Sentabr oyi geografiya, iqtisodiy bilim asoslari fan oyligi hisoblanadi. Fan oyligini qanday tashkil etish bo’yicha tavsiyalar bilan tanishing.
Geografiya fanini o‘qitishda sifat-samaradorlikni oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida va viloyat xalq ta’limi boshqarmalarida fan oyligini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Fan oyligini o‘tkazishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilanadi.
1. Geografiya fan oyligining boshlanishi va yakunida umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilimini DTS va o‘quv dasturlariga moslik darajasini aniqlash maqsadida sinflar kesimida sinov testlari olinadi. O‘quvchilarning mazkur fandan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi o‘tkazilib, uni metodbirlashmada taxlil qilish (jadval va diogrammalar asosida);
2. Maktablarning pedagog kadrlar bilan ta’minlanishi, geografiya xonasining geografik xaritalar, globuslar, didaktik materiallar, o‘quvchilarning darsliklar, o‘quv atlaslari bilan ta’minlanganligini nazorat qilish;
3. Maktabda “Mustaqilligimizning 21 yilligi”ga va fan yangiliklariga doir qiziqarli devoriy gazetalar chiqarish, masalan “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan”, 2012 yil “Mustahkam oila yili», «Mustaqil O‘zbekiston 21 yoshda», «Betakror go‘shalar», kabi mavzularda. Devoriy gazetalarning sahifalarida Respublikamizning 21 yil davomida iqtisodiy va siyosiy sohalarda erishgan yutuqlari, fanga oid qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari, qiziqarli boshqotirmalar va viktorina savollarini berish;
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yangi o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari bilimlarining Davlat ta’lim standartlarini o‘zlashtirish bo‘yicha geografiya fanidan o‘tkazilgan bilimlar bellashuvi va olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun o‘qituvchilarga mavzular yuzasidan dars davomida ko‘proq ularni xarita va o‘quv atlaslari bilan ishlashlarini yo‘lga qo‘yish, 5-7 sinflarda olgan bilimlari, hosil bo‘lgan ko‘nikma va malakalari asosida quyidagi mavzular bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va ochiq darslar o‘tkazish. Jumladan:
Yo‘nalish azimuti va masofani aniqlashda, geografik xaritalar, xarita masshtabini aniqlab topishda, Litosfera, Yerning qobiqli tuzilganligi, Yer po‘sti harakatlari, materik va okeanlarning paydo bo‘lishi, Dunyo okeani, okean suvinnig sho‘rligi, haroratini aniqlashda, havo harorati va bosimini aniqlab topishda, okean oqimlarini ajratib berishda o‘quvchilar bilimida bo‘shliqlar vujudga kelgan.Ushbu bo‘shliqlarni bartaraf etishda yuqorida ko‘rsatilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda zamonaviy usullarni qo‘llash.
5. O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida barcha maktablarda «Geografiya maydonchasi»ni tashkil qilish va o‘quvchilar bilan olib borilayotgan amaliy kuzatuv mashg‘ulotlarining asosida «Geografiya maydonchasidan olingan ma’lumotlar» mavzusida foto ko‘rgazma tayyorlash;
6. Ta’lim muassasalaridagi o‘quv tarbiya jarayonining sifatini oshirish, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish;
7. Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishda o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy hamkorligini tashkil etish;
8. Fan oyligini tashkil etish orqali fan uyushmalari va metodbirlashmalari faoliyatining samaradorligini oshirish;
9. O‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish o‘z iqtidorlari va hosil bo‘lgan malakalari asosida kasb yo‘nalishlarini tanlashda, o‘z o‘lkasining tarixi, tabiiy va iqtisodiy geografiyasi, arxeologik va madaniy yodgorliklari, tabiat muhofazasi, madaniy va milliy merosimizni o‘rganishlariga, ekologik ta’lim-tarbiya berish, ularni tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini oshirish bilan birga, o‘quvchilarni o‘z ustida ishlashlariga bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga qaratilgan, maktablarda tashkil etilgan “Yosh o‘lkashunos”, “Yosh sayyoh”, “Muzeyshunoslik” to‘garaklarida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda hamkorlik texnologiyasiga amal qilish;
10. Geografiya fan oyligida o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish orqali sinfda olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida sinflar va maktablararo “Mening o‘lkam”, «Nima, qachon, qaerda», «Yosh geograflar bellashadi” kabi mavzularda fan bilimdonlari o‘rtasida bahs-munozalarni tashkil etish;
11. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida oliy o‘quv yurtlari professor, olimlari va o‘qituvchilari bilan uchrashuvlarini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga ekskursiyalar uyushtirish kabilardir.
Fan oyligini tashkil etish— Maktabda fan oyligi boshlanishidan oldin va yakunlanishi arafasida yangi tahrirdagi o‘quv dasturi talablari va modernizatsiya qilingan DTS me’yorlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish maqsadida, o‘quvchilardan geografiya fanlari bo‘yicha sinov o‘tkaziladi. Bu bilan o‘quvchilarning mazkur fandan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi o‘tkazilib, uni metodbirlashmalarda tahlil qilish tavsiya etiladi. — Maktablarning o‘quv jihozlari, fan kabinetlari, pedagog kadrlar bilan ta’minlanishi o‘rganiladi va o‘quvchilarga jihozlaridan foydalanish bo‘yicha tushunchalar beriladi.
— Geografiya fan xonalarining jihozlari, didaktik materiallar, o‘quvchilarning darsliklar, o‘quv-qo‘llanmalari bilan ta’minlanganligi o‘rganiladi.
— Maktabda mazkur fandan o‘tkazilgan geografik bayramlar va kechalarga doir gazetalar chiqarilishi, gazetada shu fan bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari bo‘yicha samaradorliklari berilishi rejalashtiriladi.
— Maktabdagi shu fan yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan metodbirlashma rahbarlari, ilg‘or o‘qituvchilar yordamida o‘qitish samaradorligini oshirish uchun dars ishlanmalari, test topshiriqlari va nazorat ishlari to‘plamlari tayyorlanishi tavsiya qilinadi.
— Maktablarda, tuman miqyosida “Mustaqilligimizning 28 yilligi”ga bag‘ishlab, “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon”, “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan”, «Mustaqil O‘zbekiston 28 yoshda», “O‘zbekiston kecha, bugun, ertaga”, “Geografiya fanlar sultoni” mavzularida tadbir va fan kechalari o‘tkaziladi.
— Viloyat, tumanlardagi tayanch maktablar qoshida o‘quvchilarining ijodiy ishlaridan namunalar asosida ko‘rgazmalar tashkil etiladi.
— Maktab, tuman, viloyat va Respublika miqyosida eng yaxshi uslubiy birlashmalar, ilg‘or o‘qituvchilarning, metodistlarning ish tajribalari ommalashtiriladi.
— “Fan oyligi”ning o‘tkazilishini ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ravishda yoritib boriladi.
— “Fan oyligi” davomida viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari professor olimlari bilan mazkur fanga qiziqqan o‘quvchilar uchrashuvlari tashkil etiladi.
— Tumanlarda «fan oyligi»ning yakunlariga bag‘ishlangan seminarlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
— Maktabdagi geografiya uslubiy birlashmalari yillik ish rejasida fan oyligi uchun belgilangan fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar belgilanadi. Oylik muddati to‘rt haftadan iborat bo‘lib, har bir hafta uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar rejalashtiriladi. Mazkur tadbirlar maktabning yillik ish rejasiga kiritilib, pedagogika kengashi, uslubiy kengash va uslubiy birlashma yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilib tasdiqlanadi hamda ijrosi muhokama qilinadi.
— Geografiya fanlari bo‘yicha darslarni o‘tkazishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib, eng mukammal yozilgan eng yaxshi dars ishlanmalari, ijodiy ishlari tanlovi o‘tkazilib viloyat, tuman fan oyligi yakunida g‘oliblar aniqlanib rag‘batlantiriladi.
— Geografiya fan oyligi yakuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkaziladi. Ushbu tadbir maktab, tuman, viloyat rahbariyatining o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi qilgan mehnatlarining sarhisobini, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilingan ishlarni qadrlash va baholash maqsadida tashkil qilinadi. Fan oyligi davomida (maktab, tuman, viloyat miqyosida) o‘tkazilgan turli tadbirlarda faol qatnashgan fan o‘qituvchilari va o‘quvchilar taqdirlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |