KURS IShI UChUN TAQRIZ
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Servis sohasi iqtisodiyoti
kafedrasi
“Iqtisodiyot ” fani
Guruh................................................................................................
Talaba familiyasi va ismi-sharifi......................................................
Kurs ishi mavzusi.............................................................................
..........................................................................................................
Kurs ishining tarkibi...............................................................................................
…………………………………………………………………….
Kurs ishi himoyasida talabaga berilgan savollar ro'yxati:................
..........................................................................................................
..........................................................................................................
…………………………………………………………………….
…………………………………………………………………….
Jadval va grafik materialning miqdori (muhim chizmalarning ko'rsatgichi).......................................................................................
Kurs ishining ijobiy tomonlari.........................................................
..........................................................................................................
Kurs ishining kamchiliklari..............................................................
..........................................................................................................
Kurs ishiga qo'yilgan baho...............................................................
Kurs ishiga rahbarning ismi-sharifi va imzosi...................................
………………………………………………………………………
KIRISH
Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat`iy tadbirkor va xushyor bir kishi ― ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
Amir Temur
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini turli mulk shakllariga asoslangan holda, bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlantirish hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Erkin raqobat asosida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli to’xtovsiz ortib bormoqda.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi buyicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o’sishga erishishda muhim omil bo’lib hisoblanadi.
Respublikamizda iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni rag’batlantirish va qullab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni qabul qilingan, eng avvalo, xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart- sharoitlar yaratishga va har tomonlama qo’llab-quvvatlashga, YaIMda ushbu sohaning ulushini oshirib borishga, bandlik muammosini hal qilishga asos bo’lmoqda1.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan o’rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo’lib borishiga erishmoqdamiz... Shu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizning taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda...kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ko’zga yaqqol tashlanib turgan afzalliklari va katta imkoniyatlari haqida yana ko’p gapirish mumkin.
Lekin bugungi kunda O’zbekistonda bu sohada hali ishga solinmagan juda katta salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanini, dunyodagi taraqqiy topgan davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yalpi ichki maxsulot hajmida yetakchi va hal qiluvchi o’rinni egallayotganini inobatga oladigan bo’lsak, bu yunalishda qiladigan ishlarimiz naqadar ko’pligi ayon bo’ladi” 2.
Mamlakatimizda tadbirkorlik jadal rivojlanib borayotgan bo’lsada, mazkur sohani yanada rivojlantirish yo’llarini aniqlash va ustuvor yo’nalishlarini belgilash bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.
Kurs ish II bobdan iborat bo’lib, uning birinchi bobida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati, ahamiyati va zaruriyati ochib berilgan. Uning rejalarida keltirilgan ma’lumotlar bobni to’liq ochib berilishiga harakat qilingan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyot taraqqiyotidagi o’rni, uning ahamiyati va zaruriyati haqida tegishli fikrlar yuritilgan. Bundan tashqari ikkinchi bobda O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning amaliy jihatlariga qaratilgan bo’lib, mamlakatdagi shu sohaga tegishli bo’lgan huquqiy asoslar, muammolar va ularni hal etish choralari to’g’risida fikr mulohazalar keltirilgan. Bundan tashqari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning amaliy jihatlarini ochib berish maqsadida bir kichik biznes sub’yekti misolida, uning moliyaviy holatlari ochib berilgan va tegishli takliflar kiritilgan.
Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqariladigan yalpi ichki mahsulotning
5
qariyb yarmi, ayrim mamlakatlarda esa undan ham ко'prog'i kichik biznesga to'g'ri keladi. O'zbekistonda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotda kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarining hissasi hozirgi kunda 52 foizdan oshdi va u yildan-yilga o'sib bormoqda.
Tadbirkorlik iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida tashkil etilgan, amalga oshirilmoqda va rivojlanib bormoqda. Lekin uning holati va rivojlanishi barcha tarmoqlarda bir xil emas. O'zbekistonda tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxslar) ning 60 foizi qishloq xo'jaligi, 18 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 12 foizi sanoat va qurilish sohalarida tashkil etilgan, xizmat ko'rsatish sohasida ham rivojlanib bormoqda. Yuridik shaxs bo'lmagan yakka tadbirkorlarning asosiy qismi savdo, umumiy ovqatlanish va ayrim xizmatlar ko'rsatish sohsida faoliyat olib bormoqdalar.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |