7.2. Savol bayoni. Sezgining fiziologik asoslari .
Sezgilar to’g’risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir etishining mahsulidir. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, sezgilar modsiy (ob’yektiv) borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in’ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo’lsa ular xudsi shundayligicha hech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir.
Sezgilarning qanday qilib yuzaga kelishi, ya’ni ularning nerv-fiziologik asoslari mashhur rus fiziologi akademik I.P. Pavlovning analizatorlar haqidagi ta’limotida atroflicha ochib berilgan. Akademik I.P. Pavlov biron narsa yoki hodisaning ta’sirini bevosita aks ettirish apparatlarini analizatorlar deb ataydi. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslarida analizatorlar ishidan iborat bo’lgan organizmning reflektor, ya’ni aks ettirish faoliyati yotadi. Analizatorlarning asosiy vazifalari organizmga ta’sir etayotgan turli qo’zg’otuvchilarni ayrim bo’laklarga ajratish, ularni bir-biridan farqlash, ya’ni analiz qilishdan iboratdair.
Odamning sezgilar orqali tashqi dunyo voqea-xodisalarini bilishi quyidagi uch bosqichdan iborat;
1. Tashqi dunyodagi predmetlar va voqea-xodisalar sezgi organiga (retseptorga) ta’sir etiadi. Bu ta’sir tegishli nervlarni harakatgakeltiradi, natijada qo’zg’alish vujudga keladi.
2. Bu qo’zg’alish maxsus nervlar yordamida bosh miyaga yetkaziladi.
3. Bosh miya po’stining markaziy xujayralar sistemasida sezish xolati yuz beradi.
Ana shu uch bosqichdan iborat bo’lgan sezuvchi nerv apparati akademik I.P.Pavlov ta’limotida analizator deb aytiladi. Biror predmet yoki voqea-xodisaning ta’srini bevosita aks ettiruvchi apparat analizator hisoblanadi. Bu jihatdan har bir sezgi a’zosi o’ziga xos analizatordir. Masalan, ko’z – ko’rish analizator, quloq – eshitish analizatori, burun – hid bilish analizatori deb yuritiladi. Odam organizmidagi har bir sezgi a’zosi (ko’z, quloq, burun va x.k.) narsa va xodisalarning narsa va xodisalarini analiz qilib (qismlarga parchalab), bosh miyaga o’tkazadi. Shuning uchun ularni analizator-analiz qiluvchi deb aytiladi.
Yuqori darajada taraqqiy etgan odam miyasida tashqi muhitdan qabul qilib olinadigan barcha ta’sirotlarni nozik analiz qiluvchi murakkab nerv mexanizmi bor. Bu mexanizm analizatordir. I.P.Pavlov fikricha, analizator tashqi dunyo ta’sirotlarining murakkabligini ayrim elementlarga parchalab yuborish vazifasini bajaruvchi asbobdir.
Sezgi organlarining organizmdagi o’rni va qo’zg’alishiga muvofiq sezgi turlari quyidagi uch gruppaga ajratiladi;
Eksteroretseptorlar – bu gruppaga ko’rish, eshitish, hid bilish, maza va teri sezgi organlari kiradi. Organizmdan tashqaridagi narsa va xodisalarning xossalari shu organlar orqali aks etadi.
Proprioretseptorlar – bu gruppaga muskul-harakat, pay va boylamlarda bo’ladigan sezgilar hamda statik sezgilar kiradi. Bu gruppaga kiruvchi sezgilarni harakat yoki kinestetik sezgilar deb ham yuritiladi.
Interoretseptorlar – bu gruppaga gavda ichidagi organlar – me’da, ichak, jigar, o’pka, qon aylanish organlari, umuman organiq sezgilar kiradi. Bu sezgilar ichki organlarning xolatini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |