2.2 Investitsion loyihalar samaradorligini baholashning usullari.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishning, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish joylarini yaratish, infratuzilmani takomillashtirish hamda hududlarni obodonlashtirish va xalq farovonligi darajasini oshirishning g‘oyat muhim omili hisoblanadi. Shu bilan birga, mazkur sohadagi ishlarning holatini tahlil qilish investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis amalga oshirishga, investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim tizimli kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishning amaldagi tizimi istiqbolli investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich tayyorlashni, loyiha hujjatlari o‘z vaqtida ishlab chiqilishini ta’minlamayapti, bu esa moliyalashtirishning ochilishi, mablag‘lar o‘zlashtirilishi, oqibatda esa quvvatlar ishga tushirilishi kechiktirilishiga olib kelmoqda. Investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish jarayoniga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tatbiq etilmagan.Investitsiya dasturlarini shakllantirishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturi so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini, investitsiya loyihalarini monitoring qilishning samarali mexanizmlari joriy etilishini, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga investitsiyalarni jalb etishni ta’minlash, barcha darajadagi davlat organlari, tashkilotlar rahbarlari va hokimlarning ushbu sohadagi shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning tasdiqlangan konsepsiyalari va dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida uning asosiy ko‘rsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab borgan holda uch yillik davrga shakllantiriladi.
2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) shakllantirish sxemasga muvofiq tasdiqlansin. Asosiy vositalarga bo’lgan yillik statistikalar. a) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Dasturni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — XMI/XHMT), O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va boshqa markazlashtirilmagan manbalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek Dasturning amalga oshirilishini umumiy monitoring va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda budjet tizimining budjetlari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek unga aniqliklar va yangiliklar kiritish, ularning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish yuzasidan vakolatli organ hisoblanadi; 2019-yil 25-iyunga qadar Dastur loyihasini jamlash uchun ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan loyihalarning manzilli ro‘yxatini belgilangan tartibda loyihalarning tashabbuskorlari bilan kelishilgan, taklif etilayotgan loyihalarni joylashtirish, ularning quvvatlari va manbalari uyg‘unlashtirilishini ta’minlashni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan prognoz limitlari o‘z vaqtida taqdim etilishini, shuningdek loyihalar markazlashtirilgan manbalar hisobidan to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlaydi;
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda Dastur loyihasiga kiritiladigan investitsiya 36 loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli xorijiy investorlarni jalb etishda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga, tarmoqlar va hududlarga ko‘maklashadi;
Loyiha tashabbuskorlari — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda — loyiha tashabbuskorlari) o‘zlariga tegishli qismlarda, investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini o‘z vaqtida ishlab chiqish, ularni Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etish, tarmoq jadvallari va loyiha hujjatlarini sifatli tayyorlash, shuningdek qurilish-montaj, ishga tushirishsozlash, mablag‘larni to‘liq hajmda o‘zlashtirish va ishlab chiqaruvchi quvvatlarni ishga tushirish borasidagi barcha tadbirlarning so‘zsiz va sifatli bajarilishini ta’minlaydilar. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasi tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha, 2019-yil 1-iyunga qadar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga aniq investitsiya loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasin;
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK loyihaoldi hujjatlari, shuningdek texnik topshiriqlar va tender hujjatlarining kompleks ekspertizasi belgilangan tartibda o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oyiga kamida bir marotaba xorijiy investorlar bilan uchrashuv o‘tkazadilar, aniq investitsiya takliflari (loyihalari)ni taqdim etadilar (prezentatsiya qiladilar) hamda ularning amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydilar.
2019 yil yanvar - mart oylaridagi investitsiya kirtilgan ko’rssatkichlar. 44.2% kimyo mahsulotlariga 14.3 % elektro energiya va neft mahsulotlariga 10.9%qora rangli metallurgiyaga 9.7% mashinasozlik uskunalari 7.9% xizmatlarga 7.2% va boshqalarga 5.8% fozini ko’rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari (G.K. Saidova) zimmasiga Dastur loyihasini shakllantirish bilan bog‘liq ishlarni umumiy tarzda muvofiqlashtirishni amalga oshirish vazifasi yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Axborot tizimi) ishlab chiqilgan bo‘lib, u investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilingan barcha ishtirokchilarni ulagan holda Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimining bir qismi hisoblanadi va quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: loyihalarni hisobga olish, ularning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish jarayonlarini avtomatlashtirish;
Loyihalarning muddatlari, budjeti, maqsadlari va ko‘rsatkichlari ustidan nazoratni amalga oshirish; investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning jalb etilgan va o‘zlashtirilgan hajmlari bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish; loyihalarni amalga oshirishda quvvatlarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha xavfxatarlarni aniqlash; investitsiyadan keyingi davrda, loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni kuzatib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi bir hafta muddatda Axborot tizimining belgilangan tartibda “Texnik ko‘maklashish markazi” DUKda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin. Investitsiya faoliyatini tartib solish qonuniyatlari. Manba : O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining qonun va normativ-huquqiy hujjatlar to’plami.
Loyihalarini amalga oshirish bo'yicha Davlat monitoringini olib borish.Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirishga yo'nalitirilgan Davlat dasturlari doirasida xorijiy investitsiya va kreditlar ishtirokida amalga oshirilayotgan hamda moliyalashtirish manbalari va tasdiqlangan loyiha xujjatlari mavjud bo'lgan investitsiya loyihalari monitoringini olib borish.O'zbekiston Respublikasi Xukumati nomidan TIAISV va xorijiy investorlar o'rtasida imzolangan investitsiya bitimlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida xorijiy hamkorlar tomonidan qabul qilgan majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish.Investitsiya dasturining Aniq manzilli ro'yxati loyihasini, hamda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirishga yo'nalitirilgan Davlat dasturlarini shakllantirish.Investitsiya dasturining Aniq manzilli ro'yxati doirasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarning mamlakatlar, tarmoqlar, respublika hududlari, mahsulot turlari va boshqa kesimlarda, hamda investitsiya va moliyalashtirish beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi, davlat byudjetiga soliq tushumining kelib tushishi ko’payadi. Investitsiya loyihasini samaradorlgini baholash usullari. 17 Manba : O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining qonun va normativ-huquqiy hujjatlar to’plami.
Xulosa Mustaqillik boshlarida boshlangan iqtisodiyotni, shu jumladan sanoat korxonalarini texnik qayta qurollantirish, modernizatsiya qilish va uning investitsion faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bugunga kunda o’z samarasini bermoqda. Buning natijasida sanoat tarmog’i iqtisodiyotimizni yetakchi tarmog’iga aylandi. O’zbekistonda amalga oshirilga iqtisodiy islohotlar natijasida qulay investitsiya muhiti shakllantirildi, ya`ni qulay investitsiya muhitini shakllanishida iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur`atlariga erishilayotganligi va bozor institutlarining mavjudligi hamda eng avvalo, mustahkam qonunchilik bazasi, rivojlangan bankkredit va investitsiyalashni davlat tomonidan qo’llab quvvatlash kabi chora-tadbirlar tizimlari yaratilganligi sabab bo’lmoqda.
Turli iqtisodchi – olimlarning investitsiyalar va investitsiya faoliyati atamlariga bergan ta’riflari hamda qarashlari tahlil qilindi. Mamlakat iqtisodiy qudrati va xalq farovonligi bilan bog’liq tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishda muhim o’rin egallaydi. Shu bois, 93 sanoat tarmog’iga investitsiyalar jalb etishni kengaytirish, uni rivojlantirish strategik ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlar qatoriga kiradi. Sanoat tarmog’i korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham yildan-yilga oshib bormoqda. Bunga sabab, korxonalarning texnik bazasi yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini oshayotganini ko’rsatish mumkin. O’zbekistonda sanoat korxonalari investitsiya loyihalarini moliyalash uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga muhim qo’shimcha manba sifatida qaralishi lozim. Xorijiy investitsiyalar mahalliy investitsiyalarni to’ldirishi mumkin, biroq, ularning o’rnini bosolmaydi. Shu jihatlarni inobatga olganda, investitsiyalashning tashqi manbalarini kengaytirish tarmoq korxonalarining investitsiya faoliyatini yuksaltirishda ustuvor vazifa hisoblanadi.
Mahalliy investitsiyalarni jalb qilish orqali sanoat tarmog’i korxonalari investitsion faoliyatini rivojlantirish yo’llari, muammolarini o’rganish yuzasidan quyidagilarni ta`kidlash mumkin: sanoatdagi korxonalarida aksiya va obligatsiyalarni muomalaga chiqarish orqali ularni investitsion faoliyatni moliyalashtirishda qo’shimcha mablag’lar tarkibini kengaytirish lozim. Ma`lumki, investitsion faoliyatdagi kapital qurilish va texnik qayta jihozlash tadbirlari uchun kreditlar kerak. Bu jarayonda respublikada investitsion faoliyatni jadallashtirishda tijorat banklari alohida o’rin tutadi. Shu nuqtai-nazardan, sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun tijorat banklari kreditlaridan ham foydalanish kerak. Sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirishda investitsiya va investitsiya faoliyatini o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish zarur. Ichki va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni sanoat korxonalariga jalb etish va ularni investitsion faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish orqali kelgusida ushbu tarmoqni modernizatsiya qilish hamda rivojlantirish strategiyasini asoslash va eksportga mahsulotlar ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirishda foydalanish mumkin. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kuch bu elektr-energiya hisoblandi. Ayrim chekka joylarda elektr-energiya quvvati past bo’lib, bu masalaning yechimi sifatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko’rsatish mumkin. Shuning uchun quyosh batareyalari yoki shamol parraklaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sanoat korxonalarini barpo etish va ishlab chiqarishini tashkil etish uchun qishloq joylarda barcha shartsharoitlar (yer, suv va xom-ashyo) yetarli. Shuning uchun sanoat korxonalarini qishloq joylarda barpo etish va u yerda qayta ishlab chiqarishni rivojlantirish zarur. Buning uchun investitsiyalarni qishloq joylarga jalb etish maqsadga muvofiq hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |