Mehmonxonalarning funksiyasiga ko’ra turlari
Mehmonxona – bu butun kun davomida murakkab texnologik jarayon sodir bo‘luvchi bino (yoki binolar majmui) bo‘lib, unda mijozlarga nomerlar (yoki nomerlardagi joylar) berilishi, shuningdek mehmonxona mahsulidan shinam, qulay va xavfsiz foydalanishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi kafolatlanadi.
Mehmonxona nomeri ko’p funksiyali ahamiyatga ega bo’lib, u mijozning tunashi, dam olishi, ovqatlanishi, yuvinishi, ishlashi, muloqot qilishini ta‘minlaydi. Nomerda mehmonning shaxsiy buyumlari saqlanadi. Nomerlar o’rinlar soni, xonalar soni, maydoni, jihozlanishiga qarab tasniflanadi. Mehmonxona nomeri – bu joylashtirish xizmatining asosiy elementi, mehmonlarga dam olish, uxlash, ishlash imkoniyatini yaratuvchi ko’p funksionalli joy hisoblanadi. Nomerlar jahon amaliyotida quyidagi turlarga ajratiladi6:
Bir xonali nomer – bitta kishi uchun mo’jallangan yotoq.
Ikki kishilik nomer – ikki kishilik, ko’pincha oilalilar uchun bazan bir kishi uchun mo’ljallangan joy.
Tvin – bu ikki kishi uchun ikkita alohida kravatdan iborat, oila a‘zolari va guruhlar uchun mo’ljallangan joy.
Ko’p o’rinli nomer – uch yoki undan ko’p inson, asosan bitta guruh uchun mo’ljallangan nomer.
Oilaviy nomer – oila a‘zolari, ota-ona va farzandlar uchun yoki farzandlarning (tarbiyachi, bobo-buvisi) bilan turishiga mo’ljallangan nomer.
Dormitori – bu kravatlar soniga qarab yashovchilarni qabul qiluvchi ko’p o’rinli nomer bo’lib, aynan bitta guruh uchun mo’ljallangan.
Djunior syuit – ishlash, dam olish uchun qo’shimcha joyi bor nomer, bu kategoriyaga kiruvchi uylar bir xonali hisoblanadi. Ishbilarmonlar uchun mehmon kutish, mini oshxona, ishlash joyi bilan ta‘minlaydi. Bir-ikki kishi yashashi uchun mo’ljallangan. 134 Xonaning yarmi mehmon kutish xonasi, oshxona va kabinetdan iborat.
Syuit – yotoq, yotoq joyi, alohida xona, dam olish xonasi, ish xonasidan iborat bo’lib, uch va undan ko’proq yashash xonasi va qo’shimch hojatxonadan iborat.
Apartament – bu yotoq, yotoq joyi, alohida yotoq, dam olish xonasi, oshxona va oshxona jihozlari, ikki yoki undan ko’p xonalar (mehmon kutish, oshxona, yotoq) dan iborat bo’lib, bitta oila a‘zolari va guruhlar uchun mo’ljallangan.
Jahon amaliyotida bir yoki ikki kishiga mo’ljallangan bir xonali nomerlar ayniqsa, keng tarqalgan. Ayrim mehmonxonalarda har bir yashovchiga nisbatan bir xonali nomerlar ulushi nomer fondining 60-100% iga yetadi. Nomerlarda mebel nomerning gabariti, devorlarining oralig’i, isitish xususiyatlari, texnologik ko’rsatkichlariga qarab joylashtiriladi. Mebel foydalanuvchi uchun qulay bo’lishi, sanitariya va ergonomika talablariga javob berishi, mijozlar didiga mos kelishi kerak. Apartamentlar soni nomerlar umumiy miqdorining 10% idan oshmaydi. Ular xonalarining soni va vazifasiga, hojatxonasi va vannasiga, dahlizi va maydoniga ko’ra har xil bo’ladi.
Zamonaviy mehmonxona faqat yashash joyi bo‘lib xizmat qilmaydi. Ko‘pincha nomerlar fondining bir qismidan firmalar va muassasalarning ofislari, vaqtinchalik vakolatxonalari sifatida ham foydalaniladi.
Mehmonxonalarda bugungi kunda har xil mijozlar:
turli anjumanlar, kongresslar, simpoziumlar, yarmarkalarning ishtirokchilari;
musobaqalar, tanlovlarning ishtirokchilari;
xizmat bo‘yicha, davolanish, dam olish uchun tashrif buyurgan alohida fuqarolar;
davlat doirasida ma’lum marshrut bo‘yicha ketayotgan, chet eldan kelgan turistlar va h.k. joylashtiriladi.
Mijozlar ehtiyojidan kelib chiqib, mehmonxonalar har xil funksional vazifalarni bajaradi va ularga har xil talablar qo‘yiladi. Bunday mehmonxonalarda mijozlar bilan ishlash ular bo‘ysunuvchi idoralar rahbariyati tomonidan tasdiqlangan mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga asosan amalga oshiriladi. Ammo mazkur mehmonxonalarda amal qiluvchi qoidalarning birorta ham bandi
O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona biznesini tashkil etish bo‘yicha qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Funsional vazifasiga qarab mehmonxonalar:
ishbilarmonlar uchun – umumiy tipda, idoraviy, yig‘ilishlar, kengashlar va h.k. uchun;
dam olish uchun mehmonxonalar – turistik, kurort mehmonxonalari, avtoturistlar uchun, motellar, kempinglar;
mehmonxonalarning maxsus turlari – tranzit yo‘lovchilar uchun, sportchilar uchun va boshqalar uchun quriladi.
Mamlakatimizda asosan ma’lum ish yuzasidan nisbatan qisqa muddatga keluvchi odamlarga, shuningdek har xil maqsadda sayohat qilayotgan fuqarolarga mo‘ljallangan umumiy tipdagi mehmonxonalar ayniqsa keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar shaharning markaziy qismida, jamoat, ma’muriy, savdo markazlari yaqinida joylashadi va shaharning turli tumanlari bilan yaxshi transport aloqasini nazarda tutadi. Mazkur mehmonxonalar odatda maxsus ko‘kalamzorlashtirilmagan nisbatan kichkina yer maydonlariga ega bhladi. Belgilangan normalarga ko‘ra, yer maydoni hajmi mehmonxona sig‘imiga qarab bir joyga 15-55 m ni tashkil etadi.
Umumiy tipdagi mehmonxonalarning nomerlar fondi asosan bir, ikki o‘rinli va khpincha uch hrinli nomerlardan tashkil topadi. Bu nomerlarda, qoida tariqasida, ishlash uchun joy mavjud bo‘ladi. Bir qancha mehmonxonalarda bir o‘rinli nomerlar miqdori nomerlar fondining 40-50% ni tashkil etadi. Mehmonxonalarda aloqa bo‘limi, ayrim hollarda – bank bo‘limi ishlab turadi, muzokara va yig‘ilishlar o‘tkazish uchun alohida joylar nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |