Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


BOB. TIJORAT BANKLARI VA ULARNING UNKTSIYALARI



Download 0,64 Mb.
bet43/52
Sana19.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#500852
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Bog'liq
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar

BOB. TIJORAT BANKLARI VA ULARNING UNKTSIYALARI

1-§. Bank faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining faoliyati foyda olishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bozor iqtisodi sharoitida bank foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha ijtimoiy-iqtisodiy tus olib bormoqda, chunki tijorat banklarining foydasi bank kapitali to’planishining va bankning rivojlanishining asosiy manbasidir.
Bank foydasining o’sib borishiga ta’sir qiladigan bir necha xil omillar bo’lib, bular: bankning rentabelligi, vaqtincha bo’sh mablag’larni samarali ishlatilishi, turli xil pullik xizmatlar doirasini (faktoring, lizing, trast xizmatlari va h.k.) kengaytirish, foyda keltirmaydigan aktivlarni kamaytirish, foyda keltiruvchi aktivlarni ko’paytirish hisobiga va boshqa omillar hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish bosqichida tijorat banklarining asosiy ish tamoyillaridan biri yuqori darajada foyda olishga qaratilgan bo’ladi. Banklarning faoliyati doimo foyda ko’rish bilan bog’liq bo’lmasdan, ular faoliyatida zarar ko’rish ehtimoli ham uchrab turishi mumkpn. Banklar faoliyati ijobiy bo’lgan hollar da banklarning foyda olish va salbiy faoliyat natijasida banklarning zarar ko’rish ehtimoli yuqori darajada bo’ladi. Yuqorida aytilgan foyda keltiruvchi rezervlarni amalda tatbiq qilish jarayonida bankning ish faoliyati iqtisodiy jihatdan risk (zarar ko’rish ehtimoli bilan) bilan bog’liq bo’ladi.
Tijorat (aktsiyali, pay asosida va xususiy tartibda tashkil qilingan) banklar huquqiy va xususiy shaxslarga «Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi» qonunda nazarda tutilgan operatsiyalarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish orqali shartnoma asosida kredit, hisob-kitob va boshqa xil bank xizmatlarini ko’rsatadi.
Tijorat banklari ustav kapitali kimga qarashli ekanligiga va uni tashkil qilish uslubiga qarab, bajarilayotgan operatsiyalarning turi, faoliyat ko’rsatish hududi va tarmoq belgilariga qarab bir-biridan farq qiladi. Respublikada, mintaqalarda ko’zda tutilgan ma’lum dasturlarini bajarish va o’zga faoliyat turlarini pul mablag’lari bilan ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda maxsus tijorat banklari tashkil etilishi mumkin.
Tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tegishli litsenziyani olganlaridan keyin chet el valyutasida operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Tijorat banklari o’z ustavlari asosida ish olib boradilar. Davlat tijorat bankining ustavi bankni tuzishga qaror qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi. Sherikchilik asosida tuzilgan tijorat bankining ustavi muassislar (qatnashuvchilar) yig’ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Bankning ustavida:

  • bankning nomi va uning manzilgohi (aloqa manzilgohi);

  • bank amalga oshiradigan operatsiyalarning ro’yxati;

  • bank tashkil etadigan fondlarning ro’yxati;

  • ustav fondining miqdori;

  • bankning huquqiy shaxs ekanligi va o’zini-o’zini moliya resurslari bilan ta’minlashi negizida ishlashi to’g’risidagi nizom;

  • bankning boshqaruv idoralari, ularning tarkibi va tuzilishi to’g’risidagi nizom;

  • bankka qarashli muassasalarning ro’yxati va ularning maqomi;

  • bank va uning filiallarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini to’xtatish tartibi;

  • faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish majburiyati (tartibi);

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o’zaro munosabatlari aks ettirilgan bo’lishi lozim.
Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi yuqorida keltirilgan talablardan tashqari, aktsiyali jamiyatlar va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to’g’risidagi amallardagi qonunlarda ko’rsatilgan talablarga javob berishi lozim.
Bank ustavga bank faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq boshqa qoidalar ham kiritilgan bo’lishi mumkin. Ustavga o’zgarishlar O’zbekiston Respublikasi qonunlaridagi o’zgarishlar munosabati bilan kiritiladi.
Aktsioner tijorat banklarining ustav fondi qatnashchilarning badallari hisobidan yoki aktsiyalar chiqarish va sotish hisobidan vujudga keltiriladi.
Mahalliy hoqimiyat va boshqaruv idoralarining hamma bo’limlari va ulaming ijroiya organlari, siyosiy tashkilotlar va ixtisoslashgan jamoat fondlaridan tashqari barcha huquqiy va xususiy shaxslar tijorat banklarining muassislari (hissadorlari), aktsionerlari bo’lishlari mumkin.
Tijorat banklarini tashkil qilishda yoki faoliyat ko’rsatayotgan banklarda har bir muassis, aktsionerning ulushi ustav kapital miqdorining 30 %dan kam bo’lmasligi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 10-sonli «Tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish qoidalari» nomli yo’riqnomasiga asosan tijorat banklarini tashkil qilishda ular quyidagi miqdorda minimal ustav kapitaliga ega bo’lishlari lozim.
2000 yil 1 yanvardan boshlab aholisi 0,5 mln.dan ortiq bo’lgan shaxarlarda ochiladigan tijorat banklarning ustav kapitali 2,5 mln. AO’Sh dollari ekvivalentidagi mablag’ga, aholisi 0,5 mln.dan kam bo’lgan shaxarlarda ochiladigan banklar 1,25 AO’Sh dollari ekvivalenti miqdoridagi ekvivalent mablag’ga ega bo’lishi kerak.
Tijorat banklari O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi amaldagi qonunlariga muvofiq soliqlar to’laydilar.
O’uyidagi mablag’lar banklarning o’z mablag’lari hisoblanadi:

  • ustav fondi;

  • rezervlar va foyda hisobiga vujudga keladigan hamda bankning balansida turadigan boshqa fondlar;

  • taqsimlanmagan foyda, aktsiyachilar yoki paychilar o’rtasida aktsiyalarni taqsimlash hisobiga yoxud pay miqdorini oshirish hisobiga olingan mablag’lar.

Tijorat banklari yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar o’rnini qoplash uchun olinadigan foydadan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilab qo’yilgan tartibda rezerv fondlari tashkil etadilar.
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag’larini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o’z ustavlarida ko’rsatilgan boshqa o’zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Mijozlarga kredit berish va o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag’ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalari ularning o’zlari tomonidan mustaqil belgilanadi, ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yo’nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan holda har yili O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan eng yuqori stavkalardan ortiq bo’lmasligi kerak. Masalan, tijorat banklari kreditlar bo’yicha foiz stavkalarini belgilaganlarida, ular foiz stavkasining asosi qilib Markaziy bank tomonidan belgilab berilgan qayta moliyalashtirish stavkasini oladilar. Tijorat banklari kredit bo’yicha foiz stavkasini o’rnatganda qayta moliyalashtirish stavkasini 1,5 martagacha oshirishlari mumkin. Masalan, hozirgi kunda Markaziy Bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 2,0 foizga teng. Demak, tijorat banki tomonidan beriladigan kredit bo’yicha foiz stavka oyiga 2,5-3 % (3x1,5), yiliga 30% (2,0x12) atrofida bo’lishi kerak.
Banklar bilan mijozlar o’rtasidagi munosabat shartnomaviy xarakterga ega bo’ladi.
Mijozlar o’zlariga kredit va kassa xizmatini ko’rsatadigan bankni mustaqil tanlaydilar.
Tijorat banklari qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha operatsiyalar olib boradilar.
Tijorat banklari fond bozorlarining kelishuvlarida aktiv va bevosita ishtirok etavermaydilar. Masalan: AO’Shdagi tijorat banklariga qimmatbaho qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalarni o’tkazish, fond birjalariga a’zo bo’lish ta’qiqlanadi. 1933 yilda (Glass-Stigal qonuni) qabul qilingan qonunga muvofiq tijorat banklari sanoat kompaniyalarning obligatsiyalari va aktsiyalarini chiqarishni tashkil qilishda ishtirok eta olmaydilar. Shunga qaramay qonunda juda ko’p istisnolar mavjud bo’lib, ular bankka pullarni operativ qo’yish, davlat qimmatbaho qog’ozlarini chiqarishni tashkil etish, shtat va mahalliy hokimiyat organlarning obligatsiyalari, shuningdek, turli xalqaro tashkilotlar va federal muassasalar chiqargan qarz hujjatlarni (majburiyatlari) bilan ishlash huquqini beradi. Bulardan tashqari banklarga o’zlarining mijozlari hisobiga sanoat kompaniyalarining aktsiya va obligatsiyalarini sotish va sotib olish kabi brokerlik funktsiyalarini bajarish ruxsat etilgan. Shu bilan birga amerika tijorat banklari sanoat kompaniyalari va firmalarning aktsiya paketlarini haqiqiy egasi sifatida trast operatsiyalarining (qimmatbaho qog’ozlar portfellarini boshqarish operatsiyalari) katta hajmini amalga oshiradilar.
AO’Shda tijorat banklari broker firmalari va investitsion kompaniyalarning asosiy kreditorlari hisoblanadi. AO’Shning ettita yirik investitsion kompaniyalarni 40 dan 80%gacha aktivlari tijorat banklari krediti hisobidan ta’minlanadi.
Yaponiyada tijorat banklarining fond birjalariga a’zo bo’lish ta’qiqlangan. Lekin ular litsenziya olgan holatda qimmatbaho qog’ozlarni hamma turini o’zlarining schetlari bo’yicha yoki mijozlarning topshiriqlari bo’yicha sotish va sotib olish (broker kompaniyalari va birjaga a’zo bo’lgan firmalar vositachiligida) huquqiga egadirlar. Bulardan tashqari tijorat banklar davlatning qimmatbaho qog’ozlari bilan bo’lgan tez muddatli operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Uzoq vaqt yapon tijorat banklari yangi qimmatbaho qog’ozlarni vositachilik funktsiyalarni amalga oshirish huquqlari bo’lmagan. Faqat 1981 yili ularga davlat obligatsiyasi va sanoat kompaniyalar obligatsiyasini birja tashqarisida vositachilik qilishga ruxsat etilgan. Shuningdek, yapon tijorat banklariga mijozlarning qimmatbaho qog’ozlarni boshqarish man etilgan.
Bank muassasalarining qimmatbaho qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalariga aktiv qatnashishiga Germaniya tajribasi yorqin misol bo’la oladi.
Bu davlatda qimmatbaho qog’ozlar bilan bo’ladigan hamma operatsiyalarni faqatgina tijorat banklari qatnashish huquqiga ega. Aslida Germaniya davlatida broker kompaniyalar va firmalar yo’q. Tijorat bankning funktsiyalari unversalligi mijozlarning talab va ehtiyojlariga yuqori darajada javob beradi. GFRning qimmatbaho qog’ozlar bozorini bank muassasalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ularning bu bozorda roli juda katta.
Banklar katta miqdorda obligatsiyalar chiqaradi, investitsion gruppalarning egalari va yirik investorlik vazifasini bajaradi, ularga qimmatbaho qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalar hajmining eng katta qismi to’g’ri keladi, bank sindikatlari davlat qarz hujjatlarini chiqarish va tarqatishda katta jonbozlik ko’rsatadi.
Bank obligatsiyalarni chiqarish uchun 3 ta asosiy shartni bajarishi zarur;

  • moliyaviy ko’rsatkichlar proportsiyasini saqlash;

  • bankning moliyaviy ahvolining oshkoraligi;

  • jami kapitalning va bank rezervlari 8 mln. DM darajasidan oshishi.

Obligatsiyalarni chiqarish to’g’risidagi ruxsat moliya vazirligi tomonidan
olinishi kerak. U haqidagi xabar esa Federal yustitsiya vazirligi gazetasida bosilib chiqariladi. Odatda 3 yildan ortiq muddatga chiqarilgan obligatsiyalar GFR fond birjalarida muomalada bo’ladi.
Lekin ularni sotish va sotib olish kelishuvlarning ko’p qismi birjadan tashqari oborotda amalga oshiriladi. Universal tijorat banklari ko’pincha yadro vazifasini bajarib, uning atrofida moliya-bank gruppalari, bir necha nisbatan mustaqil bo’linmalarni o’z ichiga olgan.
Bu mustaqil bo’linmalar, masalan investitsion fondlar va konsultatsion firmalar bo’lishi mum kin. Bu mustaqil bo’linmalar daromad olish markazlari hisoblanadi. Aslida gruppaning yadrosini tashkil etgan bank, markaziy apparatdan mahalliy va chet el filiallardan iborat. Banklarning markaziy apparatlari odatda fond birjalari bo’lgan katta shaharlarda joylashgan. Rivojlangan mamlakatlarda asosiy daromad manbai kredit operatsiyalari bo’lib, ikkinchi o’rinda qimmatbaho qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar turadi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish