Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
Педагогика ва Психология соҳаларидаги
инновациялар
SAVOD O‘RGATISHDA ANALITIK-SINTETIK TOVUSH METODI
Qalandarova Navbahor Rashid qizi,
Xorazm viloyati, Xonqa tumani
Navxos qishlog‘idagi 34- sonli maktabning
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel: +998 90 579-61-91
Annotatsiya:
ushbu maqolada savod o‘rgatishning analitik-sintetik ahamiyati haqida ilmiy
qarashlar bayon etilgan. ilmiy fikrlar faktlarga asoslanib xulosalanadi.
Kalit so‘zlar:
Savod, tovush, metod, tovush metodi, traditsion xususiyat, mohiyat, matn,
nutq, kommunikatsiya.
Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi hinskiydan to shu davrga qadar rivojlanishning
murakkab yo‘lini bosib o‘tdi. hozirda u anchagina takomillashdi. Shuning uchun avval analitik-
sintetik tovush metodining traditsion xususiyatlari haqida, so‘ngra keyinroq shakllangan yoki
shakllanish, tekshirilish, tashkil topish jarayonida bo‘lgan xususiyatlari haqida to‘xtalamiz.
metodning traditsion prinsiplari quyidagilardan iborat:
1. Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko‘ra,
ta’limiy va o‘stiruvchi xarakterda bo‘ladi, u analitik-sintetik mashqlar tizimi orqali, nutqiy
mashqlar orqali aqlning o‘sishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning o‘z tajribalariga tayanadi,
o‘qishning yuksak ongli bo‘lishini va o‘quvchilarning o‘quv mehnatlarining boshqa turlarini
talab qiladi.[1]
2. analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan birinchidan, alifbegacha bo‘lgan
(tayyorlov) davr, alifbe da va alifbedan so‘nggi davrga bo‘linadi; ikkinchidan, yozuvga yo‘rgatish
o‘qishga o‘rgatish bilan bir vaqtda — parallel holda boradi.
3. analitik-sintetik tovush metodi psixologo-lingvistik nuqtai nazardan: birinchidan, savod
o‘rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq
malakasiga asoslanadi; ikkinchidan, savod
o‘rgatishga tovush asos qilib olinadi, bunda tovushni ajratishga, uni analiz va sintez qilishga,
tovushlar artikulyatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat
beriladi, uchinchidan, o‘qish birligi sifatida bo‘g‘in olinadi; bunda bo‘g‘in ustida ishlash (bo‘g‘in,
bo‘g‘inlar jadvalini o‘qish)ga katta e’tibor beriladi.
metodning nisbatan yaqinda shakllangan yoki tashkil topish jarayonida bo‘lgan xususiyatlari
va prinsiplari:
1.Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarga
differensial va individual yondashish (bu bolaning umumiy rivojlanishi hamda
o‘qish va yozishga
tayyorligiga bog‘liq).
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |