar qatoriga quyidagilar kiritiladi:
-mamlakatdagi umumii siyosii va iqtisodiy vaziyat;

  • qimmatli qog’ozlar va banklararo kredit bozorlaming rivojlanish

darajasi;

  • qayta moliyalashtirish tizimi;

  • Markaziy bankning nazorat funktsiyasini samaradorligi.

Mamlakatdagi umumiy siyosiy va iqtisodiy vaziyat bank operatsiyalari
rivojiga turtki beradi, bank faoliyati iqtisodiy asoslarini mustahkamligini ta’minlaydi, mamlakatdagi va xorijiy investorlarni banklarga ishonchini mustahkamlaydi. Ko’rsatib o’tilgan shartlarsiz banklar puxta depozit bazasini hosil qila olmaydi, operatsiyalarning rentabelligini ta’minlash, aktivlar sifatini oshirish, bosh qaruv tizimini takomillashtirish kabilarni uddalash qiyin kechadi. Tijorat banklari bank tizimining bir qismi sifatida mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlarni o’zida aks ettiradi, o’z navbatida, tijorat banklarning holati mamlakatdagi umumiy ahvolni belgilaydi.
Qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanganligi likvid mablag’lar foydalaligini yo’qotmagan holda aktivlarni pul shakliga aylantirishni eng tez va optimal variantini qo’llash imkoniyatini beradi. Bunday holat fond bozori rivojlangan davlatlar uchun ayniqsa xarakterlidir. Chunki aktivlarni qimmatli qog’ozlarga joylashtirish vositasida bank bir vaqtning o’zida ham likvidlilikni ta’minlaydi, ham kerakli daromadga ega bo’ladi. Banklararo kredit bozorning rivojlanganligi banklar o’rtasida vaqtincha bo’sh resurslarni tezda qayta taqsimlash imkonini beradi. Banklararo bozordan likvidlilikni ta’minlash uchun turli muddatlarga mablag’larni jalb qilish mumkin, shu jumladan, bir kunga ham. Bu bozordan mablag’larni olish operativligi umumiy moliyaviy kon’yunktura, banklararo bozorning tashkiliy shakli va albatta, bankning obro’siga bog’liq.
Yuqoridagi omil bilan birga qayta moliyalashtirish tizimining likvidlilikka ta’siri o’zaro chambarchas bog’liq. Qayta moliyalashtirish tizimi Markaziy bankning tijorat banklarini kreditlash jarayonidir. Likvid mablag’larga ehtiyoj tug’ilganda tijorat banklari Markaziy bankdan qayta moliyalashtirish stavkasida kredit olishi mumkin bo’ladi. Bu omilning bevosita
ta’siri shundlan iboratki, qayta moliyalash stavkasi ortganda likvidlikni ta’minlash uchun kreditlar omili qimmatlashib qoladi yoki aksincha.
Markaziy bankning nazorat funktsiyalari samaradorligini aktsiyadorlik tijorat banklari bilan likvidlilikni ta’minlashga doir munosabatlarda o’z aksini topadi. Markaziy bank belgilangan tartibda iqtisodiy normativlarni, shu jumladan, likvidlilik me’yorlarini ham o’rnatadi. Iqtisodiy o’zgarishlar ta’sirida Markaziy bank ham me’yorlarni o’zgartirib boradi. Masalan, o’tish davrini boshdan kechirayotgan O’zbekistan sharoitida Markaziy bank iqtisodiy normativlarni kat’iy va nisbatan «qattiqqo’llik» bilan o’rnatgan, buni mavjud shart - sharoit ham talab etadi. Shunday holatda tijorat banklari likvidlilikka og’ishmay amal qiladi va likvidlilikning zarariga daromadlilikni su’iste’mol qila olmaydilar.
Ko’rib o’tilgan omillardan biri alohida likvidlilikka, yana biri to’lovga qobiliyatlilikka alohida ta’sir o’tkazmaydi. Balki, sanab o’tilgan omillar bir vaqtning o’zida ham likvidlilik, ham to’lovga qobiliyatlilikni belgilaydi. Chunki, likvidlilik va to’lovga qobiliyatlilik o’rtasida sof chegara mavjud emas, ya’ni ular o’ta yaqin tushunchalar hisoblanadi.

8-sxema


Tayanch so’zlar



likvidlilik; joriy likvidlilik; kapital; majburiyatlar;
likvid aktivlar; aktivlarni boshqarish; passivlarni boshqarish.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar

  1. Tijorat banklarining likvidliligi deganda nimani tushunasiz?

  2. Tijorat banklarining likvidliligiga qanday omillar ta’sir qiladi?

  3. Banklarning to’lovga qobilligi nima va uni oshirish yo’llari qanday?

  4. Bank likvidli bo’la turib to’lovga qobil bo’lmasligi mumkinmi yoki aksincha?

  5. Tijorat banklari faoliyatiga Markaziy bank tomonidan belgilangan qanday iqtisodiy me’yorlarni bilasiz va ular qanday aniqlanadi?

  6. Bank kapitali deganda nimani tushunasiz?

  7. Passivlar va aktivlarni boshqarish nazariyasi to’g’risida nimalarni bilasiz?

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish