bob
UYG’OTGICHNING KASHF ETILISHI
Mutlaqo boshqa joyda paydo bo’lib qoldilar.
Qayerdamiz?, - soʻradi Kendin. Jin "Hozir koʻradiganlaringdan hayratda qolasan" degandek jilmaydi:
Kut va kuzat!
Xonada qirol taxtini eslatadigan bir kreslo va unga yarashmagan kichik ish stoli bor edi. Stol ustida uning deyarli butun yuzasini egallagan ulkan globus turardi. Kresloda esa uzun sochli bir odam jimgina ishlab oʻtirardi. Xona suv quygandek jim-jit.
Kendin ham, Jin ham ogʻir sukutda edilar. Oxiri Kendin chiday olmay soʻradi:
Jin kichik hassaga oʻxshash bosh barmogʻini lablariga yaqinlashtirib, bizga maʼlum boʻlgan "Jim!" ishorasini berdi.
Kendin yana jim boʻlib, haligi kishini kuzatishda davom etdi. U odam stoldagi globusga oʻxshagan narsaga qarab turardi.
Faqatgina qarab turardi. Oradan "Bas yetar, bunchalik boʻlmaydi- da" deyishga majbur qiladigan uzoq vaqt oʻtdi. Kendin yana chiday olmay xonadagi sukunatni buzdi:
Jin Kendinga yaqinlashib:
Bu-mi? Bu bir inson!, - dedi. Kendin oʻzi kutgan javobni ololmagani uchun biroz asabiy holda, kinoya bilan dedi:
Bunisini oʻzim ham koʻrib turibman. Jin esa oʻta jiddiy qiyofada:
Demak, tushunding! Shunday ekan, uning sen kabi oddiy inson ekanini inobatga olsak, birozdan soʻng uxlashi kerak emasmi?, - dedi va kiyimining cho’ntakka o’xshash yeridan kattakon qum soatini chiqardi. Uni yerga qoʻyib:
Bu toʻliq 30 soatlik. Koʻramiz, bu odam qachon uxlar ekan?, - dedi.
Vaqt oʻtib borar, u odam esa muzlatib qoʻyilgandek stolidagi globusga tikilib oʻtirardi. Bir payt nihoyat oʻrnidan turdi va xonani aylana boshladi. Xonada u yoqdan bu yoqqa toʻxtamasdan yuz martalab yurdi. Soʻngra egnidagi kostyumini yechib kresloning orqasiga osdi va yana qaytib oʻtirdi. Stolning globusdan ortgan joyida turgan daftariga pero bilan bir narsalarni yoza boshladi. Betoʻxtov yozardi. Kendin uni kuzatishdan charchadi... U kishi yerda turgan kichkina metall parchasini olib, kresloda oʻtirgan koʻyi uyquga ketdi. Koʻp oʻtmay qoʻlidagi
metall yerga tushib ketdi. Uning ovozidan uygʻonib, yana yozishda davom etdi...
Aql bovar qilmaydi!, - dedi Kendin yerda turgan metall boʻlagiga tikilib turib. Jin gʻurur bilan tabassum qilarkan:
Haa, sen va doʻstlaringga oʻxshagan bir insonning uyqusi mana shunchalik boʻladi. Uyqusi kelganida uni yana olib, oʻtirgan joyida uxlaydi.
Soʻngra yana sukut saqlab, uni kuzatdilar. Bu sirli odamning koʻzlari uyqudan yumilib ketgan payt egilib metall boʻlagini olib, oʻtirgan joyida mizg'ib olardi.
Jin chala qolgan gapini tugatish maqsadida davom etdi:
Va oradan yillar oʻtadi. Biz bu insonni Nyuton deb ataymiz, Isaak Nyuton.
Soʻngra qum soatiga ishora qilib:
Qara!, - dedi. Qum tugay deb qolgandi. Buyuk fizik Isaak Nyuton esa har 15 daqiqada bir marta chalinadigan soat kabi qoʻllagan u metall parchasini jami 5 marta tushirib yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |