“Sezgi organlari” mavzusidagi bir saotlik
Mavzu: Sezgi organlari
Darsning ta`limiy maqsadi:
Sezgi organlari haqida umumiy ma'lumotlar berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O'quvchilarga mustaqil fikrlashni, tabiatga oqilona munosabatda bo'lishni o'rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
Tafakkur, hotira, idrok , erkin fikr, mustaqil qaror qabul qilish,
hozir – javoblikka , topqirlikka o`rgatish.
Dars jihozlari:
-
Darslik;
-
Mavzuga oid rasmlar;
-
Slaydlar;
-
Kompyuter;
-
Ekran;
- Magnitli doska;
-
Vatman qog’oz;
-
Marker qalam;
-
Kadaskop;
Darsning usuli:
Savol-javob, suhbat munozara, musobaqa, guruhlarda ishlash (interfaol usul)
Darsning shiori:
“Barcha dunyo ne’mati sog’liqga teng kela olmas”
B.Hiloliy.
Darsning tashkiliy qismi:
- Salomlashish;
- Davomatni aniqlash;
- Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorganligini tekshirish;
1. Darsni tashkil etish:
O'quvchilar, darsimizni tartibli o'tkazish uchun qanday qoidalarga rioya qilamiz?
-
Vaqt;
-
Ozodalik;
-
Samimiylik;
-
Intizom;
-
O'zaro hurmat;
-
Yangiliklar;
2. Darsning asosiy qismi
O'quvchilarni rang tanlash orqali 4 guruhga ajratiladi. Har bir guruh o'zlariga nom tanlashadi va o'zlarining nomlarini himoya qilishadi. Mana shu jarayonda o'zlarining guruhlari nomini rasmlar orqali nimalarga qiyoslashlarini tushuntirib berishadi.
1-guruh "Ekologlar"
2-gumh "Oftalmologlar"
3-guruh "Xoringologlar"
4-guruh "Ibn Sino"
Har bir guruhdan bittadan vakil chiqib, nima uchun bunday nomni tanlaganligini izohlab beradilar.
Masalan: 1-guruh "Ekologlar".
Umrimizning deyarli hammasi atrof-muhit, ekologiya bilan chambarchas bog'liq. Hozirgi kunda atrof-muhitga bo'lgan munosabat tubdan yomonlashmoqda. Bunda asosan odamlarning atrof-muhitga bo'lgan munosabatlari sabab bo'lmoqda.
Buning oldini olish uchun mamlakatimiz miqyosida ulkan ishlar olib borilmoqda. Shuning uchun biz guruhimizni "Ekologlar" deb nomladik.
Bu Vatan bizniki, barchamizniki,
Bizdir kelajagi, bizdir qudrati.
Tinch va ozod xalqning poydevorimiz.
Asraylik shu yurtning sof havosini
***
Ushbu sof havoni qilmaylik iflos.
Ko'pdir uning qonun -qoidalari,
Tartibga chaqirar barcha insonni.
8-"N"sinf" Ekologlar"i
O'zlarining guruhlarini nimaga qiyoslashlarini chizilgan rasm asosida ushuntirib berishadi. Boshqa guruhlar ham shu taxlit o'z nomini himoya qiladi, fikrlar yozma to'planadi, rasm oldindan tayyorlangan qog'ozga chiziladi. Guruhlaming hammasining chiqishlari eshitilgandan keyin, o'qituvchi ularni baholaydi.
3. Savol-javob
Darsimizning keyingiz qismida har bir guruhdan bir vakil chiqib, o'qituvchi bergan tezkor savollarga javob beradi. Savollar oldindan tayyorlangan xatjildlarning ichida bo'ladi. Xatjildlarni chiqqan vakillar o'zlari tanlaydilar.
Savollar quyidagi mazmunda bo'lishi mumkin:
-
Qonning qizil rangi eritrotsitlar tarkibidagi nimagabog'liq?
-
Qalqonsimon bez garmoni qanday nomlanadi?
-
Qon ivimaydigan kasallik bu—?
-
O'pkaning tiriklik sig'imi qanday asbobda o'lchanadi?
-
Tishning ichki kovagi qanday nomlanadi?
-
Oshqozon shilliq pardasining yallig'lanishi -qanday kasallik?
-
Buyrak usti bezi garmoni qanday nomlanadi?
-
Ichki organlar faoliyatini boshqaradigan nerv sistemasi...?
-
Organizmning tashqi va ichki ta'sirlariga javob reaktsiyasi qanday nomlanadi?
-
Inson organizmida qon deposi vazifasini bajaradigan organ—?
Boshqa guruhlarga ham savollar shunga o'xshash tartibda tayyorlanadi. Tezkor savollarga berilgan javoblar eshitiladi va baholanadi. Qaysi guruh ko'p savolga javobbersa, o'sha guruh g'olib bo'ladi. Yaxshi javob bergan guruhlarga o'z vaqtida rag'bat kartochkalari berib boriladi.
4. Yangi mavzu bayoni
Reja:
-
Sezgi organlari
-
Ko'rish organi
-
Eshitish, ta'm bilish, hid bilish organi
-
Muvozanatni saqlash, muskul sezish
Darsimizning bu qismini "Kim ko'p biladil" deb nomladik. O'quvchilar yozilgan kartochkalardan olib, o'zlarining tushunchalari va fikrlarini tushuntirib berishadi, ayrim tajribalarni ko'rsatib berishadi.
Guruhlarga quyidagi savollarga javob berish topshiriladi:
1-guruhga: Sezgi organlariga umumiy ta'rif.
2-guruhga: Ko'rish organi.
3-guruhga: Eshitish, ta'm bilish, hid bilish organi.
4-guruhga: Muvozanatni saqlash, muskul sezish organi.
Guruhlar o'z rejalariga javob berib bo'lishgandan so'ng, o'qituvchi o'z fikr va mulohazalarini tushuntiradi.
Qaror: Sezgi organlari atrof-muhit va ichki organlardan kelayotgan ta'sirlarni qabul qilib, nerv(asab) impulslariga aylantiradi. Ular tarkibiga reseptorlar kiradi. Nerv impulslari sezuvchi neyronlar orqali bosh miya yarim sharlari po'stlog'idagi nerv markazlariga uzatiladi. Nerv markazlarida nerv impulslari sezgiga aylanadi.
5. Yangi mavzuni mustahkamlash
"Aqliy xujum"
Darsimizning bu qismida doskaga oldindan tayyorlangan ko'rgazmani ilaman, bunda quyoshning nur sochayotgani va ko'zlar tasvirlangan. Harm bir ko'zlarni olgan o'quvchi
ko'zlarning orqasidagi savolga javob berishi kerak.
Har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqib, savollarga javob beradi. Savollar quyidagicha bo'ladi:
-
Sezgi organlarining funktsiyasi nimadan iborat?
-
Sezgi organlari qanday ahamiyatga ega?
-
Analizatorlar nima?
-
Eshitish va ko'rish markazi bosh miya yarim sharlarining qaysi qismida joylashgan?
6. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish
Darsimizning keyingi qismi "Shikastlanganda birinchi tibbiy y`or dam ko'rsatish" deb nomlanadi. Bunda har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqib, stolga teskari qilib qo'yilgan chiptalarni tortadilar va o'z vaqtida o'zlarining tushunchalarini amaliyot orqali ko'rsatib berishadi.
Savollar quyiodagicha bo'lishi mumkin:
1. Qo'lning bilak qismi singanida qanday birinchi tibbiy yordam ko'rsatiladi?
2. Ko'zga yot jismlar tushganda qanday yordam ko'rsatiladi?
3. O'mrov suyagi singanda qanday birinchi yordam ko'rsatiladi?
4. Odam suvga cho'kkanida qanday yordam ko'rsatiladi?
7. Dars yakuni
O'quvchilar rag'bat kartochkalari orqali baholanadi. Eng ko'p rag'bat kartochka olgan guruh darsimizning g'olibi hisoblanadi. Baholar o'quvchilarning kundaliklariga qo'yiladi va uyga vazifa aniq qilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |