7.3. Savol bayoni. Sezgilar klasifikatsiyasi.
Sezgilar turli tuman bo’ladi. Sezgilar odatda kaysi sezgi a’zosi orqali xosil kilinishiga qarab,kuyidagi turlarga bulinadi.Ko’rish sezgilari, eshitish sezgilari, xid bilish sezgilari, maza (tam)sezgilari, teri sezgilari ,harakat sezgilari, tana muvozanati sezgilari, va organiq sezgilar.
Retseptorlarning joylashish urniga qarab barcha analizatorlarni uch gruxga bulish mumkin. Birinchi gruxga retseptorlar organizmning sirtida joylashgan va tashqi ta’sirga kulay analizatorlar kiradi. (Ilmiy adabiyotda ularni eksteretseptorlar deb kabul etilgan).
Ko’rish, eshitish, teri, xid va maza sezgilari analizatorlarning ishi bilan bog’liq. Ikkinchi gruxga retseptorlari ichki organlarga joylashgan (Interetseptorlar) va ichki qo’zg’atishlar ta’siri uchun kulay bo’lgan analizatorlar kiradi. Ular ichki organlarning turli xolatidan signal (xabar) beradi. Uchinchi gruxga harakat analizatorlar va muvazanat analizatori (proprioretseptorlar) kiradi.
Insonning hayoti va faoliyatida ko’rish sezgilarining benixoya roli katta. Teri sezgilari narsalarning mexaniq va psixik xossalarining terining sirt kismiga ta’sir etishi natijasida paydo bo’ladi, bu qo’zg’alish terining orqa markaziy burmalar atrofida joylashgan analizatorning pust kismiga utkaziladi.
Teri sezgisi ogrik sezgilariga, xarorat sezgilariga va taktil sezgilarga bulinadi. Ogrik sezgilari juda xilma-xil qo’zg’atkichlar (issiklik, mexaniq va ximiyaviy qo’zg’atkichlar) tomonidan, ular organizmning tirik tukimalarini buza boshlashi bilanok paydo bula boshlaydi. Bu sezgilar ximoyaviy axamiyatga yega bo’lib, shu maьnoda ular juda muxim rol uynaydi.
Xarorat (issiklik) sezgilari issik va sovukni sezishdan iborat. Issik yoki sovukni sezishning aloxida-aloxida nerv uchlari bo’ladi. Ular terining turli kismlarida notekis joylashgan. Masalan, kulimiz terisidan orqamizdagiga qaraganda xarorat nuktalarining soni kamrok. Orqaning issik-sovukka ortik darajadagi sezgiligi mana shu bilan izoxlanadi. Taktil sezgilarning retseptorlari xam terining yuza katlamida joylashgan nerv uchlaridir. Ular kul barmoklarining uchida va tilda eng zich joylashgan bo’ladi. Taktil sezgilarga biron narsaning tekkanini, bosimni va tebranishni sezishlar kiradi.
Xid bilish sezgilari moddalar xidining tegishli nerv ichlari joylashgan burun shillik pardasiga ta’sir etishi natijasida xosil bo’ladi. Xid bilish sezgilari tam sezgilari bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Ovkatning xidi uning tami bilan kushilib ketadi. Ichki sezgilarga ochlik, tuklik, tashnalik, kungil aynishi va boshqalarni sezish kiradi. Ular organiq sezgilar deb ataladi. Organiq sezgilarning retseptorlari ichki organlarda joylashgan bo’lib, ular qo’zg’olganda nerv impulьslarini bosh miya kobigining tegishli bulimlariga yetkazadi.
Chunki guruxga muvozanat va harakat sezgilari kiradi.
Muvozanat sezgilari tananing fazodagi xolati xakida signal beradi. Bu sezgilarning retseptori ichki kulokning daxlizi va yarim doira shaklidagi kanallaridan tuzilgan. Vestyublyar apparat bo’lib qo’zg’alish bu aparatdan bosh miya pustining chakka kismiga uzatiladi. Bu analizator buzilsa kishi fazorda muvozanat saklay olmaydi. Harakat sezgilari harakat organlarida sodir buluvchi jarayonlar tufayli ruy beradi.
Ularning retseptorlari mushaklarning ichida xamda paylarda joylashgan nerv uchlaridir. Harakatlanish jarayonida mushak va paylarning qisqarishi va bushashi bu nerv uchlarida qo’zg’alish xosil qiladi. Bu qo’zg’alish olidingi markaziy burmalarning oldingi bo’lmasida joylashgan pust kismiga uzatiladi. Bu sezgilar inson hayot iva faoliyatida juda muxim rol’ uynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |