Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaningamal qilishini tugatish.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatishni so‘rab ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik shaxs bo‘lgan muvofiqlikni baholash organi tugatilganda - tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda - qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi mustasno;
muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlarni Milliy akkreditatsiya organi yoki sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
muvofiqlikni baholash organi normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni muntazam ravishda buzganda yoki bir marta qo‘pol tarzda buzganda;
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnoma berish haqidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati o‘tganda.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish Milliy akkreditatsiya organi tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi - oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma shaklda etkaziladi. Sudning akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi hal qiluv qarori muvofiqlikni baholash organiga va Milliy akkreditatsiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda etkaziladi.
Muvofiqlikni baholash organi Milliy akkreditatsiya organining yoki sudning akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qarorini olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma Milliy akkreditatsiya organiga qaytarilishi va yo‘qqilib yuborilishi lozim.
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, Milliy akkreditatsiya organi muvofiqlikni baholash organi oldida u ko‘rgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi uni tugatish haqida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |