Qurilishda fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari va mazmuni
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish mehnatni ijtimoiy jihatdan ajratish va uni oqilona tashkil etishning shakllaridan biri hisoblanib, alohida mustaqil tarmoqlarni kengaytirishning ob’ektiv jarayonida o‘zining yorqin ifodasini topadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir jinsliligi ixtisoslashtirishning eng asosiy ajralib turadigan belgisi sifatida xizmat qiladi. Har bir tarmoq doirasida amalga oshiriladigan ixtisoslashtirish mahsulotlar nomenklaturasini tartiblash, ishlab chiqarishning texnologik bir jinsliligini oshirish, uni stantartlashtirish orqali olib boriladi.
Ixtisoslashtirish texning taraqqiyotning sharoitlari va bir vaqtning o‘zida uning oqibatlari ta’sirida amalga oshirilishi mumkin, chunki aynan texnik taraqqiyot ixtisoslashgan korxonalar, uchastkalar, ishlab chiqarishni ajratish va rivojlantirish yo‘li bilan mehnatni ijtimoiy ajratishni chuqurlashtirishga olib keladi. Bunday me’zonlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning alohida omili sifatida ixtisoslashtirish darajasini tavsiflab beradi. Ixtisoslashgan korxonalar va tashkilotlar, qoidaga ko‘ra, mehnat unumdorligi, ishning sifati, ishlab chiqarishning rentabelik darajasi bo‘yicha ancha ilgarilab ketadi.
Ixtisoslashtirish ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakli sifatida: tarmoqli, detalli va texnologik kabi uchta asosiy turga ega bo‘ladi.
Iqtisodning har bir tarmog‘iga ularning ishlab chiqarishdagi spetsifikasiga bog‘liq ravishda iqtisoslashtirishning ko‘rsatilgan turlaridan hammasi yoki faqat bir qanchasi tegishli bo‘lishi mumkin.
Qurilishda ixtisoslashtirishning ikkita shakli mavjud: birinchi shakl tarmoqli, yoki ob’ektli - bo‘ shakl xo‘jalik jihatdan mustaqil ixtisoslashgan tashkilotlarning yaratilishida o‘z ifodasini topadi, bu tashkilotlar xalq xo‘jaligining alohida tarmoqlari – sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi – yoki sanoatning alohida tarmoqlari – metallurgiya, kimyo, ne’ft va shu kabilar uchun korxonalar va ob’ektlar qurilishini bajaradi; ikkinchi shakl texnologik yoki bosqichli – bu shakl qurilish va montaj ishlarining bir jinsli turlari yoki komplekslarini bajarishga ixtisoslashgan xo‘jalik jihatdan mustaqil bo‘lgan qurilish tashkilotlarini yaratishda o‘z ifodasini topadi. Bu tashkilotlar masalan, sanitar – texnik, elektromontaj, jihozlarni montaj qilish va shu kabi ishlarni bajaradi.
Tarmoqli ixtisoslashtirishni kengaytirish xalq farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgan yashash va madaniy – maishiy soha bo‘yicha qurilishning o‘sib borayotgan masshtablari bilan shart – sharoitlanadi. Bu esa qurilish tashkilotlari o‘z faoliyati sferasini detallashtira borib, ma’lum bir tarmoqqa tegishli bo‘lgan korxonalarda, masalan domenli sexlar, elevatorlar, yashash binolari, ijtimoiy va madaniy vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan ob’ektlarga jamlanadi. SHuningdek, qurilish tashkilotlarini tarmoqli ixtisoslashtirish, tarmoqlarning spetsifikasiga, ishlab chiqarish texnologiyasining jihatlariga, bino va inshootlarning konstruktiv echimlariga, ularni qurish texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Dastlab qurilishda tarmoqli ixtisoslashtirish vujudga keldi. Texnologik belgilar bo‘yicha ixtisoslashtirish esa sanoat qurilishida texnologik montaj qilish va jihozlarga tegishli bo‘lgan boshqa ishlarni amalga oshiradigan tashkilotlarning tashkil etilishi bilan boshlandi.
Hozirgi vaqtda ixtisoslashgan qurilish – montaj tashkilotlari turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular yuqori saviyali kadrlar va bu yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashgan moddiy – texnik bazani o‘zida mujassamlashtiradi.
Qurilishda ixtisoslashtirishning rivojlanish darajasini belgilovchi ko‘rsatkich ixtisoslashgan tashkilotlar ish hajmining pudratli qurilish – montaj ishlari umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Bosh pudrat bo‘yicha ixtisoslashtirishning umumiy darajasi (tashqi subpudratchi tashkilotlar va xususiy ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan ish hajmining bosh pudrat bo‘yicha bajarilgan ish hajmining nisbati) va xususiy kuchlar orqali bajarilgan ishlarlarning ixtisoslashganlik darajasi (xususiy ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan ish hajmining xususiy kuchlar orqali bajarilgan ishlar hajmiga nisbati) ko‘rsatkichlari qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirish samaradorligiga quyidagi ko‘rsatilganlar evaziga erishiladi:
mehnatni ancha chuqurlashgan holda turlarga ajratish va shu asosda ishchilarning saviyasi va mohirligini oshirish;
qurilishda ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlarni tashkil etishni takomillashtirish, ishlarni bajarishda mexanizatsiyalash darajasini oshirish, qurilish texnikasidan foydalanishni yanada yaxshilash uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratish;
qurilish – montaj ishlari muddatini qisqartish, sifatini oshirish va tannarxini pasaytirish.
Biroq shuni hisobga olish zarurki, tarmoqli va ayniqsa texnologik ixtisoslashtirish qurilish va montaj ishlarining hajmi profil bo‘yicha etarli bo‘lgan taqdirdagina ancha samarador bo‘ladi. Faqat shunday sharoitdagina qurilish tashkilotlari va korxonalari turg‘un faoliyat yuritish, yuqori mehnat unumdorligi va tegishli ixtisoslashgan jihozlardan hamda mexanizatsiya vositalaridan to‘liq foydalanishga erishishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |