Servis va turism


II BOB. Yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlari



Download 1,55 Mb.
bet9/12
Sana20.06.2022
Hajmi1,55 Mb.
#680040
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Хукумова

II BOB. Yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlari
2.1Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish
2017 yil yakunlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti joriy narxlarda 254043,1 mlrd. so’mni tashkil qildi va 2046 yilga nisbatan taqqoslanganda 5.2% ga o’sdi. YaIM ning 1991-2017 yillarda o’rtacha yillik o’sish surati 4.5% ni tashkil qildi. (1-rasm)
, O’zbekiston o’zining rivojlanish modelini izchil amalga oshirishi natijasida, boshqa sobiq ittifoqi mamlakatlarda, 1996 yildayoq iqtisodiy pasayishning oldini oldi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minladi va iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar bilan bog’liq asosiy iqtisodiy masalalarni amalga oshirishga kirishdi.
1996-2017 yillar davomida iqtisodiy o’sishning o’rtacha yillik sur’atlari 6.4% ni tashkil qildi.
Oxirgi 10 yilda (2008-2017 yillar) YaIM 2.1 barobarga o’sdi.
Iqtisodiy o’sishning asosiy omillari va manbalari tahlili shuni ko’rsatadiki, oxirgi 10 yil davomida iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlari qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning 1.8 marta (2008-2017 yillar uchun yillik o’sish -6.1%,) sanoatda-1.7 marta (5.4%), qurilishda - 3.4 marta (13.4%), xizmatlar sohasida – 2.3 marta (8.8%) o’sganligini hisobiga ta’minlandi.


2008- 2016 yillar uchun YaIM deflyatori indeksi 126.8% dan 109.6% gacha kamaydi. 2017 yilda YaIM deflyatori indeksining nisbatan yuqori darajasi (120.8%) qayd etildi, bu esa asosan, 2017 yil sentabr oyida valyuta bozorini liberallashtirish va milliy valyutani devalvatsiyasi bilan bo’liqdir.
Qo’lay ishbilarmonlik muhitini yaratilishi, investitsiyaning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o’zgarishlarining yuz berishi ta’minlandi.
Tarkibiy o’zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi.





Mustaqillik yillarida sanoat tarmog’i va xizmatlar sohasining rivijlanish salohiyati yanada kengaytirilishi natijasida YaIM tarkibida qishloq xo’jaligi ulushining bosqichma-bosqich kamayishi (1995 yilda 32.4% dan 2017 yilda 19.7%ga) tendensiyasi saqlanib qolindi. Shu bilan birga, YaIM tarkibida qishloq xo’jaligi ulushining kamayishi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ijobiy o’rtacha yillik o’sish sur’atlari fonida sodir bo’ldi.
Sanoat tarmog’I diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo’yocha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida sanoat mahsulatlari ishlab chiqarish umumiy hajmining o’sishi va YaIM tarkibida sanoatning (qurilishni qo’shgan holda) ulushi 1995 yildagi 27.8% dan 2017 yilda 34.1% gacha oshishi ta’minlandi.
Shu bilan birga, xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o’sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko’rsatish va servis sohasini isloh qilish bo’yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida , mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YaIM dagi ulushi 1995 yildagi 39.8% dan 2017 yilda 46.2% gach oshdi.

Iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq, obyektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkarlikni rivojlantirish ko’p ukladli iqtisodiyotni shakillantirish uchun asos bo’lib xizmat qildi.
Kichik biznes mamlakatimiz iqtisodiyotining 2000-2017 yillardagi rivojlanishiga eng muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Uning asoasiy rivojlanish ko’rsatkichlari quyidagi tendensiyalar bilan ifodalanadi.

Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo’llab quvvatlash va yanada rag’batlantirish bo’yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida uning YaIMdagi ulushi 2000 yildagi 31.0%dan 2017 yilda 54.9%gacha oshdi.

  1. Yakuniy iste’mol yo’nalishlari bo’yicha yalpi ichki mahsulat

Yakuniy iste’mol usuli orqali hisoblangan YaIM tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar YaIMning yakuniy iste’mol yo’nalishlari bo’yicha asosiy proporsiyalarini tahlil qilish, shuningdek yakuniy iste’molchilar talabini qondirish va mamlakat milliy boyligini o’stirish uchun iste’mol qilingan tovar va xizmatlar qiymati ulushini aniqlash imkonini beradi.



YaIM iste’moli tarkibida asosiy ulush yakuniy iste’mol xarajatlariga hissasiga to’g’ri keladi. Yakuniy iste’mol xarajatlarida asosiy ulush uy xo’jaliklari xarajatlari hissasiga to’g’ri keladi va ularning salmog’i 1991-2017 yillarda 43.9%dan 63.1%gachani tashkil etdi.


Kuzatilayotgan davrda YaIM tarkibida davlat muassasalarining yakuniy iste’molga qilgan xarajatlari ulushi sezilarli darajada o’zgarib turdi va 1991 yildagi 20.7%dan 2017 yilda 16.7%ga kamayish tendensiyasiga ega bo’di.
Notijorat tashkilotlari tomonidan uy xo’jaliklariga ko’rsatilgan nobozor xizmatlarning YaIMdagi ulushi o’rtacha 1.1%ni tashkil etadi.
Yalpi jamg’arilish asosiy fondlar va moddiy aylanma vositalari o’sishini ifodalaydi. 1991-2017 yillarda yalpi jamg’arishning ulushi barqaror rivojlanish tendensiyasiga ega bo’lib, YaIMning o’rtacha 25.4%ini tashkil qildi. Yalpi jamg’arishning asosiy ulushini asosiy kapitalning yalpi jamg’arilishi tashkil qilib, iqtisodiyotda investetsion faollikni ifodalaydi. 1991-2017 yillarda asosiy kapitalning yalpi jamg’arilishi ko’rsatkichining YaIMdagi ulushi o’rtacha 26.4%ni tashkil etdi.
Kuzatilayotgan davr mobaynida tovarlar va xizmatlar sof eksportining YaIMdagi ulushi o’rtacha 2.1%ni tashkil qildi (eksport 30.4%, import 28.3%).
So’nggi yillarda YaIMning asosiy elementlari bo’yicha barqaror o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda.

2001-2017 yillar mobaynida yakuniy iste’mol xarajatlarining o’rtacha yillik o’sishi 9.2%ni tashkil qildi va kuzatilayotgan davr mobaynida 4.4 barobardan kuprpqqa oshdi. Bu esa, asosan, uy xo’jaliklari xarajatlarining 5.5 marta oshishi hisobiga ta’minlandi. Shuningdek, davlat boshqaruv organlarining yakka tartibdagi va jamoa xizmatlari uchun real xarajatlari sezilarli darajada, 2.4 martaga oshdi. Kuzatilayotgan davr mobaynida jamoat tashkilotlari (diniy, hayriya va h.k.) faoliyatining faollashishi va kengayishi natijasida UXXKNTning real xarajatlari 2.3 martaga o’sdi.
Mamlakat investitsion faoliyat rivijlanishining asosiy ko’rsatkichlari asosiy kapital jamg’arilishining mahalliy va xorijiy investetsiyalarni jalb qilish hamda o’zlashtirish hisobiga barqaror o’sib borayotganligidan dalolat beradi.
So’nggi yillarda (2001-2017 yillar) asosiy kapitalning jamg’arish me’yori YaIMga nisbatan 25.2%ni tashkil etdi, bu esa dunyoning rivojlangan va jadal rivojlanayotgan mamlakatlari ko’rsatkichlariga mos keladi.
2001-2017 yillar davomida asosiy kapitalning yalpi jamg’arilishi 5.5 barobardan ko’proqqa oshdi, o’rtacha yillik o’sish sur’atlari esa, 10.9%ni tashkil etdi. Bu esa, kuzatilayotgan davrda YaIMning o’rtacha yillik o’sish sur’atlaridan (7.1%) yuqoridir.



Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish