Muallif sharhlaydi.
Sarvar: Yurtim senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo,
Shoirlar bor, o’z yurtin butun,
Olam aro atagan tanho,
Ular she’ri uchdi ko’p yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir o’lka bor dunyoda biroq,
Bitilmagan dostondir bari,
Faqat ojiz qalamim manim,
O’zbekiston vatanim manim!
Mushtariy: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasi. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oily davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalgam oshiradi. O’zbekiston espublikasi Oliy Majlisi 2 palatadan Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat. Qonunchilik palatasi va Senati vakolati muddati 5 yil”.
Shaxzod: Endi o’z mol-u mulking,
O’z qo’lingda o’z erking,
Yurting nurga belanib,
Barcha oltin – gavhari,
Buyursina o’zinga.
Shaxboz: O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasi. “Fuqarolar O’zbekiston xalqini tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniy yodgorliklar davlat muxofazasidadir”.
Anvar: Sharqda mash’al – O’zbekiston poytaxti,
Baxt garovi har qamrovli har axdi.
Shu davronga yarishiqdir ko’rk baxti,
Shon-shuxratlar oshyondir, Toshkentim,
Mard ellarning makonidir, Toshkentim.
Vasila: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi. “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim hohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi”.
Zuhra: Istiqlol – bu istiqlol,
Nurli hayot degani,
Qo’rg’on butun el-yuurt tinch,
Vatan obod degani.
Ulg’ayam shu niyat,
Bo’lsin mening keragim
Istiqlolga munosib,
Farzand bo’lmoq tilagim.
Shaxzod: O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasi. “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilangan burchlarini bajaradilar”.
Hasan: Na molim bor, na jonim bor,
O’zim kimman unutgandim!
Tilim gung-u, dilim gung-u,
Alamni ichga yutgandim.
Bugun yurtimda istiqlol!
Abad yurtimda istiqlol!
“Vatanim” qo’shig’i aytiladi va qizlar guruhi o’ynaydi.
Zuhra: Go’zal O’zbekiston sensanVatanim,
Seni ololmaydi hech qanday g’anim,
Yurtboshing elboshing senga parvona
Jasur o’g’lonlaring kuchli mardona.
Qodir: Konstitutsiyaiz oily chinakam,
Inso-u davlatning fikri mujassam,
U bizga eng oily dasturi amal,
Yo’limiz yoritgan mayog’i mash’al.
“O’zbekiston Ona Onajon!” qo’shig’I ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |