“Сервис” илмий-амалий журнал
2020 йил 4-сон
129
takomillashtirish, kichik biznes sub‘ektlar mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish, eksport
hajmini ko‗paytirish va geografiyasini kengaytirishga qaratilgan O‗zbekiston Respublikasi
Prezident qaror va farmonlari muhim me‘yoriy hujjatlar bo‗lib xizmat qilmoqda.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Kichik biznes faoliyatida marketing muammolari
mutaxassislar
tomonidan
keng
o‗rganilgan. Aksariyat tadqiqotlarda marketing-miks
elementlarining har biri bilan bog‗liq holda kichik biznes faoliyatida muammolar tadqiq etilgan.
Kichik biznes marketingida tovar siyosatining shakllanishi bilan bog‗liq tadqiqotlarda, kichik
biznes sub‘ektlarining tovar ishlab chiqarish, tovar assortimentini kengaytirishda: kichik biznes
sub‘ektlari tovar ishlab chiqarishda tezkor va qayishqoq (gibkiy) qaror qabul qilish imkoniyatiga
ega, kichik hajmda tor assortimentda va alohida xususiyatli tovarlar ishlab chiqarib kichik
bozorlardagi ustunlikka ega bo‗ladi [S.Z.Jiznin, V.I.Krupnov…1996].
Kichik korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining turlarini o‗zgartirib,
iste‘molchilarning o‗zgaruvchan talablariga ko‗ra tovarlar ishlab chiqraish bilan bozor holatini
o‗zgartirishiga tez javob qaytarish qobiliyatiga egalar. Ular, odamlarning mavsumiy ehtiyojlarini
to‗laroq va sifatliroq qondirishlari mumkin [Qosimova M.S., Hodiyev B.Yu., Samadov A.N.,
Muhitdinova U.S….2003 y. pp 87-89].
Kichik biznes sub‘ektlarilari kichik partiyalarda mahsulot ishlab chiqarib, mahsulot
birligiga to‗g‗ri keladigan o‗zgarmas harajatlarni kamaytirish natijasida differensiatsiyali, past
narxli, fokuslanish strategiyalaridan foydalanishlari mumkin [Devid Kempbel….2003, p 130].
Kichik biznes sub‘ektlarilarning ishlab chiqarish quvvatining kamligi bozorga katta miqdorda
yangi mahsulot kiritib qaymog‗ini olishga yoki o‗rtacha narxlarni tutib turishga imkon bermaydi.
Ular asosan, bozorga endigina kirib kelayotgan ishtirokchilar hisoblanib, aksariyat hollarda arzon
narxlar vositasida bozorga kirishga harakat qilishadi [Siropolis N….1997, pp 468-469].
Segmentlar ko‗lami yoki sotishni rag‗batlantirish darajalari bilan strategiyalar bir-biridan
farqlanadi. Ushbu olimlar tomonidan 4 ta: passiv, keng miqyosda bozorga kirish, bozorga tanlab
kirish va intensiv marketing strategiyalari keltirilgan. Kichik biznes sub‘ektlarilarning
imkoniyatlarini cheklanganligi tufayli sotishni rag‗batlantirishga katta mablag‗ ajrata olishmaydi.
Natijada, keltirilgan ikkinchi va to‗rtinchi strategiyalardan foydalana olishmaydi. Birinchi va
uchinchi
strategiyalardan
foydalanish
ehtimoli
ko‗proq
[A.I.Muravev,
A.M.Ignatev,
A.B.Krutik… 1999, 507].
Do'stlaringiz bilan baham: |