O‘g‘irlik va talonchilik. Bunday hollarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xotirjamlikni saqlashlari va pullarni ularga chiqarib berishlari kerak, aks holda mijozlar jabr ko‘rishi mumkin. Qurollangan talonchilarga qarshi qurol bilan javob berish turistlarni himoya qilishning yaxshi usuli emas. Albatta, o‘g‘irlik va talonchiliklarning oldini olish kerak, lekin, agar ular sodir etilgan bo‘lsa, mehmonxona ichida qurol ishlatib, jinoyatchilar bilan otishish yaramaydi. Mijozlar va xodimlarning xavfsizligi hamma narsadan ustun turadi. Ayni vaqtda, xodimlar ziyraklikni yo‘qotmasliklari va zarur holda talonchilarni tanib olish uchun diqqat bilan kuzatishlari va maxsus qo‘riqlash xizmatlariga bu haqda ma’lumot berishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |