Sezgi psixik jarayon sifatida


Adaptatsiya hodisasi uch turda bo‘ladi



Download 25,91 Kb.
bet3/9
Sana26.02.2023
Hajmi25,91 Kb.
#914819
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3- seminar

Adaptatsiya hodisasi uch turda bo‘ladi:
1. Qo‘zg‘atuvchining uzoq muddat ta’sir etishi jarayonida sezgining tamomila yo‘qolib qolishiga o'xshaydi, masalan, hid bilish sezgilari atrof-muhitga yoqimsiz hid yoyilgandan keyin ko‘p o‘tmay batamom yo‘qolib qolishi ham oddiy hodisadir. Agar tegishli modda og‘izda biroz vaqt saqlab turiladigan bo‘lsa, ta’m bilish sezgisining jadalligi susayadi va sezgi umuman yo'qolib ketishi mumkin.
2. Adaptatsiya deb, shuningdek, yuqorida bayon etilgan hodisalarga yaqin bo‘lgan, kuchli kuzatuvchining ta’siri ostida sezgining zaiflashib qolishi bilan ifodalanadigan hodisaga ham aytiladi. Kishi yarim qorong‘u xonadan yaqqol, yorug‘ xonaga chiqqanda, ko‘zi qamashadi, tevarakatrofdagi narsalaming farqini ajratish qiyin bo‘lib qoladi, biroz fursatdan keyin esa ko‘rish analizatorining sezuvchanligi keskin susayib, odatdagidek ko‘ra boshlaydi va adaptatsiya hodisasi yuzaga keladi. Adaptatsiyaning bu ikki turi negativ adaptatsiya deyiladi, negaki, bunda analizatorning sezuvchanligi susayadi.
3. Kuchsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgirlikning oshishi ham adaptatsiya deyiladi, bu pozitiv adaptatsiya deb ham ataladi. Masalan, qorong‘ulik ko‘p bo‘lishi natijasida ko‘z sezuvchanligi ortadi (Graf Monte Kristo misolida tushuntirish mumkin). 86 Ikkinchidan, sezuvchi apparat soz bo‘lishi kerak. Bu apparat quyidagi qismlardan iborat: 1. Sezuvchi organ (retseptor). 2. 0 ‘tkazuvchi yo‘l (afferent nerv). 3. Bosh miya po‘stlog‘idagi markaz. 4. Miyadan javob impulslarini uzatuvchi yo‘l (efferent nerv). Bitta sezgi apparati
Sezgining psixofiziologik asoslari
Sezgi tirik organizmlaming biologik yashash shartlaridan sanalgan ichki mexanizmdir, ya’ni u tirik organizmda tashqi va ichki dunyo o‘rtasida aloqa bog‘lovchi psixologik-biologik asosdir. U orqali markaziy nerv sistemasi qo‘zg‘atuvchilarga javob beradi (Sh.Shexter).
Sezgilar hosil bo‘lishi uchun quyidagi shartlar bo'lishi kerak:
Birinchidan, sezgi a’zolarimizdan birontasiga ta’sir etadigan narsa yoki hodisa bo‘lishi kerak.
Ikkinchidan, sezuvchi apparat soz bo‘lishi kerak. Bu apparat quyidagi qismlardan iborat: 1. Sezuvchi organ (retseptor). 2. 0 ‘tkazuvchi yo‘l (afferent nerv). 3. Bosh miya po‘stlog‘idagi markaz. 4. Miyadan javob impulslarini uzatuvchi yo‘l (efferent nerv).
Bitta sezgi apparatini tashkil qiladigan qismlarni I.P.Pavlov umumlashtirgan nom ostida analizator deb atagan.
Sezgi mohiyatiga ko‘ra obyektiv olamning subyektiv siymosidir. Lekin sezgilaming hosil bo‘lishi uchun organizm moddiy qo‘zg‘atuvchining tegishli ta’sirga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o‘zi ham qandaydir ish bajarishi darkor. Sezgilar muayyan davr mobaynida retseptorga ta’sir o‘tkazayotgan qo‘zg‘atuvchining o‘ziga xos quwatini nerv jarayonlari quvvatiga aylanishi natijasida hosil bo'ladi. Sezgilaming hosil bo‘lishiga kuchli ta’sir qiladigan jarayonlaming ishtirokini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab va ko‘p qirrali tadqiqotlar olib borilgan.
Analizator uch qismdan tarkib topadi: 1) tashqi quwatni nerv jarayoniga aylantiradigan maxsus transformator hisoblangan periferik bo‘lim (retseptor). 2) analizatoming periferik bo‘limini markaziy analizator bilan bog‘laydigan yo‘llarini ochadigan afferent nerv (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar. 3) Analizatoming periferik bo'limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning o‘zi bilan tugaydigan) bo‘limlar.
Analizator periferik bo‘limlarining muayyan hujayralari miya qobig‘idagi hujayralaming ayrim qismlariga mos bo‘ladi. Jumladan, ko‘z to‘r pardasining turli nuqtalarida hosil bo‘ladigan tasvir miya qobig‘ida ham har xil nuqtalarda shuni aks ettiradi; eshitishda ham xuddi shu jarayonni kuzatishimiz mumkin: nog‘ora parda va miyadagi aks sado.
Sezgining hosil bo‘lishi uchun hamma analizatorlar yaxlit bir narsa sifatida ishlashi darkor. Qo‘zg‘atuvchining retseptorga ta’siri qo‘zg‘alishning yuz berishiga olib keladi.
Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li manbayi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan, ta’simi miyaga olib boruvchi afferent nerv yo‘llari va efferent nervlardan tarkib topgandir. Reflektor yo‘li elementlarining o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak-atrofdagi olamda to‘g‘ri mo‘ljal olishining, organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatning negizini ta’minlaydi.

Download 25,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish