Teri sezgirligini o’lchash uchun maxsus asbob “esteziometr” qo’llaniladi. Eshitish sezgirligini o’lchash audiometr yordamida amalga oshirilib, tovushlarning turli darajalaridjagi intensivligi aniqlanadi. Ba’zan kichkina temir sharni har xil balandlikdan tashlab ko’rish orqali ham yuqoridagi maqsad amalga oshiriladi. Ko’rish sezgirligini aniqlash esa sinaluvchi ko’ziga yorug’likning turli tuman intensivlikda yuborish orqali (goho qorong’ilikda), quyidan yuqoriga yorug’lik birligi (ya’ni lyuks) orttirib boriladi. Ta’m va hid bilish sezgirligi ham maxsus asboblar yordamida o’lchanadi, goho kimyoviy usul ham qo’llaniladi. - Teri sezgirligini o’lchash uchun maxsus asbob “esteziometr” qo’llaniladi. Eshitish sezgirligini o’lchash audiometr yordamida amalga oshirilib, tovushlarning turli darajalaridjagi intensivligi aniqlanadi. Ba’zan kichkina temir sharni har xil balandlikdan tashlab ko’rish orqali ham yuqoridagi maqsad amalga oshiriladi. Ko’rish sezgirligini aniqlash esa sinaluvchi ko’ziga yorug’likning turli tuman intensivlikda yuborish orqali (goho qorong’ilikda), quyidan yuqoriga yorug’lik birligi (ya’ni lyuks) orttirib boriladi. Ta’m va hid bilish sezgirligi ham maxsus asboblar yordamida o’lchanadi, goho kimyoviy usul ham qo’llaniladi.
- Bevosita metodi ob’ektiv alomatlarga asoslanib ish yuritishni taqazo etadi. Sobiq sovet psixologlari, psixofiziologlari G. V. Gershuni, Ye. N. Sokolov, O. S. Vinogradov va boshqalar mazkur metod yordamida ko’p yillar mobaynida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlir. Ma’lumki, sezgilar hech mahal sust bilish jarayoni bo’lmagan binobarin, ular vegetativ, elektrofiziologik, nafas olish olish jarayonlari o’zgarib boradi, shuning uchun o’z tabiati bilan reflektor jarayondir. Sezgilardagi reflektor o’zgarishlar ularning ob’ektiv ravishda yuz berayotganligining ko’rsatkichi hisoblanadi. Masalan, sezgilarni hosil qiliuvchi har qanday qo’zg’atuvchi reflektor jarayonlarni ham vujudga keltirishga qodir: qon tomirlarining torayishi, tekri galьvanik refleks (teri elektr qarhshiligining kamayishi), miyaning elektr aktivligi chastotasining o’zgarishi (alьfa, ritma, depressiyasi holati) qo’zg’atuvchiga qarab ko’zning yo’nalishi, bo’yin muskullarining taranglashuvi va boshqalar. Mana bu narsalarning barchasi sezgilarning paydo bo’lishini ob’ektiv ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |