Psixologiya fanida sezgi nazariyalari
Tashqi olam xususiyatlari to‘g‘risidagi va shaxsning o‘z gavdasini tuta bilish yuzasidan bilimlar, ma’lumotlar, xabarlar va ta’sirotlar manbai – bu sezgilar bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun sezgilar inson organizmiga, ya’ni uning tana a’zolariga tushadigan axborotlarning asosiy kanali (yo‘li) sanalib, ular tashqi dunyo hamda ichki tana a’zolari to‘g‘risidagi xabarni bosh miya katta yarim sharlari va bosh miyaning tarkiblariga etkazib turadi, xuddi shu boisdan inson o‘zini qurshab turgan makro muhitni orientirlash (mo‘ljallash) imkoniyatiga egadir. Agarda mazkur kanallar berk bo‘lib qolgan taqdirda, sezgi organlari zarur axborotlar bilan ta’minlamaydi, binobarin, ongni hukm surish imkoniyati o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mabodo inson axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo‘lsa, u holda u uyqu holatiga sho‘ng‘iydi. Masalan, tasodifan teri-tuyush sezgilari patologiyaga uchrasa unda odam (ko‘pincha vaqtincha, muvaqqat) ko‘rish, eshitish, hid sezishdan mahrum bo‘lishi mumkin. Mabodo axborotlar tuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida buzidsa, kar yoki ko‘r bo‘lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin to‘xtalish (vaqtincha orqada qolish) yuzaga keladi. Agarda bola maxsus usul yoki uslubga o‘rgatilsa tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydi.
Sezgini bunday tarzda tushuntirilishiga nisbatan har xil munosabatlar psixologiya tarixida mavjud bo‘lib ularning hech qaysisi asosiy manba ekanligiga shubha bilan qarashga moyildirlar. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz va haqiqiy mohiyatini ochib berishga intilamiz.
Nemis faylasufi Xristian Volf “Ratsional psixologiya” (1732 yil) va “Emperik psixologiya” (1734 yil) kitoblarida: ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga qobiliyatlilik tabiiy moddiy asos zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib tushadigan axborotlar shaxobchasiga, ya’ni sezgi kanaliga, hech qanday bog‘liq ematushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish nazariyotchisi ”fanga ratsionalizm” tushunchasi bilan birga kirib keldi. X. Volf va uning tarafdorlari psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab ijtimoiy – tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g‘oyani ilgari surdilar. SHuning bilan birga “Ong”, “Aql” tarixiy evolyusiya natijasi emas deb, inson psixikasiga o‘zgacha yondashib, uni izohlab berish mushkul bo‘lgan “birlamchi” xususiyat ekanligini tushuntirishga intildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |