2. Seysmik to`lqinlar va ularning turlari
Seysmik to`lqinlar – zilzila o`chog`i yoki portlash natijasida Yerning ustki qatlamlarida tarqaladigan elastik to`lqinlardir. Tarqalish xususiyati bo`yicha seysmik to`lqinlar hajmiy va sirt to`lqinlariga ajraladi. hajmiy to`lqinlar tog` jinslari hajmlarining ichida tarqaladi va birlamchi yoki b ylama va ikkilamchi yoki k ndalang bo`lishi mumkin. Sirt to`lqinlari Yer yuzasida yoki unga yaqin sohada tarqaladi, bular Lyav va Reley to`lqinlaridir.
Birlamchi R-to`lqinlar – tog` jinslarining siqilish va chuzilishini keltirib chiqaradi, katta tarqalish tezligiga ega.
Ikkilamchi S-to`lqinlar – ko`ndalang elastik tebranishlarni keltirib chiqaradi, zarrachalar siljishiga olib keladi, suvda tarqalmaydi.
16-rasm. Yer qobig`ining siljish sxemasi
1. Lyav to`lqinlari (L-to`lqinlar) – ko`ndalang to`lqinlarning bir turi bo`lib, suvda tarqalmaydi.
2. Reley to`lqinlari (R-to`lqinlar) – zarrachalarning vertikal va gorizontal bo`ylab ko`chishiga olib keladi.
3. Zilzilalarning quvvati va shiddati
Siniq – tog` massividagi yoriq. Bunda yoriqning ikkala tomonidagi tog` jinslari yoriqqa parallel ko`chadi.
Tashlama (cbros) – tog` jinsi sinig`i bo`ylab pastga siljish (17-rasm).
Tepaga tashlash (vzbros) – tog` jinsi siniqi bo`ylabi yuqoriga siljish.
Siljish (sdvig) – tog` jinsining gorizontal bo`ylabi siljishi (yastanishi bo`yicha).
4. Tektonik zilzilaning namoyon bo`lish mexanizmi
Bu hodisani tushuntirish uchun A.I.Martemyanov, Bolt, A.K.Larionov va boshqalarning sxemalaridan foydalaniladi. Bularning barchasi zilzilaning kelib chiqish sabablarini (siniqning shakllanishini) o`rganadilar.
Faza 1. Bir necha mln. m3 li tog` jinsi massivi siqiluvchi kuchlar ta'siriga duchor bo`ladi. (Buni bloklar nazariyasiga ham qo`llasa bo`ladi). Kristallik reshetkadagi atomlar orasidagi masofa kichrayadi va natijada kuchlanganlik xolati sodir bo`ladi.
Faza 2. Kuchlangan zonaning ayrim qismlarida struktura elementlari orasidagi bog`lanishlar buziladi va mayda yoriqlar ko`payadi.
Faza 3. Mayda yoriqlar suv bilan to`ladi. Tog` jinsining hajmi birnecha barobar ortadi. Alohida yoriqlar birlashadi.
19-rasm. Graben va gorst
Faza 4. Birlashgan yoriqlar siniqlarni shakllantiradi va umumiy massivni bloklarga bo`ladi.
Faza 5. Siniq chizig`ida alohida bloklarni ko`chirishga harakat qiluvchi kuchlar qarshilik ko`rsatuvchi kuchlardan katta bo`ladi.
Faza 6. Tashlanma, tepaga tashlash, siljish, ustki qatlamga surib chiqish hodisalari namoyon bo`ladi va seysmik to`lqinlar vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |