Akkreditatsiya shartlari.
Quyidagilarning mavjudligi akkreditatsiya shartlaridir:
akkreditatsiya qilinish uchun ariza;
akkreditatsiya qilish so‘ralgan sohadagi ishlarni bajarish uchun akkreditatsiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslarning vakolatli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
akkreditatsiya bilan bog‘liq xarajatlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Sertifikatlashtirish organi sifatida akkreditatsiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslar muvofiqlikni baholash ob’ektlarining ishlab chiqaruvchilari, sotuvchilari, ijro qiluvchilari va iste’molchilariga nisbatan tashkiliy hamda moddiy jihatdan tobe bo‘lmasligi kerak.
Qonun hujjatlarida akkreditatsiyaning boshqa shartlari ham belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |