Organik sezgilar
Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda: qizilo'ngach, me'da, ichak, qon tomirlari, o'pka va shu kabilarda joylashgan bo'ladi.
Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgi retseptorlarining qo'zg'atuvchilaridirlar. Ular quyidagilardan iboratdir:
og'riq sezgilari;
xush tuyg'ular;
noxush tuyg'ular.
XULOSA
Mazkur nazariyaga asoslangan psixologlar insonning sezgilari uning tashqi olam bilan bog‘lab turuvchi birdan-bir shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha borib etdilar va voqeilikni mana bunday tarzda izohlashga harakat qildilar: go‘yoki sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar, ular atrof-muhit o‘rtasidagi bartaraf qilib bo‘omaydigan devor hisoblanadilar. Berkli, YUm, I. Myuller, Gelmgols singari olimlar sezgi organlarining “spetsifik energiyasi” nazariyasini ishlab chiqdilar Bu g‘oyaning asoschisi sifatida Iogann Myuller qat’iy pozitsiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga intildi. Ushbu nazariyaga binoan, har qaysi sezgi a’zosi xohz quloq, xoh til, xoh teri bo‘lishidan qat’iy nazar, tashqi dunyoning ta’sirini aks ettirmaydi, atrof muhitda bo‘lib turgan real, yaqqol jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u tashqi ta’sirdan shaxsiy jarayonlarning qo‘zg‘atuvchisidan turtki oladi, xolos. Mazkur nazariyaga ko‘ra, har bir sezgi a’zolari o‘zining “spetsifik energiyasi”ga ega, har qanday ta’sirddan qo‘zg‘aladi. Masalan, ko‘zni bosib, unga elektr toki bilan ta’sir qilib ko‘rilsa, unda yorug‘lik sezgisi hosil qilinadi; quloqqa elektr qo‘zg‘atuvchisi bilan ta’sir o‘tkazilsa, u holda tovush sezgisi vujudga keladi. Binobarin, sezgi a’zolari tashqi ta’sirni aks ettirmaydi, balki ulardan, ya’ni ularning ta’siridan qo‘zg‘aladi, xolos. Inson hech qachon tashqi voqe, yaqqol dunyoning ob’ektiv ta’sirlarni idrok qilmaydi, balki sezgi a’zolari faoliyatida o‘zlarining shaxsiy sub’ektiv holatlarini aks ettiradi.
Mazkur nazariyaga binoan, inson ob’ektiv dunyoni idrok qila olmaydi, u sub’ektiv jarayonlarni aks ettiradi, oqibat natija “dunyo element” (mayda qism) larni idrok qilish vujudga keladi. Psixologiya tarixida “sub’ektiv idealizm” degan yo‘nalish ham yuzaga kelgan bo‘lib, ungacha, “inson faqat o‘zi”nigina biladi, xolos. Undan tashqari hech narsa hukm surishi mumkin emas. Bu nazariya o‘ziga xos g‘oyaga ega bo‘lib, fan tarixida “solipsizm” (yagona “Men”) nomini olgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |