Turli qurilish korxonalarini shakllantirish va ular faoliyatining asosiy jihatlari
Qurilish korxonasi boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar singari ko‘p jihatdan mustaqil ravishda o‘z faoliyati maqsad va vazifalarini aniqlaydi va shakllantiradi, rivojlanish taktikasi va strategiyasini ishlab chiqadi, moliyaviy vositalarni qidiradi, mehnat jamoasini shakllantiradi, boshqarishning tashkiliy tuzilmasini yaratish, o‘ziga qarashli tashkilotlar va bo‘limlarning faoliyatini tartiblash, ijtimoiy kuchlanish holatini pasaytirishda ko‘plab tashkiliy masalalarni hal etadi.
Qurilish korxonasi, avvalom bor, tashkil etilayotgan vaqtda o‘zi tanlagan tashkiliy – huquqiy shakl hamda joriy vaqt va kelgusi faoliyatini aniqlovchi konkret maqsad va vazifalari bilan tavsiflanadi.
Qurilish tarmog‘i korxonalari bozor iqtisodiyotining quyidagi prinsiplaridan foydalanadi: tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, to‘liq mustaqil xo‘jalik yuritishi, xususiy mulk bo‘yicha mulkchilikning turli shakllaridan foydalanish; erkin narxlar (davlat tomonidan alohida tartiblanadigan va nazorat qilinadigan narxlardan tashqari) bo‘yicha ishlash; faoliyatning antimonopolligi; ichki bozorning ochiqligi (tashqi bozorlarga chiqishning erkinligi); xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi shartnomaviy shakllar.
Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlarida qurilish korxonalari taktika va strategiyasini tanlash quyidagi holatlar bilan shart – sharoitlanadi: buyurtmachilarning qurilish mahsuloti bilan etarli darajada ta’minlanmaganligi; qurilish-montaj ishlari qimmatlashuviga va qurilish ob’ektlarini tiklash muddati cho‘zilishiga olib keluvchi sabablar - qurilish materiallari, konstruksiyalari, energiya, transport va boshqa xizmatlar narxlarining o‘sishi.
Qurilish korxonasi boshqarish strategiyasi ro‘yxatga olingan korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli va davlat tomonidan tartiblovchi qanday richaglarning unga ko‘satadigan ta’siriga bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekistonda barcha korxonalar o‘z faoliyati maqsadiga ko‘ra tijorat va notijorat korxonalariga bo‘linadi.
Notijorat korxonalarining tijorat korxonalaridan farqi shundaki, tijorat korxonalarida foydani tarqatish uning asosiy maqsadi emas va foyda ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi. Notijorat korxonalariga quyidagilar: turli jamg‘armalar, kengashlar, jamoat va diniy tashkilotlar, iste’molchi kooperativlar kiradi (5.1. - rasm).
Tijorat korxonalari
|
Xo‘jalik o‘rtoqliklari va
jamiyatlar
|
Qurilish (ishlab chiqarish) kooperativlari
|
To‘liq o‘rtoqlik xo‘jaligi
|
Davlat va munitsipal unitar korxonalar
|
Ishonchga asoslangan o‘rtoqlik xo‘jaligi
|
Mas’uliyatli cheklangan jamiyat
|
|
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
|
Aksionerlik jamiyati
|
Qurilish korxonasi turkumlanishi
Agar korxona davlat yoki munitsipial xususiy mulk bazasiga unitar korxona ko‘rinishida asoslangan bo‘lsa, u holda mulk egasi o‘z-o‘zini boshqarish shaklidan foydalanadi. Xususiy mulk egasi bir kishi bo‘lgan holda ham o‘z-o‘zini boshqarish shaklidan foydalanadi.
Mulkchilikning aralash shaklida yoki mulk egalarining soni ko‘p bo‘lganda tashkilotni boshqarishning eng murakkab tuzilmasi shakllanadi, masalan bunga ochiq turdagi aksionerlik jamiyatini misol tariqasida keltirish mumkin.
Qurilish tashkiloti qurilish (ishlab chiqarish) kooperativi shaklida ro‘yxatdan o‘tkazilganda va faoliyat yuritganda mehnat jamoasida o‘z – o‘zini boshqarish shakli amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yuritishning zamonaviy sharoitlarida o‘z-o‘zini boshqarish shakli bilan bir qatorda mulchilik boshqaruv shakli ham keng tarqalgan. O‘z-o‘zini boshqarishda tadbirkor, menejment va mehnat jamoasining funksiyasi mulk egasi tomonidan to‘liq hajmda konsentratsiya qilinadi. Tadbirkorning asosiy boshqaruv funksiyalari kapitalni mulk egasi (mulkdor)dan ajratish natijasida yuzaga keladi va bunday vaziyatda tadbirkor mulk egasi hamda boshqaruvchi sifatida namoyon bo‘ladi. Resurslar, kapital va mehnatni birlashtirish amalga oshiriladi. Tadbirkor yakka o‘zi o‘zining mablag‘lari, vaqti, mehnati va obro‘-e’tibori bilan harakat qiladi (xavf-xatarga qo‘l uradi). Menejer funksiyasi odamlarni boshqarish bo‘yicha o‘zining professional bilimlaridan foydalana olishi bilan belgilanadi.
Aralash mulk va faqat mulkning xususiy shakliga ega bo‘lgan korxonalarda mehnat jamoasini boshqarish murakkab bo‘lmaydi. Bu boshqaruv mehnat kelishuvi (shartnoma, konrakt)ni o‘ziga qamrab oladi. Boshqaruv – bu kun tartibi, mehnat ta’tillarini rejalashtirish, rahbatlantirish va mehnat jamoasi xavfsizligini ta’minlash tizimini ishlab chiqish, mahsulot sifatini nazorat qilish demakdir. Mehnat jamoasi o‘z-o‘zini boshqarishida ham amalda aynan xususiy mulkchilikni boshqarishdagi funksiyalardan foydalaniladi.
Davlat tomonidan tartibga solish, nazorat qilish. Bu tegishli richaglar va manfaatlar – soliqlar, imtiyozlar (engilliklar) va turli ta’qiqlashlardan foydalanilgan holda huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy shakllarda namoyon etiladi. Bevosita (to‘g‘ridan – to‘g‘ri) davlat tomonidan tartiblash qurilish tashkilotlari ish holatiga ta’sir ko‘rsatadigan me’yoriy aktlar, holatlar va tadbirlar ishlab chiqilishi va funksiallashuvida o‘z aksini topadi.
Bilvosita davlat tomonidan tartiblash esa soliq, moliya-kredit, amortizatsiya va narx-navo siyosatining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi. Bevosita va bilvosita davlat tomonidan tartiblashda hamma ishchi-xodimlar hayoti va faoliyatidagi manfaatlarni ifoda etuvchi ijtimoiy spektrga tegishli bo‘lgan savol hamda masalalar o‘z dolzarbligini hech ham yo‘qotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |