Botokempinglar suv bo‘ylab sayohat qiluvchi turistlarga safarda xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Turistik muassasalarning bu tipiga Polshada keng tarqalgan «suv stansiyalari» hamda Germaniyadagi «yozgi turistik shaharchalar» kiradi.
1.3. Mehmonxonada ko‘rsatiladigan xizmatlar
Qabul qilish va joylashtirish xizmati. O‘zbek tilida “Front office” xizmati qabul qilish va xizmat ko‘rsatish deb tarjima qilingan. Bizningcha bu unchalik to‘g‘ri emas, chunki ingliz tilida bu xizmat “Reception” deyiladi va “Front office”ning bir bo‘limi hisoblanadi. Unda konserj, shveysar, yuk tashuvchi, paj, telefon operatori, mehmonlar bilan ishlovchi menejer va ko‘pincha bron xizmatlari kiradi. Bu bo‘lim boshida mehmonxonada joylashtirish bo‘yicha direktor (Front office manager) turadi va unga yuqorida barcha sanab o‘tilgan bo‘limlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |