Sferaning yig’indi musbat zaryadi elektron zaryadiga teng bo’lganligi uchun atom bir butun holatda neytral sistema hisoblanadi. Bunday atomning massasi esa uning butun hajmi bo’ylab bir tekis taqsimlangan
4.2. Yadro reaksiyalari 4-MAVZU. ATOM TUZILISHI 4.1. Atom tuzilishi 4.3. Bor postulatlari. Izotoplar Nazorat savollari O’quv moduli birliklari: 4.4. Radiaktivlik. Tabiiy va sun’iy radiaktivlik 4.5. Kvant sonlari va ularning fizik ma’nosi, elektron bulutlar formasi XX asrning boshlariga kelganda ilm fanda atom tuzilishi haqida turli - tuman va fantastik tasavvurlar paydo bo’ldi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin. Myunxen universiteti rektori F. Lindeman 1905 yilda “kislorod atomi halqa shakliga, oltingugurt atomi esa dumaloq non shakliga ega” degan tasavvurni ilgari surdi. Kelvinning “uyurmaviy atom” nazariyasi ham davom etdi. Unga binoan, atom chekuvchining og’zidan chiqayotgan tutun halqalariga o’xshaydi. Ushbu nazariya haqida Kirxgof shunday degan edi: “Bu shunday go’zal nazariyaki, u qolgan barcha nazariyalarni yo’qotadi”. 1903 yilda Tomson atomning shunday bir modelini ishlab chiqdiki, unga muvofiq atom musbat elektr zaryadi bilan bir tekis to’ldirilgan sferadan iborat bo’lib ichida elektron joylashgan bo’ladi
Tomson atom modeli Sferaning yig’indi musbat zaryadi elektron zaryadiga teng bo’lganligi uchun atom bir butun holatda neytral sistema hisoblanadi. Bunday atomning massasi esa uning butun hajmi bo’ylab bir tekis taqsimlangan. Atom, ya’ni, sfera ichida kuchli elektr maydoni yuzaga kelmaydi. Tomson tomonidan taklif etilgan ushbu atom modeli nazariy model edi.
1911 yilda ingliz olimi Ernest Rezerford va u boshchiligidagi guruh o’z tajribalari asosida Tomson nazariyasining puchligini isbot qildi va planetar nazariyani qaytadan tikladi. Rezerford yupqa plastinkani zarralar bilan bombardimon qilish bo’yicha tajribalar o’tkazdi. zarralarning sochilishiga qarab esa atom ichida musbat zaryadning va uning massasi taqsimlanishi xarakterini aniqladi.
4.1. Atom tuzilishi Atomning yadrosida protonlar va neytronlarning qayta taqsimlanishi natijasida yangi kimyoviy elementlar hosil bo’lishi bilan boradigan jarayonlar yadro reaksiyalaridir.
Hozirgi paytda yadro reaksiyalari yordamida davriy jadvaldagi deyarli har qanday elementning radiaktiv izotoplarini olish mumkin. Atomning yadrosiga neytronlar, protonlar, deytronlar, -zarrachalar yoki boshqa element yadrolarini ta’sir etish natijasida yadro reaksiyalari amalga oshiriladi. Yadro reaksiyalari amalga oshishi uchun ta’sir etuvchi zarrachalar juda katta energiya va tezlikka ega bo’lishi kerak. Atomning yadrosi biror bir zarrachani biriktirganda va yangi yadro hosil bo’lganda uning yashash davri 10-7 sekund atrofida bo’ladi. Bu yangi yadro o’z navbatida atrofga elementar zarrachalar tarqatib, yangi va yengilroq yadroga aylanishi yoki biror kimyoviy elementni hosil qilishi mumkin.
Yadro reaksiyalari birinchi marta 1919-yilda E. Rezerford tomonidan amalga oshirilgan. U azot elementini geliy bilan ta’sirlashtirib kislorod elementini sintez qilgan.
Og’ir metallarning atomlarini juda katta energiyali tez harakat qiluvchi zarrachalar oqimi bilan bombardimon qilish orqali qator yangi elementlar kashf etilgan. Agar uran neytronlar bilan bombardimon qilinganda 93 - element neptuniy hosil bo’ladi. Bu yerda ketme-ket bir necha yadro reaksiyasi sodir bo’ladi.
γ